11-Mavzu: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni. Reja: Qadriyatlar va uning jamiyat hayotidagi o‘rni Shaxs va jamiyat


Tarix falsafasi tushunchasi va muammolar



Yüklə 33,26 Kb.
səhifə3/11
tarix12.10.2023
ölçüsü33,26 Kb.
#154419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3 Tarix falsafasi tushunchasi va muammolar. Tarix falsafasi insoniyat tarixiy rivojlanishining eng fundamental qonunlari va tamoyillarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Bu yerda quyidagi masalalarga: tarixning ma’nosi va maqsadi, tarixiy jarayonlarning harakatlantiruvchi kuchlari va mexanizmlari, ijtimoiy progress yokm regress mavjudmi va uning mezonlari qanday, insoniyat tarixining yagonaligi va ko‘pxilligi masalalariga katta e’tibor qaratiladi.
Tarix falsafasi falsafa tarixdan nimasi bilan farq qiladi? Falsafa tarixi, asosan, tavsif xarakterga ega. U real tarixiy voqealar, uning sabablari va oqibatlari, ularning bevosita va bilvosita qatnashchilari, ularning jamiyat hayotining har xil sohalarga ta’sirini aniqlaydi va ko‘rsatadi. Tarix falsafasining vazifalari alohida tarixiy voqealarni o‘rganishdan iborat emas, balki, konkret ijtimoiy fanlar yutuqlari asosida fundamental, eng umumiy tarixiy qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.
Masalan, Falsafa tarixining ma’nosi masalasi konkret ijtimoiy fanlar uchun odatda, ilmiy ahamiyatga ega emas. Pozitivistlar, xususan, fan bunday savollarga javob bera olmaydi deb faraz qiladilar. Bu metafizik masalalar, ilmiy bilish sohasi doirasidan chiqadilar. Tabiiy va ijtimoiy hayotning xususiy faktlarini o‘rganuvchi konkret fanlardan asl falsafa shunga o‘xshash «chegaradan tashqari» savollarga murojaat qilishi bilan farq qiladi.
Shunday qilib, tarix falsafasi fundamental tarixiy qonuniyatlarni bilishda nafaqat odamga yordam beradi, balki, pozitivistik fan voz kechayotgan, jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan odam ruhiyatini to‘lqinlantiradigan savollarga javoblarni izlaydi.
Tarixiy rivojlanishning ma’nosi va yo‘nalishlari. Tarixiy rivojlanish ma’nosi muammolari to‘g‘risida gap ketganda qo‘yidagi savol ko‘zda tutiladi: nima (nima uchun) tarixiy jarayon rivojlanadi (yashaydi)? Bu savol bilan boshqasi ham bog‘liq: jamiyat tarixi qaysi tomonga progressiv yoki regressiv tomonga harakatlanadimi? Bu savollarga faylasuflarning qanday javob berganligini qarab chiqamiz.
Insoniyat tarixi ma’nosi to‘g‘risidagi qadimgi qarashlardan biri “jonni ozod qilish” konsepsiyasidir. U klassik hind falsafasida, Platon va yangi platonchilar va ba’zi bir boshqa falsafiy ta’limotlarda rivojlantirildi. Bu konsepsiyaga binoan, insoniyat tarixi va odamlarning dunyoviy hayotining moddiy dunyoga bog‘liqlikni tugatish va ma’naviy dunyo amaliyotni qo‘llashdan iboratdir. Ularning fikricha «tana - bu jonning zindoni», «yerdagi dunyo – bu hayot haqiqiy emas – oliy dunyodagi asl ma’naviy hayotga tayyorgarlikdir. Odam o‘zining ma’naviy kuchi bilan moddiy borliqqa bog‘liqlikni tugatadi va ozodlikka erishadi».
Jonni ozod qilish konsepsiyasi ko‘proq ma’naviy koinot evolyutsiyasi konsepsiyasiga yaqin bo‘lib, bu yerda tarixning ma’nosi odamning ma’naviy mohiyati rivojlanishida va uning ongining kengayishida ko‘rinadi. Bu unga moddiy va ma’naviy dunyoda yashashga qodir, yuqori ongli ma’naviy kosmik mavjudotga o‘zgarishiga va jismoniy, aqliy chegaralanganlikni tugatish imkoniyatini beradi.
Yuqorida qayd qilingan ikkita qarashlarning ma’lum ko‘rinishlaridan biri nasroniy faylasuflar tomonidan rivojlantirilgan providensializm diniy konsepsiyasidir. Bu konsepsiyaning dastlabki asosiy fikri qo‘yidagilarda: «ilohiy ko‘rabilish» (qandaydir oliy kuch - xudo), u odamga noma’lum maqsadlarni taqib qilib, insoniyat tarixini boshqaradi. Shu bilan birga, Xudo ta’siri ostida tarixiy jarayon mavjud bo‘lgan oliy, takomillashgan jamiyat holatiga harakatlanadi deb faraz qilinadi.

Yüklə 33,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin