IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
Mavzu darslikdagi 15-mashqni bajarish asnosida mustahkamlanadi:
Hayratomuz va ibratomuz so`zlarini asos va qo`shimchalarga ajrating. -omuz qo`shimchasi forscha so`zdan olingan bo`lib, forscha talaffuzi omixtan,tojikchasi omextan degan fe’l bor, ma’nosi omez yoki omiz bo‘lsa, «aralashar, aralashtirar», omuz bo‘lsa «o'rganar, o‘rgatar» ma’nolarini anglatadi.
Yuqoridagi qo`shimchalarning qaysi biri “aralashtir”, qaysi biri “o`rgatar” ma’nosida kelgan?
Lug`at bilan ishlash:
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ularishtirokida gaplar tuzing.
Ipidan ignasigacha Butun tafsiloti bilan, mayda-chuydasigachabatafsil. Varianti: ignasidan ipigacha Ma'nodoshi: miridan sirigacha;qilidan quyrug`igacha. O‘xshashi: boshdan oyoq.
Istarasi issiq xush ko‘rinishli, yoqimli, jozibador. Varianti: yulduzi issiq; sitorasi issiq. Zidi: so‘xtasi sovuq.
IV . Darsni yakunlash.
Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
V. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Darslikdagi 16-mashq sharti izohlanadi.
16-mashq. Matnni ko‘chiring, gapda so'zlarning qanday bogianayotganini aniqlang.
Beminnat do‘st
E’tibor berganmisiz-yo‘qmi, bilmadim-ku, sizning sadoqatda tengsizdo'stingiz bor. Qachon xohlasangiz, siz bilan hamsuhbat boiadi. Shodpaytingizda quvonchingizga quvonch qo'shadi. G`amgin pallada dardingiznioladi. Bilmaganingizni o'rgatadi. Adashsangiz, to‘g‘ri yo‘1 ko‘rsatadi. Yaqinkishilaringiz burilib ketganida ham u sizni tark etmaydi. Xizmati uchunhech nima tama qilmaydi. Yillab unutib, tashlab qo‘ysangiz indamaydi. Hatto uloqtirib yuborsangiz ham arazlamaydi. Tag'in chorlasangiz, yetibkelib, xizmatingizni qilaveradi.
Bu do‘stning nomi — kitob.
(O ‘. Hoshimov)
_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Sana __ ________
11-sinf ona tili
4-dars
Mavzu:
|
Nutqning to`g`riligi (1-soat)
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
|
Nutqning to`g`riligi, to`g`rilik sifati, nutq me’yorlari: leksik(so`z qo`llash), talaffuz, so`z yasalishi, morfologik, sintaktik, uslubiy.
|
Maqsadlar:
|
Ta`limiy:nutqning to`g`riligi nutq madaniyati haqidagi ta’limotning markaziy masalasi ekanligi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy:o`quvchilarni nutq me’yorlaridan unumli foydalanishga o`rgatish, nutqiy savodxon bo`lishning ahamiyatini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi: o'quvchilardabadiiy asarga bo`lgan muhabbat tuyg`ularini rivojlantirish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Usul:suhbat, tushuntirish.
Tur: Bahs-munozara.
Shakl: Savol-javob.
Vosita:darslik yoki elektron darslik, Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romani, A.Rustamovning “So`z xususida so`z”, Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati” kitoblari. Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Shakllantiriladigan
kompetensiyalar
|
Fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya elementlari
Muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchiga yetkazish, unga ta’sir etishda nutqning to`g`riligi va sifatiga erishish.
Lingvistik kompetensiya elementlari:
Nutqiy muomala odobi mezonlariga amal qilish.
So`zlarni shakl va ma’no munosabatiga ko`ra farqlay oladi, nutqda bu imkoniyatlardan foydalana oladi.
|
DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Usul
|
Vaqt
|
I bosqich. Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Kun hikmati:Donolik ramzi - so`z, bilib so`zlansa,
Nodonning o`zi ham so`zi qo`lansa.
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.
|
Suhbat
|
1 daqiqa
|
III bosqich O`tilgan mavzuni takrorlash
|
O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
|
Mashqlar bilan ishlash
|
5 daqiqa
|
IV Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuni o`rganish
17-18-mashqlar bajariladi
|
Badiiy va ilmiy asardan olingan parcha ustida ishlash
|
16 daqiqa
|
V bosqich.
Mustahkamlash
|
1.Mashqlarbajarish. 19-mashqbajariladi.
2.Izohlilug`atbilanishlash
|
Izlanish
Izlanish
|
10 daqiqa
5 daqiqa
|
VIbosqich. Darsyakunivabaholash
|
O`quvchilarning baholarini e’lon qilish
|
Suhbat
|
4 daqiqa
|
VII bosqich. Uyga vazifa berish
|
Mavzuga oid 10 ta maqol topib, ulardan 4 tasining mazmunini izohlash
|
Tushuntirish
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (savol-javob).
II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash “Tezkor savol-javob”.
1. Nutqning asosiy maqsadi haqidagi mulohazalaringizni ayting.
2. Nutqning kommunikativ sifatlari deganda nimani tushunasiz?
3. Nutqning to`g`rilik sifatini tavsiflang.
4. Madaniy nutq tushunchasini izohlang.
5. Nutq madaniyatining birinchi va ikkinchi — oliy bosqichlari haqida gapiring.
III.Yangi mavzu bayoni.
Darslikdagi topshiriq sharti asosida yangi mavzu bayoni tushuntiriladi.
Nutqning to`g`riligi nutq madaniyati haqidagi ta’limotning markaziy masalasidir. Madaniy nutqning boshqa barcha kommunikativsifatlari ayni shu to‘g‘rilik mavjud boigandagina yuzaga kela oladi.Zotan, to‘g‘ri bo‘lmagan nutqning aniqligi yoki mantiqiyligi, ifodaliligi yoki boyligi haqida gapirish mumkin emas.
Aytish joizki, nutqning to‘g‘riligi boshqa barcha kommunikativ sifatlarning poydevori vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham nutqningto'g'riligi nutq madaniyatining birinchi bosqichi bo‘lib, maktab ona tili ta’limining asosiy maqsadi ham o‘quvchilarda aynan to‘g‘ri nutqtuzish ko'nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan.
To‘g‘rilik sifati nutq tarkibi va qurilishining amaldagi adabiy tilme’yorlariga to`la mosligi asosida yuzaga keladi. Adabiy til me’yorlariga amal qilinmasdan tuzilgan nutq to‘g‘ri nutq bo‘la olmaydi.
Ma’lumki, adabiy me’yor til unsurlaridan til qonuniyatlarigauyg‘un, jamiyat taraqqiyotining muayyan davrida barqarorlashgan ijtimoiy-nutqiy amaliyot va an’anaga muvofiq holda foydalanishqoidalari bo‘lib, o‘zbek adabiy tilida quyidagi me’yorlar farqlanadi:1) leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlar; 2) talaffuz me’yorlari; 3) so‘zyasalishi me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar;6) uslubiy me’yorlar.
Adabiy til me’yorlarining odatdagi nutqda buzilishi nutqningnoto‘g‘ri tuzilishiga olib keladi. Ammo badiiy adabiyotda muayyanestetik maqsad bilan adabiy til me’yorlaridan chekinish holatlari hamkuzatiladi va ular badiiylik uchun xizmat qiladi. Masalan, o‘zbektilidagi grammatik me’yorlarga ko‘ra, ega shaxs bo‘lmasa, u ko‘pliksonda bo`lsa-da, kesim ko‘plik qo‘shimchasini olmaydi. Ammo badiiy asarda tasvirga erka bir ohang berish maqsadi bilan mahoratliijodkor Abdulla Qodiriy Bu xabarni eshituvchi — Kumushbibiningqora ko‘zlari jiq yoshga to‘lib, kipriklari yosh bilan belandilar tarzidagi go‘zal jumlani tuzadi. 17-mashq shartida berilgan parchada badiiy maqsad bilan so`z yasalishi me’yorlaridan chekinish holatini izohlash so`ralgan:
Uning (Otabekning) ko‘ngil mevasi bu kungi qora voqea bilan qanday o‘ralib, yo‘qolib ketgan bo‘lsa, bundagi daraxtlar ham o‘z mevalarni kecha rangi bilan bo‘yab, yashil yaproqlari ila ko‘mgan edilar, ya’nibunda o‘sgan daraxtlar qanday meva beradir — ajratish qiyin edi. U shuqorong‘uzor bilan qo‘shilishib ketgandek va qorong‘ulikning quchog‘iga
kira borgandek mevazorning ichkarisiga yura bordi. (Abdulla Qodiriy)
III. Yangi mavzuni mustahkamlash
So`ng nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida 18-(yozma), 19-(og`zaki)mashqlar bajartiriladi. O`quvchilar otlanmoq so`zi bilan bog`liq holda leksik me’yorning turg`unligi hamda fuqaro so`zining me’yorlashgani haqida fikr yuritadilar.
IV . Darsni yakunlash.
Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
V. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi
VI. Uyga vazifa. Nutq odobi haqidagi maqollardan 10 ta topib, ulardan 4 tasining mazmunini izohlash.
__________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Sana __ ________
11-sinf ona tili
5-dars
Mavzu:
|
Nutqning to`g`riligi (2-soat)
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
|
Nutqning to`g`riligi, to`g`rilik sifati, nutq me’yorlari: leksik(so`z qo`llash), talaffuz, so`z yasalishi, morfologik, sintaktik, uslubiy.
|
Maqsadlar:
|
Ta`limiy:nutqning to`g`riligi nutq madaniyati haqidagi ta’limotning markaziy masalasi ekanligi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy:o`quvchilarni nutq me’yorlaridan unumli foydalanishga o`rgatish, nutqiy savodxon bo`lishning ahamiyatini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi: o'quvchilardaso`zni to`g`ri tanlash va o`rinli qo`llay olish ko`nikmalarini rivojlantirish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Usul:suhbat, tushuntirish.
Tur:bahs-munozara.
Shakl:savol-javob.
Vosita:darslik yoki elektron darslik, Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romani, A.Rustamovning “So`z xususida so`z”, Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati” kitoblari. Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Shakllantiriladigan
kompetensiyalar
|
Fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya elementlari
Muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchiga yetkazish, unga ta’sir etishda nutqning to`g`riligi va sifatiga erishish.
Lingvistik kompetensiya elementlari:
Nutqiy muomala odobi mezonlariga amal qilish.
So`zlarni shakl va ma’no munosabatiga ko`ra farqlay oladi, nutqda bu imkoniyatlardan foydalana oladi.
|
DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Usul
|
Vaqt
|
I bosqich. Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Kun hikmati: So`zni ko`p so`zlamay, sizlab ayt oz-oz,
Tuman so`z tugunin shu bir so`zda yoz.
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.
|
Suhbat
|
1 daqiqa
|
III bosqich O`tilgan mavzuni takrorlash
|
O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
|
“Klaster”
|
5 daqiqa
|
IV Yangi mavzu bayoni
|
Yangi mavzuni o`rganish:
20 – 21-mashqlar bajariladi
|
Izohli frazeologik lug`at bilan ishlash
|
16 daqiqa
|
V bosqich.
Mustahkamlash
|
1.Mashqlarbajarish. 20 – 21-mashqbajariladi.
2.Izohlilug`atbilanishlash
|
Izlanish
Izlanish
|
10 daqiqa
5 daqiqa
|
VIbosqich. Darsyakunivabaholash
|
O`quvchilarning baholarini e’lon qilish
|
Suhbat
|
4 daqiqa
|
VII bosqich. Uyga vazifa berish
|
Darslikdagi 22-mashq (22-bet).
|
Tushuntirish
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi:
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1. Sinf davomatini aniqlash.
2. Qisqa nazorat (savol-javob).
II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash“Test sinovi.
1.Adabiy til qay jihatdan og`zaki va yozma shakllarga ega bo`ladi?
A) tuzilsihiga ko`ra B) shakliga ko`ra C) ifodalanishiga ko`ra D) A va B
2.Adabiy tilning boyib borishida o`ziga xos tuganmas manba vazifasini o`tasa-da , ular adabiy til me’yorlaridan tashqarida bo`ladi…
A) milliy til B) o`zlashgan so`zlar qatlami C) xalq shevalari D) A va C
3.”So` zlatofati “ kitobi kimning qalamiga mansub?
A) Erkin Vohidov B) A. Oripov C) O.Sharofiddinov D) S.Sayyid
4. “ Gunoh- aybni kechirish iltimosi” ma’nosida qo`llanadi, shuningdek , shu ma’nosida ham juda kam qo`llanadigan so`z..
A) kechirim B) uzr C) afv D) barchasi
5.Faqat insonga nisbatan ishlatiladigan, ovoz so`ziga nisbatan kam qo`llaniluvchi so`zni aniqlang.
A) sado B) sas C) nido D) un
III.Yangi mavzu bayoni.
Darslikdagi 20-mashq shartiga ko`ra o`quvchilar she’riy parchadagi g`ayriodatiy birikmalarni aniqlaydilar. Mashq yozma tarzda bajariladi.
20-mashq. She’riy parchadagi g‘ayriodatiy birikmalarni aniqlang, ularni birikma tarzida ko‘chiring. Nima uchun bu so`zlar adabiy til me’yoriga nomuvofiqligi sababini tushuntiring. Ulardagi badiiy vositalar haqida fikrlaringizni o`rtoqlashing.
Tovushlarning kichik, ulug'i,
Tovushlarning hidi — bo‘yi bor.
Tovushlarning sovuq, ilig‘i,
Tovushlarning rangi-ro‘yi bor.
Tovushlarning shirin-achchig‘i,
Bordir hatto yumshoq, qattig‘i.
Shoir rassom bolsaydi agar,
Chizar edi shundan lavhalar.
(Maqsud Shayxzoda)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash
Mavzuni mustahkamlash uchun Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati”dan olingan quyidagi iboralar izohlarini o`quvchilarga yod olish uchun topshiriq sifatida beriladi:
Ich-etini yemoq, ruhan azoblanmoq, ezilmoq (fikr-o‘yini boshqalarga aytmay). Varianti: ichini yemoq; etini yemoq. Ma’nodoshi:o‘z yog‘iga o‘zi qovurilmoq. O ‘xshashi: ichini kemirmoq; o‘zini o‘ziyeb qo‘ymoq.
Kayfi buzuq Kayfiyati yomon, xafa. Ma ’nodoshi: ta’bi xira; ta’bi tirriq.O‘xshashi: avzoyi buzuq.
IV . Darsni yakunlash.
Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
V. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa. Darslikdagi 22-mashq(22-bet)qa ko`ra adabiy til me’yorlariga nomuvofiq qo`llangan, ammo badiiy vazifa bajargan birliklarni aniqlash va daftarga yozish uyga vazifa qilib beriladi.
_________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ ______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Sana __ ________
11-sinf ona tili
6-dars
Nazorat ishi
Mavzu:
|
Diktant va uning tahlili
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
|
Imlo savodxonligi, bo`g`in ko`cherish, tinish belgilari
|
Maqsadlar:
|
Ta`limiy:o`quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash va sinash
Tarbiyaviy: o`zaro hurmat ko`nikmalarini rivojlantirish
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarni mustaqil ishlashga, nazariy xulosalarni amaliy dalillashga o`rgatish
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Usul:sinov
Tur: taqdimot
Shakl: yozma nazorat
Vosita: darslik yoki elektron darslik, diktant matni
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Shakllantiriladigan
kompetensiyalar
|
Fanga oid kompetensiya elementlari.
Lingvistik kompetensiya elementlari.
Nazariy bilimlarni amalda qo`llay oladi.
|
DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Usul
|
Vaqt
|
I bosqich. Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Kun hikmati:
Oz so`zla, ko`p tingla.
Darsning oltin qoidalari belgilanadi.
|
Suhbat
|
1 daqiqa
|
O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
|
Qisqa savol-javob asosida takrorlash
|
“O`yla, izla, top”
|
5daqiqa
|
IV Yangi mavzu bayoni
|
Diktant yozish
|
Jadval bilan ishlash
|
31daqiqa
|
V bosqich. Darsyakunivabaholash
|
O`quvchilarning dars davomidagi faoliyatini izohlash, rag`batlantirish.
|
|
3daqiqa
|
VIbosqich. Uyga vazifa berish
|
Mustaqil o`qish, takrorlash
|
Tushuntirish
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
Sinf davomatini aniqlash.
II. O`tilgan mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar bilan ishlash
Uyga vazifalar nazorati.
Qisqa savol-javob asosida o`tilganlarni takrorlash.
III. Yangi mavzu bayoni
O`quvchilarga diktant matni tanishtiriladi, matn asosida qisqa savol-javob o`tkaziladi va diktant yozdiriladi.
IV . Darsni yakunlash.
Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
V. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi
VI. Uyga vazifa. Mustaqil o`qish va takrorlash.
________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Sana __ ________
11-sinf ona tili
7-dars
Mavzu:
|
Mustahkamlash
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
|
Madaniy nutq, to`g`rilik, aniqlik, soflik, mantiqiylik, ifodalilik, jo`yalilik
|
Maqsadlar:
|
Ta`limiy:madaniy nutq va uni yuzaga keltiradigan sifatlar haqidatushunchaberish.
Tarbiyaviy:nutq odobi va nutq madaniyati mavzulari yuzasidan olgan nilimlarini mustahkamlash.
Rivojlantiruvchi: o'quvchilardanutqning to`g`ri, aniq, mantiqiyligiga erishish.
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Usul:suhbat, tushuntirish, savol-javob.
Tur: induktiv ta’lim.
Shakl: og'zaki va yozma bayon.
Vosita:darslik yoki elektron darslik, A.Rustamovning “So`z xususida so`z”, Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati”kitoblari. Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Shakllantiriladigan
kompetensiyalar
|
Fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya elementlari
Muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchiga yetkazish, unga ta’sir etishda nutqning boyligiga, sofligiga erishish.
Lingvistik kompetensiya elementlari:
Turli nutq jarayonida nutq uslublaridan to`g`ri foydalanish.
Mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi.
|
DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Usul
|
Vaqt
|
I bosqich. Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Kun hikmati:So`zing xatoli bolmasin
Kibr-u havoli bo’lmasin
Elga maloli bo’lmasin
Nutqing ravon bo’lsin bolam.
Iqbol Nazarov
|
Suhbat
|
1 daqiqa
|
III bosqich O`tilgan mavzuni takrorlash
|
Savol va topshiriqlar bilan ishlash.
|
“Tezkor savol-javob”
|
5 daqiqa
|
IV Yangi mavzu bayoni
|
1-2-3-topshiriqlar sharti asosida bajariladi
4-topshiriq asosida bahs tashkillash
|
Ilmiy matn ustida ishlash
|
16 daqiqa
|
V bosqich.
Mustahkamlash
|
Izohlilug`atbilanishlash
|
Izlanish
Izlanish
|
10 daqiqa
5 daqiqa
|
VIbosqich. Darsyakunivabaholash
|
O`quvchilarning baholarini e’lon qilish
|
Suhbat
|
4 daqiqa
|
VII bosqich. Uyga vazifa berish
|
5-topshiriq
|
Tushuntirish
|
3 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1.Sinf davomatini aniqlash.
2.Kun yangiliklari haqida suhbat.
Savol va topshiriqlar bilan ishlash “Tezkor savol-javob”.
1.Nutq odobi va nutq madaniyati tushunchalarini izohlang.
2. Nutq madaniyati fani qaysi fanlar bilan aloqador?
3. Nutqning to‘g‘riligi qanday me’yorlar bilan belgilanadi?
4. Adabiy me’yorlarning nutq madaniyligini ta’minlashdagi ahamiyatini tushuntirib bering.
5. Savodxonlik tushunchasini tavsiflang.
6. Til birliklari bilan ko‘rsatib bo'lmaydigan turlicha fikriy munosabatlar hamda psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda nimalardan foydalaniladi?
7. So‘z yasalish me’yorlari nima?
8. Talaffuz me’yorlari-chi?
II.Mustahkamlash uchun mashqlar
Darslikdagi 1-topshiriq sharti asosida bajariladi.
Uyat eng shafqatsiz qonundan ham kuchliroq, qudratliroqdir. Qonunfaqat ko‘zi tushganda, shubha paydo qilgandagina jinoyatchining qo‘lini ushlaydi, yo‘lini to‘sadi. Uyat esa hamisha odobsiz, axloqsiz jinoyatchining tepasida turib, nojo‘ya ish qilish uchun qo‘l ko‘targani yo'l qo'ymaydi. Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib bo‘lmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning ko‘ksida bo'ladi.
(Abdulla Qahhor)
2-topshiriq. Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» asaridan olingan parchani o‘qing. O‘zbek tilida ma’nodoshlik hodisasining namoyon bo`lishiga diqqat qiling.
yel bod shamol janub dabur dovul shurta esin
tayfun uragan
Havo harakatini bildiruvchi so’zlar
girdbodHavo harakatini bildiruvchi so`zlar quyun
bo`rag`on purga
uyurma urag`an
nasim shabboda tundbod garmsel samum sarsar izg`irin bo`ron to`fon
3-topshiriqda o`quvchilar matnni o`qib, unda nutq madaniyligini ta’minlovchi qaysi sifatlar buzilganligini topadilar.
4-topshiriq asosida bahs-munozara o`tkaziladi.
- Bilib ishlatilgan so‘z - mo‘jizalar javhari. Kuladi, kuldiradi, kurashgaundaydi, yig`laydi, yig‘latadi... (A. Ko‘chimov)
Lug`at bilan ishlash.
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologiklug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting.Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Ko‘ngliga qo‘l solinoq Eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakatqilmoq. Varianti: yuragiga qo‘l solmoq.O‘xshashi: qo‘yniga qo‘l solinoq.
Ko‘nglida kiri yo‘q Kek saqlamaydigan, g‘arazi yo‘q, begidir.Varianti: yuragida kiri yo`q.O ‘xshashi: ko'ngli toza.
Testlar bilan ishlash.
III . Darsni yakunlash.
Bildirilgan fikrlar tinglanadi, to`ldiriladi va qo`shimchalar kiritiladi.
IV. Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi
V. Uyga vazifa. Darslikdagi 5-topshiriq sharti izohlanadi.
5-topshiriq. So‘z qo‘llash, nutq tuzishda e’tiborlilik va nutq odobi haqida o‘nta xalq maqoli topib, daftaringizga yozing.
Maqollarni yod oling.
_______________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________
Sana __ ________
11-sinf ona tili
8-dars
Mavzu:
|
Nutqning aniqligi (1-soat)
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
|
Madaniy nutq, to`g`rilik, aniqlik, soflik, mantiqiylik, ifodalilik, jo`yalilik,so’z ma’nosi.
|
Maqsadlar:
|
Ta`limiy:nutqaniqliginingtilbirliklariifodalaganmazmunningvoqelikdagitushunchalargato`liqmoskelishiasosidata’minlanishinitushuntirish.
Tarbiyaviy:kitobga muhabbat, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: nutqning aniqligi va badiiy nutq ifoda aniqligi va tasvir tiniqligiga erishish.
|
O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
|
Usul: suhbat, tushuntirish, savol-javob.
Shakl:jamoa va guruhlarda ishlash.
Jihoz: A.Rustamovning “So`z xususida so`z”, Sh.Rahmatullayevning “O`zbek tilining izohli, frazeologik lug`ati” kitoblari. Mavzuga oid ko`rgazmalar, tarqatma materiallar.
Nazorat: o`quvchilarning darsdagi faoliyati kuzatiladi.
Baholash: 5 balli tizim asosida.
|
Shakllantiriladigan
kompetensiyalar
|
Fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya elementlari
Muayyan axborot va hissiy holatni tinglovchiga yetkazish, unga ta’sir etishda nutqning boyligiga, sofligiga erishish.
Lingvistik kompetensiya elementlari:
Turli nutq jarayonida nutq uslublaridan to`g`ri foydalanish.
Mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi.
|
DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Usul
|
Vaqt
|
I bosqich. Tashkiliy qism
|
O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)
|
Kun hikmati: Tilingni avayla, omondir boshing,
So`zingni avayla, uzayar yoshing.
|
Suhbat
|
1 daqiqa
|
III bosqich O`tilgan mavzuni takrorlash
|
O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.
Uy vazifasi nazorati
|
Tezkor savol-javob suhbat
|
5 daqiqa
|
IV Yangi mavzu bayoni
|
1.Yangi mavzuni o`rganish
2. 29-30-mashqlar bajariladi
|
matn ustida ishlash
|
16 daqiqa
|
V bosqich.
Mustahkamlash
|
1.Mashqlar bajarish. 29-30-mashq bajariladi.
2.Izohli lug`at bilan ishlash
3. Tarqatma materiallar asosida savol-javob
|
Izlanish
Izlanish
|
10 daqiqa
5 daqiqa
|
VI bosqich. Dars yakuni va baholash
|
O`quvchilarning dars davomidagi ishtroki hisobga olinib reyting ballari e’lon qilinadi.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
VII bosqich. Uyga vazifa berish
|
31-mashq
|
Tushuntirish
|
5 daqiqa
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1.Sinf davomatini aniqlash.
2.Kun yangiliklari haqida suhbat.
II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash Tezkor savol-javob.
Uy vazifasi nazorati o’tkaziladi.
III.Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzu darslikdagi topshiriqlar asosida tushuntiriladi.
1. Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya o ‘rnatildi. 2. Korxonaga
yangi zamonaviy texnika joriy etildi.
Nutqning aniqligi so‘zning tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qo‘llanishi, so‘zning voqelikdagi o ‘zi fodalayotgan narsa-hodisabilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan kommunikativ sifatdir.Tavsiflanayotgan voqelikni yaxshi bilish, tildagi so‘z ma'nolariniyetarli anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan qarash aniq nutq tuzishmalakasining shakllanishi uchun imkon beradi.
So‘z ma’nosi, uning nozikliklarini yaxshi o ‘zlashtirmasdan turib, aniq nutq tuzib boimaydi. Masalan, Avlodlar merosini о‘rganamiz jumlasida ifodalanmoqchi bo‘lgan mazmun avlod so‘zining leksik ma’nosiga to ‘g‘ri kelmaydi. Avlod so‘zi asli arabcha bo‘lib (uning birlik shakli valad, ya’ni ≪bola≫demakdir), o ‘zbek tilida ≪bir ota-bobodan tarqalgan nasi≫, ≪bir davrda tug‘ilib o ‘sgan kishilar≫kabi ma’nolarga ega. Gap meros haqida ketar ekan, ajdod so‘ziqoilanishi lozim edi, chunki u ham asli arabcha bo‘lib, uningma’nosi ≪ilgari o‘tgan nasl-nasab, ota-bobolar≫ demakdir. Shungako'ra, mazkur jumla Ajdodlar merosini o ‘rganamiz shaklida tuzilishikerak edi. Ko‘rinadiki, avlod so‘zi tildagi leksik ma’nosiga muvofiqtarzda qollanmaganligi uchun nutqning aniqligiga putur yetgan. Ayni paytda aniq nutq tuzishda shakldosh, ma’nodosh, ko‘p ma’noli so‘zlar, paronimlar, so‘zlarning uslubiy bo‘yog‘i kabilardagi ma’no o‘ziga xosliklarini yaxshi tasavvur qilmoq zarur.
29-mashq. Alibek Rustamovning ≪So'z xususida so'z≫ kitobidan olinganparchani o'qing. Tavsif va tasvir so`zlarining ma'nolari,ulardagi farqli jihatlar va qo`llanish o'rinlarini yoddatuting.
Tavsif Tasvir
IV Mustahkamlash. Mavzu savollar asosida mustahkamlanadi. Mavzu yuzasidan testlar bilan ishlanadi.
30-mashq. Alibek Rustamovning ≪So'z xususida so'z≫ kitobidan olinganchopmoq va yugurmoq ma'nodosh so'zlarining tavsifibilan tanishing, ulardagi o'ziga xosliklarni esda saqlang.
Ot chopmoq
Ot chopmoq
Yer chopmoq
Qilich chopmoq
Chopmoq
Go’shtchopmoq
Loy chapti
Betga chopar
Dostları ilə paylaş: |