10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə16/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36
10-mavzu PB

Ilmiy-pedagogik ishlari bo‘yicha:

  • zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o‘quv-tarbiya ishlarini interfaol usullaridan foydalangan holda pedagogik faoliyat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirishi;

  • o‘quv jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etish o‘quv va ko‘nikmalarini hosil qilishi.

Magistraturada barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari, o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining eng yuqori hajmi haftasiga 54 soat qilib belgilanadi. Kunduzgi o‘qish shakli auditoriya mashg‘ulotlari va ilmiy faoliyatining eng yuqori hajmi haftasiga 36 soat qilib belgilangan.
O‘qishning normativ muddati ikki yil bo‘lgani holda o‘quv jarayoni 100 hafta davom etadi.
O‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:

  • nazariy ta’lim — 30—40 foiz;

  • attestatsiya — 4—7 foiz;

  • ta’til — 13—16 foiz;

  • ilmiy faoliyat — 40—50 foiz.

Ilmiy faoliyat quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • ilmiy tadqiqot ishlari — 53—57 foiz;

  • ilmiy-pedagogik ishlar — 28—22 foiz;

• magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash — 19—21 foiz.
Nazariy ta’lim hajmi magistratura mutaxassisligiga qarab fanlar bloklari bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:

  • umummetodologik fanlar — 30—45 foiz;

  • mutaxassislik fanlari — 55—70 foiz.



Oliy o‘quv yurtini tugallagan magistrga quyidagi talablar qo‘iiladi:

  • tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni bajarishga, shuningdek, fan, texnika va texnologiya, iqtisodiyot, madaniyat va san’atning zamonaviy yutuqlarini amaliyotga joriy etishga yo‘naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega bo‘lishi;

  • mutaxassislikka oid ilmiy muammolar bilan bog‘liq vazifalarni ifodalash va hal etishi, qarorlar qabul qilishi, zarur bilimlar bazasini yaratish va undan o‘z kasb faoliyatida foydalana bilishi;

  • ilmiy tadqiqotlar va mehnatni tashkil qilish metodologiyasini bilishi, tadqiqot natijalarini tahlil qilish va qayta ishlash metodikasini ishlab chiqishi va amalga oshirishi, ilmiy tadqiqot natijalaridan faoliyatning tegishli sohalarida foydalanishga doir amaliy tavsiyalarni ifodalay olishi va taqdim qilishi;

  • kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, eng maqbul echimlar topishning oqilona usullarini egallagan bo‘lishi;

  • bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va ilmiy jamoalarni boshqarishni ilmiy asosda tashkil qila olishi;

  • zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniladigan pedagogik texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullarini egallagan bo‘lishi lozim.

  • tanlangan mutaxassislik bo‘yicha mustaqil ilmiy tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyati;

  • magistr tayyorgarligiga muvofiq mutaxassislik bo‘yicha aspiranturada oliy ta’limdan keyin tahsil olish;

  • kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish tizimida qo‘shimcha kasb ta’limi olish uchun tayyorlanadi.

„Magistr" darajasini beradigan davlat malaka attestatsiyasi magistrlik dasturining intihosidir. Magistrlarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiga muvofiq bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash sifati quyidagicha nazorat qilinadi:

  • ichki nazorat oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta’limni boshkarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan Reyting nazorat tizimi haqidagi nizom asosida o‘tkaziladi;


  • Yüklə 408,71 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin