Tarbiyaviy:vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: nutq jarayonida iboralardan unumli foydalanish malakalarini rivojlantirish.
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Usul:suhbat, tushuntirish.
Tur:bahs-munozara.
Shakl:savol-javob.
Vosita:darslik yoki elektron darslik, Cho`lponning “Kecha va kunduz” romani, A.Oripov, E.Vohidov, Iqbol Mirzo, Mirzo Kenjabek asarlari, Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati” kitoblari. Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Shakllantiriladigan
| |
kompetensiyalar
| | |
Fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya elementlari
Badiiy nutqifodaliligini yuzaga chiqara oladi.
Lingvistik kompetensiya elementlari
Epitet, metafora,o‘xshatishlar,metonimiya,mubolag‘a va kichraytirish,kinoya haqida ma’lumotga ega bo`ladi.
| |
DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Usul
|
Vaqt
|
I bosqich. Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Kun hikmati: Toki g`olib ekan muzaffar o`lka,
Sha’niga she’r aytmoq shoirga odat.
(A.Oripov)
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.
|
Suhbat
|
1 daqiqa
|
|
O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
|
“Klaster”
|
5daqiqa
|
IV Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuni o`rganish
Topshiriq, 91-, 92-, 93-mashqlar bajariladi
|
Izohli frazeologik lug`at bilan ishlash
|
16 daqiqa
|
V bosqich.
Mustahkamlash
|
1.94-,95-mashqlar bajariladi.
2.Izohlilug`atbilanishlash
|
Izlanish
Izlanish
|
10 daqiqa
5 daqiqa
|
VIbosqich. Darsyakunivabaholash
|
O`quvchilarning baholarini e’lon qilish
|
Suhbat
|
4 daqiqa
|
VII bosqich. Uyga vazifa berish
|
Darslikdagi 96-mashq.
|
Tushuntirish
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (test sinovi).
II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash
1. Iboralar ifodalaydigan ma’nolar so‘z ma’nolaridan qanday farqqiladi?
2. Iboralarning obrazliligi haqidagi fikrlaringizni bayon qiling.
3. Nutq ifodaliligini ta’minlashda iboralarning ishtirokini misollar asosida tushuntiring.
4. Ijodkorning iboralarni qo‘llashdagi mahorati haqida gapiring.
Yangi mavzu bayoni
Topshiriq. Berilgan misralarda lochin so‘zining qanday ma’noda qo‘llanganini tushuntiring, undagi ko‘chma ma’no nima asosda yuzaga kelganini ayting.
Qutlug‘ joy ko‘p erur ushbu dunyoda,
Yulduzni ko‘zlagan lochin ham talay. (A. Oripov)
Ko`chimlar
|
Ma’nosi
| |
Misol
| | |
Metafora
|
Narsa yoki tushunchalar o`rtasidagi o`xshashlik asosida nom(so`z)ning ko`chishi
|
Qozonning qulog`i
|
Metonimiya
|
Narsa yoki tushunchalar o`rtasidagi muayyan aloqadorlik asosidagi o`xshashsiz ko`chim
|
Dasturxonga qarang.
Navoiyni o`qidim.
|
Sinekdoxa
|
Narsa yoki tushunchalar o`rtasidagi butun bo`lak munosabati asosida birining nomini ikkinchisiga ko`chirishdir
|
Tirnoqqa zor.
Besh qo`l barobar emas.
|
91-mashq. Cho'lponning «Kecha va kunduz» romanidan olingan parchani o‘qing va ko‘chimlarni aniqlang, ularning ifodalilik jihatidan qimmatini izohlang.
Har yil bir keladigan bahor sevinchi yanako‘ngillarni qitiqlay boshladi. Yana tabiatning dildiragan tanlariga iliq qon yugurdi...(metafora)
92-mashq. Gaplarni o‘qing. Ularda metonimiya va sinekdoxa yo‘li bilan hosil bo‘lgan ko‘chma ma’nolarni izohlang.
3. O‘zbek Navoiyni o‘qimay qo‘ysa, Oltin boshning kalla bo`lgani shudir. (E. Vohidov) –metonimiya. 6. Bashirjonyoniga ag'darildi: «Rahmatli chol to‘g‘ri aytarkan. Undan-ku, bir tirnoq — men qoldim. Yaxshimi-yomonmi, har qalay, ismini familiya qilib yuribman». (N. Aminov) – sinekdoxa.
93-mashq. Berilgan misralarda sor, burgut,lochin so‘zlarining qanday ma’noda qo`llanganini tushuntiring, undagi ko'chmama’no nima asosda yuzaga kelganini yozma bayon qiling. O‘zingiz ham shunday ko‘chimlar qatnashgan misollarniyozib keling.
Ahmad-u Muhammad, yonimga keling,
Farg‘ona, Xorazm sor, lochinlari! (E. Vohidov) – metafora.
Dostları ilə paylaş: |