Tarix ma’nosining idealistik konsepsiyasi uni g‘ayriinsoniy kelib chiqishning oliy tamoyillarini amalga oshirish sifatida qaraydi. Insoniyat tarixi – bu dunyoviy jarayonning bosqichlaridan biridir. Uning maqsadi – insoniyat jamiyati va odam orqali kechadigan mutlaq Ruhning ozod bo‘lishi va o‘zini bilishdir.
Tarixning ma’nosi marksistik konsepsiyasi nemis faylasuf-materialisti K.Marks izdoshlari tomonidan rivojlantirildi.Ularning fikricha, tarixning ma’nosi inson va uning mohiyatli kuchlarining rivojlanishidadir. Bu nuqtayi nazarning tashqi o‘xshashligiga qaramasdan ruhiy-koinot evolyutsiyasi konsepsiyasi undan ancha farq qiladi. Bu yerda insonning rivojlanishi sifat ma’nosiga nisbatan tezroq miqdor ma’nosida ko‘rib chiqiladi. Hech qanday uning ontologik o‘zgarishi oliy ma’naviy mavjudot deb qarab chiqilmaydi.
Endi tarix yo‘nalishlari masalasiga murojaat qilamiz.Albatta agar biz tarixda qandaydir ma’no mavjud deb faraz qilsak, Shu bilan biz tarixiy jarayonlarning ma’lum bir yo‘nalishlari borligini tan olamiz Bu yashirin ma’noni amalga oshirish tomon yo‘nalganligini anglaymiz. Shu bilan birga, ba’zi faylasuflar tarixning yo‘nalganligi to‘g‘risidagi masalani sal boshqacha qo‘ydilar. Mana shunday: tarixning rivojlanishi progressiv yoki regressiv yo‘nalishda bo‘ladi. Bu savol o‘tmishda to‘rtta asosiy javobni oldi.
Tabiatda va jamiyatda hodisa va jarayonlarning doimiy doiraviy aylanishi sodir bo‘ladi. Hammasi ertami kech “o‘z qatoriga” qaytadi. Qadimgi hind va yunon faylasuflari shunday deb o‘ylaganlar. Jamiyat yuksalish (oltin asr) va emirilish (Temir yoki Qora, asr) davrlariga ega.
Jamiyatning progressiv rivojlanishi mavjud – unga takomillashmagan holatdan yuqori takomillashgan holatga ko‘tarilishi. Bu fikr har xil dunyoqarash yo‘nalishidagi faylasuflar ishlarida uchraydi – Kondorse, Gerder, Gegel, Marks, Lenin, Blavatskaya, Rerix va boshqalar. Bu yerda tarixiy jarayonlarining mezonlari (ko‘rsatkichlari) to‘g‘risidagi masala katta ahamiyatga ega. Jamiyatning progressiv rivojlanganligini nima ko‘rsatadi? Eng ma’lum javoblar qo‘yidagicha.
Insonning ma’naviy rivojlanishi (yetuklik, aql, axloqiy tamoyillar, ma’naviy kuchlar, ongning kengayishi).
Inson erkinligining kengayishi.
Tabiat kuchlarini egallash.
Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi.
Yagona hamjamiyatga birlashish yo‘lida harakat qilish.
3. Tarixiy taraqqiyotning yagona yo‘li mavjud emas. XX asrda ba’zi G‘arb faylasuflari shunday deb o‘yladilar. Ular progress va regress – ikki o‘zaro bog‘liq tendensiyalar ekanligini qayd qildilar. Birdagi progress boshqada regressni ifodalaydi. Masalan, XX asrda fan va texnikaning rivolanishi (progress), hozirgacha tugatilmagan ekologik inqirozga (regress) aylandi. Umuman jamiyat tarixiy rivojlanishini qanday baholash mumkin, u progressivmi yoki regressiv? Bunday fikrlash ma’lum ma’noda so‘zsiz adolatlidir. Ammo, bu insoniyat tarixining umumiy yo‘nalishini aniqlash mumkin emas degani emas.
4. Jamiyatning regressiv rivojlanishi ham mavjud deb faraz qiluvchilar. Nemis faylasuflari Nitsshe va Shpenglerlar jamiyatning inqiroziga, salbiy ijtimoiy hodisalarning (madaniyatning, axloqning, huquqiy ongning, dinning va boshq.) ko‘payishiga ishongan holda, jamiyatning emirilish va regress foydasiga guvohlik beradilar. Shuni ham qayd qilish kerakki, bu nuqtayi nazarning vakillari, yemirilish davridan keyin, ma’lum sharoitlarda jamiyat tarixiy ko‘tarilishining yangi davri boshlanishini ham inkor qilmadilar.
Ko‘pchilik hozirgi faylasuflar tarixda yo‘nalishlikning mavjudligini faraz qiladilar. Tarixiy progress ham mavjud. Shu bilan birga, real kuzatishlar insoniyat tarixining ziddiyatli rivolanishiga guvohlik beradi. Unda ham progressiv, ham regressiv tendensiyalar birga yashaydi. Agar inson va jamiyat tarixiy rivojlanishining qandaydir oliy ma’nosi bo‘lsa, unda u avtomatik amalga oshirilmay, har bir odamning faol zo‘r berishini talab qiladi.