11-Mavzu: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni. Reja: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni Shaxs va jamiyat



Yüklə 33,26 Kb.
səhifə10/11
tarix12.10.2023
ölçüsü33,26 Kb.
#154419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sivilizatsiya «Sivilizatsiya»2 tushunchasi, madaniyat tushunchasiga o‘xshash katta ahamiyatga ega bo‘lgan, keng foydalanadigan ilmiy tushunchadir. U Ma’rifat (XVIII) davrida ilmiy so‘z boyligiga kiritilgan. Eng umumiy ma’noda u yovvoyilikka nisbatan inson va jamiyatning holatini anglatadi. Sivilizatsiyalashgan jamiyat nima? Bu erkinlik, adolat, aql, qonunga asoslangan jamiyat. Bu yerda moddiy madaniyatning rivojlanishi ham muhim rol o‘ynaydi. shunday qilib odam ancha tarixiy paytgacha yovvoyilik holatida qolib, ma’lum holatga o‘tgandan keyin sivilizatsiya belgilari paydo bo‘ldi. Unga nima yordam qildi? Bunga faylasuflarning fikricha mehnat taqsimoti, sinflar va tovar –pul munosabatlarining vujudga kelishi, davlatning paydo bo‘lishi, ma’anaviy madaniyatning rivojlanishi, yozuvning paydo bo‘lishi, ibtidoiy jamoada oilaviy munosabatlarning o‘zgarishi va boshqalar.
Ammo hozirgi dunyoda «sivilizatsiya» tushunchasining boshqa ma’nolari ham bor. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari quyidagilardan iborat:

  • «Madaniyat» tushunchasining sinonimi (F.Shelling).

  • Madaniyatning antipadi (qarama-qarshi) - jamiyatning tirik holatiga, ma’naviy madaniyatiga qarshi, hayot tuzilishining jonsiz, o‘lik shakli. (N.Berdyaev, N.Rerix).

  • Madaniyatning zaiflanishi, uning tug‘ilish va o‘lish bosqichlari. (O.Shpengler).

  • Jamiyatning konkret tarixiy turi. Masalan, «Misr sivilizatsiyasi», «Rim sivilizatsiyasi» va boshq. (A.Toynbi).

  • Sivilizatsiya diniy birlik sifatida masalan, «Xristian sivilizatsiyasi», «Budda sivilizatsiyasi» va boshqalar.

  • Sivilizatsiya jamiyatning texnologik rivojlanish tarixi. Masalan, «Agrar sivilizatsiya», «Industrial sivilizatsiya» vaboshqalar.

  • Sivilizatsiya aqlli jonzotlarning birlashgan planitar hamjamiyati sifatida. Masalan, «Yer planetasi sivilizatsiyasi», «Veneraplanetasi sivilizatsiyasi» va boshqalar.



Nazorat va muhokama qilish uchun savol va topshiriqlar
1. Qadriyatlar ijtimoiy hayotning regulyatori sifatida. Totalitar va demokratik jamiyat
2. Jamiyat hayoti strukturasi va sohalari .
3.Tarix rivojining ma’nosi va rivojlanishlari. Tarixiy taraqqiyot mumkinmi?
4. Tarixiy jarayon va jamiyat rivoji andozalari.
5. Tarixiy determinizm va tarixiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchlari.
6. Madaniyat tushunchasi, shakllari va turlari. Madaniyatning ijtimoiy funksiyalari va ahamiyati.
7. Sivilizatsiya tushunchasi.
8. Madaniyatning ko‘pxilligi va madaniyatlararo muloqot
9. Hozirgi sivilizatsiyaning rivojlanish tendensiyalari va global muammolari
10. Dunyo sivilizatsiyasining kelajagi.
11.”...o‘zbek tili ta’limini takomillashtirish,yoshlarni milliy hamda umuminsoniy an’ana,qadriyatlarga sadoqat,ulug‘ ajdodlarimizning boy ma’naviy merosidan g‘ururlanish va ularni yanada boyitish ruhida tarbiyalash”3 uchun qanday amaliy ishlarni bajarish kerakdeb o‘ylaysiz?



Yüklə 33,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin