10. Ishlab chiqarish xarajatlari reja



Yüklə 31,12 Kb.
səhifə5/12
tarix22.12.2023
ölçüsü31,12 Kb.
#190048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
10. Ishlab chiqarish xarajatlari reja-fayllar.org

RASM
Mahsulot miqdori
Ishlab chiqarish funksiyasi
Yollanma ishchilar soni
Umumiy
xarajat
(a) Ishlab chiqarish funksiyasi
(b) Umumiy xarajat egri chizig’i
Umumiy xarajat egri chizig’i
Mahsulot miqdori
(a) chizmadagi ishlab chiqarish funksiyasi yollangan ishchilar miqdori va ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o`rtasidagi bog’liqlikni ko`rsatadi. Bu yerda yollangan ishchilar miqdori (gorizontal kesimda) birinchi jadvalda va birinchi ustunda berilgan va yaratilgan mahsulot miqdori (vertikal kesimda) ikkinchi ustunda berilgan. Ishchilar miqdori oshgan sari ishlab chiqarish jarayoni tekislanib boradi, bu qo`shimcha mahsulot kamayishini aks ettiradi. (b) chizmadagi umumiy narx elastikligi yaratilgan mahsulot miqdori va umumiy ishlab chiqarish xarajati o`rtasidagi bog`liqlikni ko`rsatadi. Bu yerda yaratilgan mahsulot miqdori (gorizontal kesimda) birinchi jadvaldagi ikkinchi ustunda berilgan va umumiy xarajat (vertikal kesimda) oltinchi ustunda berilgan. Chekli mahsulot kamayishi tufayli, umumiy xarajat elastikligi yaratilgan mahsulot ortishi bilan ko`tarilib borgan.
Karolinaning ishlab chiqarish funksiyasi va umumiy-xarajat egri chizig`i
E’tibor bilan qaraydigan bo’lsak, ishchilar soni ortgani sayin, chekli mahsuloti kamayadi. 2-ishchining chekli mahsuloti 40 ta pishiriq edi. 3-ischiniki 30 ta, 4-ishchiniki 20 ta va h.k. Bu xossa kamayib boruvchi chekli mahsulot deb ataladi. Boshida, ya’ni ishchilar soni kam bo’lganida Karolina oshxonasidagi anjomlardan foydalanish qulay bo’lgan. Ishchilar soni ortgani sari, vositalardan birgalikda foydalanish va tiqilinch muhitda ishlashga majbur bo’lishadi. Oxir-oqibatda ishchilar bir-biriga halal berishadi. Shu sababli yangi yollangan ishchining umumiy ishlab chiqarishga qo’shgan hissasi oldin yollangan ishchinikiga qaraganda kamroq bo’ladi.
Ikkinchi chizmada kamayib boruvchi chekli mahsulot ham tasvirlangan. Ishlab chiqarish funksiyasi egri chizig’i (“boshqaruv asosda o`sish”) har bir qo’shilgan mehnat sarfi (“boshqaruv”) uchun ishlab chiqarish hajmining (“o`sish”) o’zgarishini ko’rsatib beradi. Ushbu ishlab chiqarish funksiyasi egri chizig’i bir ishchining chekli mahsulotini ham ko’rsatib beradi. Ishchilar soni ortgani sayin, uning chekli mahsuloti kamayib boradi, va ishlab chiqarish funksiyasi yanada bukiladi.

Yüklə 31,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin