11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi



Yüklə 477,74 Kb.
səhifə67/116
tarix07.01.2024
ölçüsü477,74 Kb.
#207986
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116
11-sinf ona tili (34 soat, B1 34 soat) O‘quvchilarda shakllant-fayllar.org

Shakllantiriladigan
Kompetensiyalar


Fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya elementlari
Nutqning boyligini ta’minlashda ma’nodosh so‘zlar, sodda va qo‘shma gaplardan foydalana oladi.
Lingvistik kompetensiya elementlari:
Nutqning boyligi va nutq uslublarini o`rganish




Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (test sinovi).


II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash
1. Nutqning boyligi deganda nimani tushunasiz?
2. Nutqning kambag‘alligi deganda-chi?
3. Nutq boyligini ta’minlashning asosi nima?
4. Nutqning boyligisa putur yetkazuvchi holatlarni aytib bering.
5.O‘rinsiz qaytariqlarning oldini olish uchun nutq tuzuvchi qanday malakaga ega bo‘lishi kerak?
III. Yangi mavzu bayoni
Topshiriq. Matnni o‘qing. Unda kapalak so‘zining 7 marta takrorlanishi natijasida nutqning leksik boyligi zarar ko‘rganligihaqida fikrlashing.
Nutqning boyligini ta’minlashda bir qancha til vositalari ishtiroketadi. Ular orasida leksik, semantik, grammatik, intonatsion vositalaralohida o‘rin tutadi.
Boy, shirali nutq tuza bilishi uchun so‘zlovchining, eng avvalo, so‘z zaxirasi boy bo‘lmog‘i kerak. Atoqli so‘z san’atkorlarida, masalan, ulug‘ Alisher Navoiyda 26 mingdan ortiq, rus shoiri A. S. Pushkinda 21 mingdan ortiq so‘z boyligi mavjudligini mutaxassislar ta’kidlaydilar. Albatta, bunday ulkan so‘z boyligiga ega bo‘lish har kimga ham nasib etavermaydi. Ammo o‘z nutqining boy va ta’sirchan bo‘lishini istaydigan har bir kishi o‘z lug‘at boyligini kengaytirib borishi haqida qayg'urishi lozim.Nutqning boyligini ta’minlashda, ayniqsa, ma’nodoshlik katta imkoniyatga ega. Ma’nodoshlik, ma’lumki, faqat so‘zlar doirasidagina emas, balki morfologik va sintaktik birliklar doirasida ham keng tarqalgan.
Matnda so‘z, so‘z birikmasi va gap takroridan qochishning eng qulay yo'llaridan biri ayni shu ma’nodoshlik asosida bir xil birliklarni almashtirishdir.
Nutqning boylik darajasini pasaytiruvchi leksik, semantik, morfologik, sintaktik va intonatsion takrorlarni badiiy nutqda alohida badiiy maqsad bilan atayin qo'llanadigan takrorlardan farqlash lozim. Ko`proq badiiy va publitsistik nutqda muayyan tushuncha yoki mazmunni alohida ta’kidlash, ohangdorlik
65-mashq. Matnlarni o‘qing. Leksik, sintaktik va intonatsion takrorning matn mazmunini ta’kidlashdagi o‘rnini izohlang. Takrorning nutq boyligiga ta’sirini baholang. Bunday takror qaysi nutq uslubiga xos?

66-mashq. Matnni o'qing. Hozirgi zamon ma’nosining ifodalanishigadiqqat qiling. Grammatik ma’nodoshlikning boy nutq tuzishdagi ishtirokini izohlang.


-moqda, -yapti, -yotir qo`shimchalari asosida hosil bo`lgan grammatik ma’nodoshlik hutq boyligiga qanday ta’sir etyapti.
67-mashq.Badiiy va ilmiy-ommabop matnda o‘rikka berilgan tavsiflarni qiyoslang. Nutqning boylik sifati qaysi uslubdaahamiyatliligini tushuntiring.


Amir bo‘lamiz – ko‘ngli ochiq, qo‘li ochiq, aksariyat savdo ahliga xos kirishimli, sal narsaga yon beruvchi yigit. U menga juda mehribon, «bolajonim»lab boshiga ko‘taradi. Qisqasi, xudo berganini birodarlari bilan bo‘lishadigan hotamtoy, muruvvatli inson. Uning tog‘amizga nisbatan ham kek-g‘arazini sezmaganman, hamisha bag‘rini ochib muomala qiladi.To‘g‘ri, andak kinoya aralash, andak piching-u istehzo bilan. Ammo
bunga ham tog‘amizning o‘zi aybdor. Sababi menga qorong‘i bu ziddiyat tog‘a-jiyanning o‘rtasida azaldan bor edi. Bu, tabiatan bir-birini xush ko‘rmaslik – iqi suymaslikmi yoki arzimas bir narsadan boshlangan bolalik arazining tobora chuqurlashib adovat chohida aylanganimi, ishqilib, men bilmayman. Bobomizning kenjatoy-erkatoyi xarxasha-yu janjal evaziga boshqalar dan undirgan neki narsasi bo‘lsa, menga ilingani-ilingan edi, «o‘gay» jiyan — Amirga esa odatdagi yovqarashdan o‘zga hech vaqo yo‘q. (Erkin A’zambuni ko'rish mumkin:
Yurt bu kun karvonlar boshida nordir,
Yurt bu kun Sharq ichra tengsiz bir diyor.
Yurt bu kun ohuday xo‘p ishvakordir,
Sir kabi seravjdir, Pomirday poydor.
(A. Oripov)

Yüklə 477,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin