O’RTACHA VA CHEKLI XARAJATLAR Firma boshlig’i sifatida Konrad qancha mahsulot ishlab chiqarish to’g’risida qaror qabul qiladi. Mazkur qarorning ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarish darajasini o’zgartirganida uning xarajatlari qanday
o’zgaradi. Bu qarorni qabul qilishda Konrad ishlab chiqarish nazoratchisiga quyidagi savollar bilan murojaat qilishi mumkin.
Odatiy bitta mahsulot ishlab chiqarish xarajati qancha bo’ladi?
Uni bittaga oshirgandagi xarajat qanchani tashkil etadi?
Garchi bu savollar bir xil javob talab qilayotgandek tuyulsada, unday emas. Firma qanday qaror qabul qilishini tushunishda talab etilayotgan javoblarning ikkovi ham muhim rol o’ynaydi.
Ishlab chiqarilgan o’ziga xos birlik xarajatini topish uchun, firmaning xarajatini yaratiladigan mahsulot hajmiga bo’lamiz. Masalan, agar firma soatiga 2 piyola qahva ishlab chiqarsa, uning umumiy xarajati 3.80$ bo’ladi va odatiy bir piyola qahvaning xarajati 3.80/2 yoki 1.90 bo’ladi. Umumiy xarajatning ishlab chiqarish hajmiga nisbati o’rtacha umumiy xarajat deyiladi. Umumiy xarajat doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar yig’indisi bo’lganligi uchun, o’rtacha umumiy xarajat o’rtacha doimiy va o’rtacha o’zgaruvchi xarajatlar yig’indisiga teng. Doimiy xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati o’rtacha doimiy xarajat deyiladi. O’zgaruvchi xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati esa o’rtacha o’zgaruvchi xarajatni ifodalaydi.
Garchi o’rtacha umumiy xarajat odatiy birlik narxini ko’rsatsada, u ishlab chiqarish darajasi ortganida umumiy xarajatning qanday o’zgarishini ko’rsatmaydi. 2-jadvalning oxirgi ustuni firma ishlab chiqarish hajmini bir birlikka oshirgandagi umumiy xarajatning ortgan miqdorini ko’rsatadi. Bu miqdor chekli xarajat deyiladi. Masalan, Konrad ishlab chiqarishni 2 piyoladan 3 piyolaga oshirsa, umumiy xarajat 3.80$dan 4.50$ga ko’tariladi. Shunday qilib uchinchi piyolaning chekli xarajati 4.50$-3.80$ yoki 0.70$ hisoblanadi. Jadvalda chekli xarajat ikki chiziq orasida tasvirlangan, chunki u ishlab chiqarish hajmining miqdori bir darajadan boshqasiga almashganida umumiy xarajatdagi o’zgarishni ifodalaydi.

Bu quyidagi ta’riflarni matematik izohlashda yordam berishi mumkin.