10 mavzu: korrupsiya shakllanishining genezisi va uning evolyutsiyasi reja



Yüklə 114,94 Kb.
səhifə7/15
tarix12.04.2023
ölçüsü114,94 Kb.
#96465
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
10 mavzu korrupsiya shakllanishining genezisi va uning evolyuts

Fransiya CPI (2020) – 69 ball (180 mamlakat ichida 23-o‘rin), davlat xizmati tizimidagi korrupsiyaning oldini olish va unga barham berish maqsadida XX asrning 90-yillarida saylangan barcha davlat xizmatchilariga va korrupsiya ta’siriga berilishi mumkin bo‘lgan jamoat xizmati qadrlariga o‘z mol-mulki va daromadlari haqida mustaqil idoralarga ma’lumot berish majburiyatini yuklash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, davlat apparati yuqori martabali xodimlarining daromadlari va mol-mulki haqidagi deklaratsiyalar keng miqyosda oshkor etilishini ta’minlaydigan huquqiy va tashkiliy asoslar yaratildi. Ma’muriy muassasada imzolangan munosabatlar yoki ular tomonidan berilgan ruxsatlar haqida keng jamoatchilikka axborot berish shakllari ishlab chiqildi. Ko‘cha harakati qoidalarini buzganlik uchun shu joyning o‘zida jarima to‘lash taqiqlandi.
Davlat xizmati tizimidagi korrupsiyaning oldini olish va unga barham berish usuli sifatidagi davlat nazoratining samaradorligini oshirish maqsadida prefekturalarning qonuniylikka rioya etilishi ustidan nazorat olib boradigan xizmatlarda band bo‘lgan xodimlarining sonini ko‘paytirish va malakasini oshirish, shuningdek prefekturalarning xizmatlariga mazmuni korrupsiya xavfini kuchaytiradigan hujjatlarni bajarish muddatini kechiktirish huquqini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Fransiya hukumati Hisob palatasi vakolatlarini kengaytirish, shuningdek korxonalarning o‘z xodimlarini korrupsiya xavfidan saqlash uchun ichki audit va nazorat tadbirlari o‘tkazish borasidagi say-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bundan tashqari, Fransiya hukumati Adliya vazirligi qoshida Korrupsiyaga qarshi kurash markaziy xizmati tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Germaniya CPI (2020)-80 ball (180 mamlakat ichida 9-o‘rin), tajribasi korrupsiyaga ta’sirchan sohalarni aniqlash, mamlakat markaziy bankida davlat xizmatchilarini pora evaziga og‘dirishda fosh qilingan jismoniy va yuridik shaxslarning ma’lumotlar bazalarini tashkil etish korrupsiyaning oldini olish borasida eng samarali tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bu ularga yangi nom bilan yoki boshqa niqob ostida davlat buyurtmalarini olishga, boshqaruv qadrlarini rotatsiya qilishga, boshqaruv xodimlari faoliyati ustidan ichki nazorat olib boradigan tashqi bo‘linmalar tashkil etishga imkon bermaydi.
XIX asr o‘rtalariga qadar Shvetsiya CPI (2020) – 85 ball (180 mamlakat ichida 3-o‘rin)da korrupsiya gullab-yashnagan. Shvetsiyada korrupsiyaga qarshi eng nufuzli jamoat birlashmasi Shvetsiyaning Korrupsiyaga qarshi kurash institutidir. Institut 1923-yilda tashkil etilgan.
Shvetsiya qonunchiligi pora olishni davlat sektoridagi pora va xususiy sektordagi pora sifatida ajratadi. Shvetsiyada davlat sektoridagi poraxo‘rlik og‘irroq jinoyat hisoblanadi.
Shvetsiyadagi korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar og‘ir emas. Ushbu sanksiyalar dunyoning ko‘plab nufuzli mamlakatlaridagi jinoyat qonunchiligidan ancha yengil hisoblanadi. Shvetsiya davlat boshqaruvidagi korrupsiyaga qarshi kurashning muvaffaqiyati shved jamiyatining ta’limidir.
Shvetsiyada jamoatchilik nazorati korrupsiyaga qarshi kurashda muhim rol o‘ynaydi. Bunda ommaviy axborot vositalarining xam o‘rni katta, chunki ular shaxsning mavqeidan qat’iy nazar, darhol korrupsiyaning barcha holatlarini oshkor qilishadi.
2003-yilda Shvetsiya prokuraturasida korrupsiyaga qarshi kurashish milliy tarmog‘i tashkil etildi va 2012-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish milliy politsiya tarmog‘i tashkil etildi.
Shu bilan bir paytda Shvetsiya parlamenti va hukumati ma’muriyat xodimlari uchun yuqori axloqiy standartlar o‘rnatdi va ularni ijro qilishga erishishga intila boshladi. Atigi bir necha yildan so‘ng halollik byurokratiya orasida ijtimoiy meyorga aylandi. Yuqori mansabdagi amaldorlar maoshi dastlab oddiy ishchilarning ish haqidan 12-15 baravar katta bo‘lgan, lekin vaqt o‘tishi bilan bu farq ikki baravargacha pasaygan.52 Hozirgi kunda Shvetsiya avvalgidek, dunyo bo‘yicha korrupsiya ko‘rsatkichi eng past bo‘lgan mamlakatlardan biri hisoblanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashning Fincha (Finlyandiya) CPI (2020) – 85 ball (180 mamlakat ichida 3-o‘rin), strategiyasiga xos bo‘lgan xususiyat korporatsiya haqida maxsus qonun yo‘qligi hisoblanadi. Korrupsiya qattiq jinoyat turlaridan biri sifatida ko‘rib chiqilgan va qonunchilik, meyorlar va boshqa nazorat tizimlarining barcha darajalarida tartibga solingan. Amaldorlarning pora olganlik uchun nisbatan yumshoq - jarima to‘lashdan to‘rt yil qamoq jazosiga hukm qilinishigacha jazo belgilanishi Finlyandiyaga xos bo‘lgan xususiyat hisoblanadi. Urushdan keyingi davrda ilgari juda yuqori bo‘lgan proxo‘rlik darajasining keskin pasayishi ro‘y berdi - 1945-1954 yillarda pora olganlik uchun 549 kishi jazolangan bo‘lsa, 1980-1989 yillarda chiqarilgan bunday hukmlar soni 81 tani, 1990-yillarda esa 38 tani tashkil qildi.53 1990-yillardan boshlab Finlyandiyada xalqaro vositalar foydalanila boshladi – 1997-yilgi Korrupsiyaga qarshi kurash YEI Konvensiyasi, 1998-yilgi poraxo‘rlikka qarshi kurash IHTT Konvensiyasi, Yevropa Kengashining korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan jinoiy va fuqarolik huquqi bo‘yicha konvensiyasi, 2003 yil dekabrda Mexikoda qabul qilingan korrupsiyaga qarshi BMT Konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.

Yüklə 114,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin