(buyurish) mantiqdagi «majbur qilinadi», «taqiqlanadi», «man etiladi» fe’llari bilan keladigan
hukmlar kuchliga, «yo‘l qo‘yiladi», «ruxsat beriladi» kabi fe’llar
bilan keladigan hukmlar
kuchsizga tasnif etiladi.
Qiymatdorlik mantig‘ida buyumlar haqidagi tasdiq va inkor bog‘lanishlardagi "yaxshi»
va «yomon» belgilari kuchli, «loqayd», «o‘rtahol», baholari esa kuchsiz tavsiflardir.
Mantiqda hukmlar modallikka ko‘ra uch guruhga bo‘linadi. Bular: imkoniy (problematik
- muammoli), hukmlar voqelik, (assertorik) hukmlari va zaruriy (apodiktik) hukmlar.
Imkoniy hukmlarda ifodalangan buyum belgilarining unga mansub yohud mansub
emasligi to‘g‘risidagi ehtimoliyliklar. Mazkur hukmda hali sodir bo‘lmagan voqea to‘g‘risida
taxminiy fikr bayon etiladi.
Voqelik hukmlarida buyumda u yoki bu belgi xususiyatining taalluqliligi
yoki taalluqli
emasligi ifodalanadi.
Masalan, «O‘zbekiston IIV Akademiyasi - jumhuriyat markazida joylashgan»
deyilganda, mazkur hukm buyumi «O‘zbekiston IIV-Akademiyasi»ga muayyan belgi
(jumhuriyat markazida joylashganlik)ning taaluqliligi qayd etiladi.
Zaruriy hukmlarda hukm buyumiga mansub belgi barcha sharoitlarda ham uning o‘ziga
mansub bo‘lib qolishi ta’kidlanadi. Masalan, «Demokratik davlat huquqiy qonunlarsiz yashay
olmaydi». Bu o‘rinda ham hukm sub’ekti (demokratik davlat)ga ma’lum belgi (huquqiy
qonunlarsiz yashay olmaslik) barcha shart -sharoitlarda ham taaluqli bo‘lib qolishi ifodalanadi.
Dostları ilə paylaş: