103
Tarbiya, 11-sinf
Innovatsiya bu – kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni
aynan
innovatsion g‘oyalar asosida boshlashimiz kerak...
Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yuta-
di?
Yangi fikr, yangi g‘oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi.
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
– Siz egallashni maqsad qilib qo‘ygan kasbingiz qanday innovatsiyalarga
asoslanadi?
– “O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish” degan fikr bilan “Buyuk kelajagimizni
barpo etishni aynan innovatsion g‘oyalar asosida boshlashimiz kerak” degan
fikrni bog‘lab tushuntiring.
Qani, qizim, ayting-chi!
Nima uchun o‘qishni to‘xtatdingiz?
O‘qish-yozishni bilib oldingizmi?
Menga o‘z qo‘lingiz bilan xat yozib
yuboring. Bir suratingizni
ham
yuboring, xo‘pmi? Unutmang. Faxri.
1944-yil 4-dekabr
?
Darsdan ijobiy saboq chiqarib
4. Frontdan qiziga maktub yo‘llagan ota qanday mas’uliyatni bajarmoqda?
5. Nima uchun urush o‘chog‘ida yurgan ota farzandi uchun
bilim olishni
barcha narsalardan ko‘ra zarur deb hisoblamoqda?
6. Erkin Vohidovning “Nido” dostonidagi “44-yil sentabr tongi otdi...” deb
boshlanadigan bobni o‘qing. Uni maktubdagi fikrlar bilan solishtiring.
?
Ijodiy faoliyat
1. O‘rta asr ilm-fani rivoji bugungi kundagi qaysi
fanlarning takomillashuvi-
ga asos bo‘ldi? Qanday sharoitda ilm-fan rivojlanadi?
2. Markaziy Osiyodan chiqqan olimlar qanday fan sohalarida faoliyat
yuritganlar?
3. Abu Rayhon
Beruniy Kolumb sayohatidan
500 yil oldin Tinch va Atlantika okeanlari ortida
qit’a mavjudligi haqidagi qarashni ilgari surdi. U
qanday bilimlarga asoslangan? Siz bu
bilimlarni
egallashingiz uchun qanday sharoitlar bor? Siz
undan oqilona foydalanyapsizmi? Fikringizni
asoslang.