So‘ngra keltirilgan misolimizda, triggerlar RESET kirishlari yordamida registr yana bir bor tozalanadi (“0” holatiga keltiriladi). Bu operatsiyaga jadvaldagi 9-satr mos keladi. Endi registrga yangi 0110 ikkilik kombinatsiya yuklanadi (jadvaldagi 10-satr). 5-ta taktli impulslar yuborilishi (11 15 satrlar) ma’lumotni o‘ng tomonga 5ta razryadga doiraviy surilishiga olib keladi. E’tiborga loyiq narsa shundaki, ma’lumotni registrda boshlang‘ich holatga keltirish uchun faqa 4 taktli impuls etarli bo‘ladi. Agar 3-rasmda keltirilgan surilish registri sxemasida teskari bog‘lanish zanjirini uzib tashlansa, unda oddiy parallel surilish registri hosil bo‘ladi (ma’lumotning doira bo‘yicha aylanishsiz).
Parallel-ketma-ket surilish registrlar Amaldagi registrlar har bir triggerga ulangan qo‘shimcha sxemalar bilan to‘ldiriladi. Bu qo‘shimcha sxemalarda quyidagi kirishlari mavjud bo‘lishi mumkin: Di-ma’lumotni parallel shaklda kiritish uchun; D-ma’lumotni ketma-ket shaklida kiritish uchun; L-ma’lumotni kiritishga ruxsat beruvchi (boshqaruvchi) kirish; “Sbros” – registr triggerlarini “0” holatiga keltirish uchun.
Parallel – ketma-ket surilish registrlari ko‘pincha ma’lumotni parallel kod shaklidan ketam-ket kod shakliga va teskari operatsiyalarni bajarish uchun qo‘llanadilar.
Parallel Di kodni yozib olish uchun L=1 ruxsat beruvchi signal qo‘llanadigan va shu qatorda taktli impuls S ishlatilmaydigan registrlar ma’lumotni asinxron parallel shaklida qabul qilish qurilmalari deb ataladi (3-rasmga qarang).
Parallel Di kodni yozib olish uchun L=1 ruxsat beruvchi signal qo‘llanadigan va shu qatorda taktli impuls S kirishida sinxroimpuls bo‘lishini talab etilayotgan registrlar ma’lumotni sinxron parallel shaklda qabul qilish qurilmalari deb ataladi. 4-rasmda 4-razryadli ikkilik kombinatsini sinxron parallel shaklida ortishga qodir bo‘lgan registrning sxemasi keltirilgan. Unda har bir triggerning D kirishida ikki kirishli multipleksor o‘rnatilgan bo‘lib, u yoki bu signalni tanlashga imkon beradi.
Multipleksorning L boshqaruv kirishidagi signal qiymatiga ko‘ra, har bir taktli impulsda registrga yoki yangi ma’lumot D1 D4 kirishlar orqali kiritib yoziladi, yoki registrdagi mavjud bo‘lgan avvalgi ma’lumotni surilishi amalga oshiriladi. Registrga ma’lumot ortilishi, ya’ni yozilishi, boshqaruv kirishida mantiqiy “1” signalida (L=1) hamda S sinxronlash kirishiga birinchi taktli impulsning musbat fronti mavjudligida amalga oshiriladi. Ma’lumotni ketma-ket shaklida registrga yozish uchun, boshqaruv kirishi mantiqiy “0” signalida (L=0), registrning D kirishi orqali amalga oshiriladi.
Registrni tozalash (triggerlar va chiqishlarini 0000 holatga keltirish) uchun “Sbros” kirishiga qisqa muddatli mantiqiy 1 berilishi kifoya. registrning Q1, Q2, Q3, Q4 chiqishlari n – razryadli (n=4) ikkilik sonni parallel shaklda chiqarish uchun mo‘ljallangan. Ma’lumotni ketma-ket chiqarilishi Q4 chiqishi orqali keyingi taktli impulslar berilishida amalga oshiriladi. SHunday qilib 4-rasmda keltirilgan registr universal registr bo‘lib ikkilik ma’lumotni parallel-ketma-ket yozib olishga va chiqarishga qodir.
4-rasmda keltirilgan registrni, sxemaga ayrim o‘zgarishlar kiritib, reveriv registrga aylantirish mumkin. Buning uchun masalan Q4 va D3, Q3 va D2, Q2 va D1 registr chiqish va kirishlarini o‘zaro ulab chiqib taktli impulslar va boshqaruv kirish signallarini ikki kirishli multipleksor orqali uzatilishini amalga oshirish lozim. Unda L kirishi surilish yo‘nalishini o‘zgartiruvchi qurilma vazifasini bajaradi: L=1ligida taktli impulslar ma’lumotni chap tomonga suradilar (D4 kirishi esa ketma-ket kodni qabul qilish uchun mo‘ljallangan), agar L=0 bo‘lsa, unda taktli impulslar registrdagi ma’lumotni o‘ng tomonga surishadi.