10-Mavzu: personalni rivojlantirish. (2 soat) Reja: Ishchi kuchi sifatini oshirishning mohiyati


Qisqa muddatli seminar dasturlari



Yüklə 408,71 Kb.
səhifə35/36
tarix22.01.2023
ölçüsü408,71 Kb.
#80180
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
10-mavzu PB

Qisqa muddatli seminar dasturlari odatda ikki va to‘rt kunlik mashg‘ulotlar o‘tkazishni ko‘zlab ishlab chiqiladi. Bu seminarlarda tinglovchilar aniq maqsadli rejalar va zarur tushunchalar bo‘yicha qisqa axborotlar oladilar. Ularga mustaqil shug‘ullanib, chuqur o‘zlashtirish uchun o‘quv materiallari, ma’ruzalar, adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Qisqa muddatli seminar dasturlarida:

  • seminar mavzusiningnomlanishi;

  • maqsadli guruhtinglovchilari;

  • seminar maqsadi;

  • o‘qitish muddati;

  • seminar mavzulari bo‘yicha asosiy bo‘limlar;

  • seminarni tashkil etish;

  • seminarni o‘tkazish uslubi (ma’ruza — bahs, amaliyotdan olingan misollarni tahlil etish, kasbiy suhbatlar);

  • tinglovchilar soni;

— seminar o‘tkazadigan mutaxassislar guruhi belgilab qo‘yiladi.
Dasturda, shuningdek, tinglovchilar seminarni muvaffaqiyatli
tugallagan taqdirda ishlab chiqarishdan olinadigan foyda ham ko‘rsatiladi.
O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar:

  • o‘qitish maqsadini ta’minlaydigan o‘quv materiali mavzusini tushuntiradi, ularga aniqlik kiritadi, hamda bu mavzularni avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi va mashq o‘tkazgichlar orqali o‘zlashtirish imkonini beradi;

  • turli manbalardan olingan asosiy ma’lumotlarni bir-biriga bog‘laydi;

  • nazariy materiallar bilan amaliy ma’lumotlarning oqilona nisbatini ta’minlaydi;

  • turli vaziyatlar va belgilangan ish tartibidan chetga chiqish hollarini bayon etib beradi;

  • bajariladigan ish operatsiyalari bosqichlarini tushuntiradi.

O‘quv-uslubiy qo‘llanmalar shunday yaratiladiki, tinglovchi ulardan shaxsiy kompьyuteri asosida avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi hamda mashq o‘tkazgichlarda ishlash jarayonida hamda mustaqil tayyorgarlik davomida foydalana oladi.
Bugungi kun tajribasi yangi bilimlarni egallashning eng samarali usuli dasturiy o‘qitish ekanligini ko‘rsatmoqda. Kompaniya va firmalarning, ularning, muhandis-texnik xodimlarining malakasini oshirish uchun avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlarini yaratish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:
— o‘qitish — o‘qituvchilar va tinglovchilarning o‘zaro bog‘liq faoliyatining maxsus turidir;

  • tinglovchilar bilimlarni o‘qitish usullarida ifodalangan muayyan faoliyat jarayonida egallaydilar;

  • dasturiy o‘qitish va bilim olish jarayonini samarali boshqarish maqsadida tinglovchi xatti-harakatning tarkibi va navbatma-navbatini aniqlashdan iborat bo‘lib, o‘quv materiallari ana shu maqsadga moslashtirilishi lozim;

  • avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimi faqat o‘quv jarayoni, tinglovchi mastaqil ish olib borishi kabi masalalar bilan cheklanib qolmasdan tinglovchining bilim olish faoliyatini boshqarishga asoslanishi kerak.


Yüklə 408,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin