11-mavzu Mulohaza. Xulosa chiqarish Reja Mulohaza va uning turla-www.fayllar.org
Sig‘ishmaydigan munosabatlar 1. Qarama - qarshi hukmlar. Bunday munosabatlar umumiy tasdiq (A) va umumiy inkor
(Ye) hukmlar orasida bo‘lib, ular o‘zlariga xos sub’ekt va predikatga ega bo‘ladi.
Bunday munosabatga muvofiq agar bir hukm chin bo‘lsa, unga qarshi bo‘lgan hukm xatodir,
ikki qarama - qarshi hukm bir vaqtda chin bo‘la olmaydi, ammo bir vaqtda xato bo‘la oladi, lekin
ikkalasi birdaniga to‘g‘ri bo‘lmaydi. Masalan, «Bu talaba jamoatchi, doim darslarga
qatnashmaydi» (A) «Bu talaba jamoat ishlarida qatnashmaydi, davomati pastdir» (Ye).
Bularning biri to‘g‘ri bo‘lsa, ikkinchisi noto‘g‘ri, Yoki aksincha: «Hamma o‘simliklar
xonakidir» (A),"Hech bir o‘simlik xonaki emas» (Ye )«Bu hukmlarning har ikkalasi ham xato.
2. Bir - biriga zid munosabatlar. Bunda birinchi hukm to‘g‘ri bo‘lsa, ikkinchi xato bo‘ladi
va aksincha ammo birdaniga xato bo‘lishi mumkin emas. Umumiy tasdiq hukmi (A) bilan juz’iy
inkor (O) o‘rtasidagi, umumiy inkor hukmi (Ye) bilan, juz’iy tasdiq hukmi J) o‘rtasida zid
munosabatlar mavjuddir. Masalan: Universitetdagi talabalar a’lochi (A) (to‘g‘ri), Universitetdagi
ba’zi talabalar a’lochi emas (A) (xato).
1. Hamma qushlar issiq o‘lkalarda yashamaydilar (Ye)
Ba’zi qushlar issiq o‘lkalarda yashaydilar (J) 2.Hamma moddalar qattiq holda uchraydi
(A). Ba’zi moddalar qattiq holda uchramaydi. (O) (turi). Oddiy hukmlar o‘rtasidagi munosabatni
quyidagi sxemada ko‘rish mumkin.
Shunday qilib, mantiqiy kvadrat hukmlarining chin, xatoligini aniqlash mezoni bo‘la
olmaydi. Undan hukmning son va sifat birlashuvi munosabatlarni bilishda oson bo‘lish uchun
foydalanish mumkin, ya’ni hukmlarning sifatini va miqdorini bildiradi. Demak, moddiy jihatdan
bir xil hukmlarning munosabatini aniqlash orqali nisbatan yangi bilim olinadi. Bunda berilgan
hukmning chinligidan ikkinchi hukmning chinligi yoki xatoligi haqida xulosa chiqarildi.