10 mavzu: korrupsiya shakllanishining genezisi va uning evolyutsiyasi reja



Yüklə 114,94 Kb.
səhifə9/15
tarix12.04.2023
ölçüsü114,94 Kb.
#96465
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
10 mavzu korrupsiya shakllanishining genezisi va uning evolyuts

Singapur [CPI (2020) – 85 ball (180 mamlakat ichida 3-o‘rin), 1 ilova]. Korrupsiyaga qarshi kurashning singapurcha strategiyasi qattiqqo‘llik va izchillik bilan ajralib turadi va «korrupsiya ustidan nazorat mantiqi»ga asoslanadi: «korrupsiyani tag tomiri bilan yo‘q qilishga qaratilgan harakatlar shaxsning poraxo‘rlik bilan bog‘liq harakatlar amalga oshirishga moyillik imkoniyatini ham, stimulini ham yaratadigan shart-sharotilarni minimal qilish yoki istisno qilishga intilishiga asoslangan bo‘lishi lozim».
Mustaqillikni qo‘lgan kiritgan 1965-yilda Singapur korrupsiya darajasi juda yuqori bo‘lgan mamlakat hisoblanardi. Korrupsiyani pasaytirish taktikasi bir qator vertikal chora-tadbirlarga: amaldorlar harakatlarini tartibga solishga, byurokratik jarayonlarni soddalashtirishga, yuqori odob-axloq standartlariga rioya qilinishi ustidan qattiq nazoratga asoslangan. Uning markaziy bo‘g‘iniga aylangan korrupsiya holatlarini tergov qilish bo‘yicha mustaqil Byuroga fuqarolar davlat xizmatchilari ustidan arz qilish va yetkazilgan ziyonni qoplashni talab qilib murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan. Shu bilan bir paytda qonunchilik talablari kuchaytirildi, sud tizimi mustaqilligi oshirildi (yuqori ish haqi va imtiyozli maqom berilgan holda), pora berganlik yoki korrupsiyaga qarshi tergov ishlarida ishtirok etishdan bosh tortganlik uchun iqtisodiy jarima choralari joriy qilindi, shuningdek, bojxona xodimlari va boshqa davlat xizmatchilariga nisbatan yoppasiga ishdan bo‘shatishga qadar bo‘lgan qattiq choralar ko‘rildi. Bu iqtisodiyotni qayta tartibga solish, amaldorlar ish haqini oshirish va yuqori malakali ma’muriyat qadrlari tayyorlash bilan uyg‘unlashdi.
Singapur davlati korrupsiyaga qarshi siyosatining asosiy g‘oyasi «insonni korrupsiyaga undaydigan holatlarni bartaraf qilish»dan iborat. Bunga bir qator tamoyillar orqali erishiladi:
1) davlat xizmatchilarining ish haqini xususiy sektorda muvaffaqiyatli ishlayotgan shaxslarning o‘rtacha oylik ish haqi bilan tenglashtirish;
2) davlat organlari mansabdorlarining mulki, aktivlari va qarzlari bo‘yicha yillik hisobotlarini nazorat qilish. Xususan, prokuror korrupsiyaga qarshi qonunchilikni buzganlikda gumon qilingan shaxslarning har qanday bank hisob raqamlarini, aksiyalarini tekshirishga haqli;
3) yuqori lavozimdagi mansabdorlarning ma’naviy yuksakligini ta’minlash;
4) iqtisodiy rivojlanishda duch kelinadigan ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish.
Hozirgi paytda Singapur korrupsiya yo‘qligi, iqtisodiy erkinlik va taraqqiyot borasida dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi.
Ushbu davlatda Korrupsiyaga qarshi kurash hali hanuz davom etmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi, siyosiy va funksional mustaqillikka ega bo‘lgan ixtisoslashgan organ - Korrupsiya ishlari tergov byurosi mavjudligi buning yaqqol dalilidir. Ushbu mustaqil organning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Singapur iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorlaridagi Korrupsiya holatlarini tekshirish va ularga chek qo‘yish;

  • davlat xizmatchilari o‘rtasida o‘z mansabini suiiste’mol qilish holatlarini tekshirish va bu haqda tegishli organlarga xabar berish;

  • zarur bo‘lgan intizomiy choralarni ko‘rish;

  • boshqaruv tizimidagi mavjud zaif tomonlarni aniqlash uchun Korrupsiyaga uchragan davlat organlarining ish uslublarini o‘rganish. Korrupsiya va mansabni suiiste’mol qilishga olib keladigan holatlar aniqlansa, Byuro ushbu bo‘limlar rahbarlariga tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlaydi.

Korrupsiya ishlari tergov byurosi rahbari lavozimini Bosh vazir oldida bevosita mas’ul bo‘lgan direktor egallaydi. Shunday qilib, boshqa biron bir vazir tergovni to‘xtata olmaydi, yoki unga qandaydir tarzda ta’sir o‘tkaza olmaydi.

Yüklə 114,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin