Jadvalning oxirgi uchta ustuni Karolinaning pishiriq ishlab chiqarish xarajatini ko’rsatadi. Bu misolda, Karolina oshxonasining xarajati soatiga 30$ va bir ishchining maoshi soatiga 10$. Agar u yana bitta yangi ishchi yollasa, uning xarajati soatiga 40$ bo’ladi. Agarda 2 ta ishchi yollasa, bu ko’rasatkich 50$ ga yetadi. Bu ma’lumotlar keltirilgan jadval Karolina yollaydigan ishchilar soni ishlab chiqariladigan pishiriqlar miqdori va uning umumiy xarajatlari qanchalik o’zaro bog’likligini ko’rsatadi.
Keyingi boblarda ko’zda tutilgan maqsadimiz firmalarning ishlab chiqarishini va narxlash qarorlarini o’rganishdan iborat. Bu maqsadda, 1-jadvaldagi eng muhim bog’liqlik ishlab chiqarish miqdori (2-ustun) va umumiy xarajat (6-ustun) larning orasidadir. Ikkinchi chizmaning (b) chizmaida jadvaldagi ikki ustun ma’lumotlari grafik shaklda tasvirlangan, uning gorizontal o’qida ishlab chiqarish miqdori va vertikal o’qida umumiy xarajat aks ettirilgan. Undagi egri chiziq umumiy xarajat egri chizig’i deb ataladi.
3. XARAJATNING TURLI O’LCHOVLARI
3. XARAJATNING TURLI O’LCHOVLARI
Bizning Karolina pishiriq oshxonasi borasidagi tahlilimiz firmaning umumiy xarajati uning ishlab chiqarish funksiyasini qanchalik aks ettirishini ko’rsatdi. Firmaning umumiy xarajatlaridagi ma’lumotlardan kelgusi boblarda ishlab chiqarish va narxlash qarorlarini tahlil qilishda yordam beradigan bir nechta xarajat o’lchovlariga ega bo’lamiz. Bu xarajat o’lchovlari qanday olinishini bilish uchun biz 2-jadvaldagi namunani ko’rib chiqamiz. Bu jadval Konrad qahva dokonining iqtisodiy ma’lumotlarini taqdim etadi.
Jadvalning 1-ustuni Konrad ishlab chiqarishi mumkin bo`lgan qahva miqdorini, har soatda 0 dan 10 piyolagacha. 2-ustun qahva ishlab chiqarishdagi Konradning umumiy xarajatini ko’rsatadi. 3-chizmada esa Konradning umumiy xarajat egri chizig’i tasvirlangan. Qahvaning miqdori gorizantal o’qda, umumiy xarajat vertikal o’qda.