Iqtisodchilar buxgalterlarga qarshi
Iqtisodchilar firmani taxlil qilishda hamma qulaylashtirilgan narxlarni hisobga oladi, ammo buxgalterlar aniq xarajatlarni hisoblaydi. Bundan tashqari iqtisodiy foyda buxgalterya oid foydasiga qaraganda kamroq bo`ladi.
Iqtisodchilar firmani yuritishda qanday yo’l tutishadi
Buxgalterlar firmani yuritishda qanday yo’l tutishadi
Daromad
Iqtisodiy foyda
Noaniq xarajatlar
Aniq xarajatlar
Aniq xarajatlar
Buxgalteriya foydasi
Umumiy imkoniyat darajasdidagi xarajatlar
Daromad
RASM
2. ISHLAB CHIQARISH VA XARAJATLAR
Firma sotishni rejalashtirib, tovar va xizmatlar ishlab chiqarish uchun resurslarni sotib olganda xarajatga duch keladi. Bu holda biz firmaning ishlab chiqarish jarayoni va uning umumiy qiymati o`rtasidagi bog`liqlikni tekshiramiz. Ya’ni, Karolinaning pishiriq zavodini ko`rib chiqamiz.
Tahlil natijasi shuni ko`rsatadiki, Karolina zavodining hajmi o`zgarmas u faqatgina ishlab chiqariladigan pishiriqlar miqdorini o`zgartirishi mumkin. Bu tahmin faqat qisqa muddat ichidagina haqiqiy, biroq uzoq muddat ichida unday emas. Ya’ni Karolina kutilmaganda kattaroq zavod qurolmaydi, ammo u bir yil yoki ikki yil ichida shunday qila olishi mumkin. Bu tahlil qisqa vaqt ichida qabul qilinadigan ishlab chiqish qarorini tasdiqlaydi. Biz bu bobda keyinroq xarajat va vaqt o`rtasidagi bog`liqlikni batafsilroq tushuntiramiz.
Ishchilar soni
Resurslar (bir soatda ishlab chiqarilgan pishiriqlar miqdori)
Mehnatning chekli mahsuloti
Zavodning xarajat-
lari
Ishchilar uchun xarajat
Resurslar umumiy xarajatlari (Zavod xarajati + ishchilar uchun xarajat)
JADVAL
Ishlab chiqarish funksiyasi va umumiy xarajat: Karolinaning pishiriq zavodi
Birinchi bobda yoritilgan iqtisodiyotning o’nta tamoyillaridan biri bu oqil odamlar cheklilik haqida o`ylaydilar. Keyingi boblarda guvohi bo’lganimizdek, bu tamoyil firmaning qancha ishchi yollashi va qancha mahsulot ishlab chiqarishi borasida qabul qiladigan qarorlarini tushinishga asos bo’la oladi. Yanada yaxshiroq tushinish maqsadida jadvalning uchinchi ustunida bitta ishchining chekli mahsuloti ko’rsatilgan. Ishlab chiqarish jarayonidagi har qanday xarajatning chekli mahsuloti - bir qo’shimcha xarajat birligidan erishilgan ishlab chiqarish hajmining miqdoran ortishidir. Ishchilar sonini bittadan ikkitaga oshirilsa, pishiriq ishlab chirarish 50 tadan 90 taga ortadi va ortgan 40 ta pishiriq chekli mahsulot hisoblanadi. Agarda ishchilarni yana bittaga oshirsak, pishiriq ishlab chiqarish 90 tadan 120 taga ortadi va 30 ta pishiriq chekli mahsulot bo’ladi. Jadvalda chekli mahsulot ikki qator orasida aks ettirilgan, chunki ishchilar soni bir pog’onadan boshqasiga o’zgarsa, ishlab chiqarish hajmi ham o’zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |