1-laboratoriya ishi. Organik birikmalarning namunalari bilan tanishish va qiyoslash. Organik birikmalar tarkibida vodorod, uglerod va xlor borligini aniqlash. 10-sinf Toshkent shahar Yunusobod tumani 288-maktabning kimyo fani o‘qituvchisi Turdiyeva Dilfuza Qodirovna Maqsad: Organik birikmalar va anorganik birikmalarni qiyoslab, fizik xossalarni o‘rganish. Organik birikmalar tarkibida uglerod, vodorod va xlor elementlarini borligini amaliy tajribada bajarib, o‘rganish.
Jihozlar: Quruq yoqilg‘i
Kuydirish qoshiqchalari
Shpatel
Laboratoriya shtativi
Chinni kosacha
Probirkalar shtativi bilan
Reaktivlar: Parafin
Sirka kislota
Etil spirti
Saxaroza
Mis (II) oksid
Kraxmal
Mis kuporosi
Kalsiy gidroksid
Ishning bajarish tartibi: 1. Plastik taglikda berilgan organik birikmalar na’munalari bilan tanishish
etil spirti saxaroza parafin sirka kislota Organik birikmalarni noorganik birikmalar bilan qiyoslash
Uglerod-uglerod bog‘ hosil qilish xususiyatiga ega
Bir xil atomlar o‘rtasida bog‘ hosil bo‘lmaydi
Organik birikmalarni noorganik birikmalar bilan qiyoslash
Organik moddalar
Noorganik moddalar
Biosferaning asosiy qismini tashkil etadi
O‘lik tabiatning asosiy qismini tashkil etadi: atmosfera, litosfera, gidrosfera
18 mln turdagi birikmalari taqdim etilgan
100 ming turdagi birikmalari taqdim etilgan
Organik birikmalar tarkibida uglerod va vodorodni aniqlash Quruq probirkaga 1 gr mis (II) oksid CuO va0,5 gr organik modda (parafin) aralashtirib solinadi va probirka gaz o‘tkazuvchi nayli trubka bilan biriktirilib, ikkinchi uchi boshqa probirkadagi
taxminan 4—5 ml keladigan ohak suvi aralashmasiga botiriladi.
Organik birikmalar tarkibida uglerod va vodorodni aniqlash Birinchi probirka gorizontal holda ushlanib, spirt lampasida qizdiriladi. Qizdirish natijasida parafin mis (II) oksidi bilan oksidlanishi natijasida, CO2 gazi ajralib chiqa boshlaydi va ohak suvini loyqalantiradi. Bu reaksiya parafin tarkibida C borligini ko‘rsatadi.
Organik birikmalar tarkibida uglerod va vodorodni aniqlash Parafindagi vodorod hisobiga esa 1-probirka devorlarida suv tomchilari hosil bo‘ladi. Bu reaksiya kraxmalda vodorod borligini bildiradi.
Galogen borligini tez aniqlash uchun F. Beylshteyn usulidan foydalaniladi. Mis to‘rining uchi spirt alangasida mis (II) oksidning qora dog‘i bilan qoplanib qolguncha qizdiriladi.
Organik birikmalar tarkibida xlorni aniqlash So‘ngra sim sovitiladi, uchi analiz qilinayotgan moddaga botiriladi va yana spirt alangasiga tutiladi. Agar birikmada galogen (xlor) bo‘lsa, alanga chiroyli yashil rangda yonadi.
Organik birikmalar tarkibida xlorni aniqlash Mustaqil bajarish uchun topshiriq Amaliyotda ko‘rgan tajribalarni bajarish tartibida ketma-ket xulosalab, jadvalni to‘ldiring, organik va anorganik birikmalarning asosiy farqlarini yozing va quyidagi savollarga javob bering.
Mustaqil bajarish uchun topshiriq Savollar:
Namuna tarkibida vodorod atomi mavjudligini qanday isbotladingiz.
Oxakli suvni loyqalanishi qaysi elementning mavjudligidan dalolat beradi? Reaksiya tenglamasini keltiring.
Qaysi element hisobiga alanga yashil rangga bo‘yaladi?