2. Shaxs va jamiyat. Yuqorida biz tabiiy mavjudot sifatida odam erkinligi muammolarini qarab chiqdik. Endi uning ijtimoiy jihatlariga to‘xtalamiz. Uning mohiyati shundaki, odam jamiyatda erkin bo‘lishi mumkinmi? Bu savolga javobning ikki – ijtimoiy va axloqiy tomonlari bor.
Avvalo odamning ijtimoiy erkinligi to‘g‘risidagi savolning ijtimoiy tomonini ko‘rib chiqamiz. Bu yerda muammo jamiyatda siyosiy hokimiyat va moddiy mulkka ega bo‘lganlardan shaxsning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy mustaqilligiga borib taqaladi.
Masalan, nemis faylasufi G.Gegel jamiyat tarixini erkinlikni amalga oshirishda progress deb qaradi. Qadimgi dunyoda faqat bitta odam (davlatni boshqaruvchi) erkin edi deb yozadi. Barcha qolganlar (qullar va fuqarolar) unga mutloq qaram edilar. Keyinroq, antik demokratiya davrida erkinlikdan ancha ko‘p miqdordagi odamlar foydalandi, ozod bo‘lmagan (qullar) ham yetarli edi. Bir asrdan keyin nasroniylik jamiyati hammani ozod qildi deb yozadi Gegel. Albatta, bu yerda u XIX asrdagi ijtimoiy vaziyatni ideallashtiradi va odamlarning erkinlik darajasini oshirib yuboradi. Axir, agar u vaqtda Yevropada siyosiy bo‘lmasa ham, odamlarning asosiy qismi iqtisodiy jihatdan zavodlar, fabrikalar, fermerlar, bank egalariga qaram edilar. Lekin, shunga qaramay yevropa huquqiy davlati qadimgi hukmdorlar monarxiyasiga nisbatan ko‘p erkinliklar berdi.
Jamiyatga odamning ijtimoiy qaramligini boshqa nemis faylasufi K.Marks qaramlikning shaxsiy (siyosiy, harbiy, diniy, jismoniy) bo‘lishini ko‘rsatdi. Masalan, bu qul, qirol, asirlar yoki krepostnoy dehqonlarning qaramligi. Iqtisodiy bo‘lishi ham mumkin, unda odam shaxsan erkin bo‘lib, yashash uchun hech narsasi bo‘lmaganlikdan «xo‘jayin»ga ishlashga majbur. Bunday munosabatlar kapitalistik jamiyat uchun ham xosdir. U jamiyat rivojining yuqori bosqichida (sotsializm va kommunizm) shaxsiy va iqtisodiy qaramlik tugatiladi deb faraz qildi. Odam erkin individ bo‘lib, «xo`jayin»ga emas yaratuvchilik faoliyatida o‘zining ijodiy ehtiyojlarini amalga oshirish uchun o‘ziga ishlaydi. Bir so‘z bilan aytganda mehnat erksiz qatorga bo‘lmay, qiziqarli ish bo‘ladi, unda odam majburlikdan emas, ehtiyoji bo‘yicha ishlaydi.
Biroq, amalda davlat bor ekan, odam to‘la erkinlikdan foydalana olmaydi. Davlat uni o‘zining qonunlari va farmoyishlari bilan chegaralab qo‘yadi. Erkinlikni bunday chegaralash kerakmi? shunday ekan, jamiyat va inson rivojlanishining hozirgi bosqichida ular juda muqarrar. Nimaga? Chunki, bu cheklovlar davlat kuchi bilan jamiyat a’zolari teng huquqlarini va uning barqarorligini ta’minlaydi. Albatta, biz bu yerda har qanday davlatni emas, barcha siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy resurslar tomonidan shaxsning huquqi va demokratik erkinliklari yuqori darajadi qadrlanadigan va kafolatlanadigan haquqiy davlatni nazarda tutayapmiz. Bunday yangi davlat andozasini yangi davr Yevropa faylasuflari (Gobbs, Lokk, Manteske, Russo, Kant va boshqalar) ishlab chiqdilar. Huquqiy davlatning maqsadi – shaxsni bostirish emas (o‘tmishdagiday), uning huquqini kafolatlashdir.
Shaxs ijtimoiy erkinligining ikkinchi tomoni – bu axloqiy (etik)masalasidir.. Huquqiy davlat odamga keng huquq va imkoniyatlar beradi. Demokratik huquqiy tizimning bosh tamoyili – «hamma, nima man qilinmagan bo‘lsa – ruhsat berilgan»,degan g‘oyaga asoslanadi.. Muammolarni keskinlashtirish uchun faraz qilaylik, jamiyat, davlat va uning qonunlaridan butunlay voz kechdi deb. Hamma narsaga ijozat berilgan deb. Bu taqiq va cheklovlarning yo‘qligini ifodalaydimi? Odam barcha xohlagan narsasini qilaoladimi? Javob aniq. Agar shunday bo‘lsa, jamiyatda tartibsizlik (xaos) – «hamma – hammaga qarshi urush» vujudga keladi. Odam har qanday holatda imkoniyat urug‘i va o‘zini saqlash uchun axloqiy me’yorlarga (ichki axloqiy qonunlar) rioya qilishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun, boshqa odamning mustaqilligi qayerda boshlansa, sening erkinligining Shu yerda tugaydi degan, erkinlikning asosiy axloqiy formulasi mavjud.