11-Mavzu: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni. Reja: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni Shaxs va jamiyat


Madaniyat: tushunchasi, shakllari, turlari va funksiyalari. Madaniyat tushunchasi



Yüklə 33,26 Kb.
səhifə8/11
tarix12.10.2023
ölçüsü33,26 Kb.
#154419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
4. Madaniyat: tushunchasi, shakllari, turlari va funksiyalari. Madaniyat tushunchasi. «Madaniyat» - hozirgi falsafa va fanda eng keng tarqalgan tushunchalardan biri hisoblanadi.Shu bilan birga u nafaqat ilmiy leksikada, siyosatchilar, iqtisodchilar, harbiylar, muhandislar va boshqa mutaxassislarning so‘zlarida ham uchraydi. Har kunlik turmushimizda biz ham bu tushunchaga ko‘plab murojaat qilamiz. U nimani ifodalaydi? Bu savolga javob berish unchalik ham oson emas.
Har xil sabablarga ko‘ra ilmiy adabiyotlarda “madaniyat” tushunchasiga ikki yuzdan ortiq ta’riflar berilgan. Nimaga bunday ko‘p,degan savol tug‘iladi? Chunki, madaniyat –insoniyat borlig‘ining eng murakkab va ko‘p o‘lchovli hodisalardan biridir. U ko‘p tarmoqli strukturaga, ko‘p funksiyalarga, shakl va har xil turlarga ega. Har xil tarixiy bosqichlarda va har xil falsafiy mulohaza bildirgan olimlar va faylasuflar madaniyatni qanday tu shunganligini qarab chiqamiz.

  • Ishlov berish (tuproqqa), tarbiya, ta’lim, rivojlanish, qadrlash (Qadimgi rim mutaffakirlari).

  • shaxsning rivojlanishi, odamni kamol toptirmoq, alohida odamni yaxshilash (S. Pufendrof (XVII asr)).

  • Xalqning turmush tarzi; insoniyatning ma’naviy taraqqiyoti (I.Gerder (XVIII-XIX asr) .

  • Bilimlar boyligi, estetik va aqliy rivojlanishi (I.Gyote (XVIII-XIX asr)).

  • Insoniyat shaxsining o‘zini amalga oshirish usuli, aqlli mavjudotning maqsad qo‘yish qobiliyatiga ega bo‘lishi (J. Russo (XVIII asr)).

  • Insoniylik odam g‘oyasi (D. Lukach (XIX-XXasr)).

  • Jamiyat yaratilishini anglash ( A. Shyus (XXasr)).

  • Belgilarni ishlab chiqish va foydalanish bilan bog‘liq hodisalarning, faoliyat turlarining, predmetlarning, g‘oyalar va sezgilarning yig‘indisi (L.Uayt (XX asr)).

  • Ruh tamoyili ijtimoiy timsoli, yorug‘likni ruh energiyasi sifatida qadrlash (N. Va E.Rerix (XIX asr))

shunday qilib, xulosa o‘rnida madaniyatning tushuntirish va ta’rif berishda bir nechta asosiy yondashuv va g‘oyalar qarab chiqamiz,
Birinchidan,“Tabiat” (yovvoyi tabiat)ning “madaniyat” (insoniyat jamiyat yoki tabiatni yaxshilash) dan farqi to‘g‘risidagi g‘oya. Bu yerda insoniyatning faol ijodiy asosi va uning yaratuvchanlik faoliyati ko‘rsatiladi. Bunday yondashuvda “jamiyat” va “madaniyat” tushunchalari deyarli bir biriga qo‘shilib ketadi.
Ikkinchidan, madaniyat jamiyat tomonidan yaratilgan qadriyatlar yig‘indisi to‘g‘risidagi g‘oya. Bu yerda ijtimoiy hayotning qadriyatlar (aksiologiya) jihatiga diqqat qaratiladi.
Biroq, eng qamrovlisi uchinchi yondashuv bo‘lib, unda madaniyat insoniyatning barcha eng yaxshi ijodiy yutuqlarining sintezi ( ijtimoiy jihat), Shuningdek odamga insoniylik o‘lchovi - uning aqllilik va jo‘shqinligi o‘lchovi ( shaxsiy jihat) sifatida qabul qilinadi.

Yüklə 33,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin