11-Mavzu: Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida.
REJA:
1.
Jamoa haqida tushuncha.
2.
Jamoaning o‘ziga xos xususiyatlari .
3. Jamoaning tarkib topishi va rivojlanish bosqichlari
4.O‘quvchilar jamoasini tarbiyalash
Tayancha so‘z va iboralar:
jamoa, uyushgan, lider, ma‘suliyat hissi,
ijtimoiylashtirish.
1. Jamoa haqida tushuncha.
Jamoa so‘zi lotincha ―kollektivus‖
so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis,
birlashma,
guruh ma‘nolarini anglatadi, aniqroq aytiladigan bo‘lsak jamoa bu kishilardan
iborat guruh demakdir. Zamonaviy talqinda ―jamoa‖ tushunchasi ikki xil
ma‘noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda kishilarning istalgan
tashkiliy guruhi tushiniladi (masalan ishlab
chiqarsh jamoasi, zavod jamoasi,
xo‘jalik jamoasi va h.k.). Ikkinchidan jamoa deganda yuqori darajada
uyushtirilgan guruh tushuniladi. Chunonchi, o‘quvchi
tarbiyalanuvchilarning
birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyidagi jamoa va uning
xususiyatlari borasida so‘z yuritamiz.
Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash tarbiya tizimida muhim axamiyatga ega
bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning еtakchi rol
o‘ynashi to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanishi davridayoq
bildirilgan. Jamoada uning a‘zolari o‘rtasidagi munosabatining alohida shakli
yuzasiga keladi. Bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini
ta‘minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi.
Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar
jamoani kishilarning
еtarli darajada uyushgan har qanday guruhlar ajratib turadi.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va
kishilik munosabatlarining barcha me‘yorlari o‘z ifodasini topadi. Zero, jamoa
jamiyatdagi mavjud munosabatlari tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va
ijtimoiy
jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik uzviy maqsadga muvofiq
tashkil etadi.
Shu bois jamoa hayotining bir yagona maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy
g‘oyaviy yo‘nalganligi uning еtakchi belgisi hisoblanadi.
Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir
a‘zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan
birgalikda ishtirok etadi.
Jamoani tushinish, uni xis etish hamda shaxsni
shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish umumiy va xususiy
maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatining birligini namoyon etadi hamda
bo‘linishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega
va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek,
u maqsadning
birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan
bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan jamoa
navbatdagi muhim xususiyatdir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g‘oyaviy
yo‘nalishini ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini topishi muhim
ahamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona
ijtimoiy tizimini o‘rnata olishdagi usuli, ya‘ni jamoani tashkil qilish usuli ham
muhim xisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga
muvofiq tashkil etilgan
jamoa faoliyati natijasida jamoa a‘zolari o‘rtasidagi ishchanlik, bir-biri uchun
g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarligi xissi qaror
topadi.
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma‘suliyat xissini uyg‘ota
borib, jamoa a‘zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoaga mansublik xissini
paydo bo‘lishini uyg‘otadi, jamoa munosabatida bo‘lishi ehtiyojini oshiradi.
Jamoa a‘zolari o‘rtasida o‘zaro guruhiy yaqinlik, hissiy birlik yuzaga keladi.
Ushbu munosabat ko‘pincha o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi hamda ular pedagogik
ta‘sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruxiy va hissiy birlik jamoa a‘zolarining
birgalikdagi faoliyatini mazmuniga ular orasidagi hosil bo‘lgan
ishchanlik
faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: