1996-yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi. 1996-yil yanvarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. 1996-yildaMDH ning bayrog‘i qabul qilindi. 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda futbolni rivojlan -tirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi yoshlarining “Kamolot” jamg‘armasi tuziladi. 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
1996-yildanta’lim olishda kontrakt-shartnoma to‘lovi joriy etildi. 1996-yildan Toshkent– Andijon–O‘sh magistralining 100 kmdan ortiq tog‘li uchastkalarida qurilish ishlari boshlandi. 1996-yiliAmir Temur yili deb e’lon qilindi. 1996-yili Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ish boshladi. 1997-yil – Xiva va Buxoro shaharlarining 2500 yillik yubileyi nishonlandi. 1997-yil 29-avgustda “Ta’lim to‘g‘risida”gi yangi tahriri qabul qilindi. 1997-yil avgust oyida Oliy Majlisning IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik konsepsiyasi qabul qilindi. 1997-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtidorli yoshlarning chet ellarda o‘qishini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha “Umid” jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida farmoni e’lon qilindi. 1997-yil Xorazm Ma’mun akademiyasi qayta tiklanib, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘linmasi sifatida tashkil etildi. 1997-yilda jahon madaniyatining durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi.