12-, 13-laboratoriya ishlari ketma-ket va parallel siljituvchi registrlarni ishlashini o‘rganish ishdan maqsad



Yüklə 62,15 Kb.
səhifə2/8
tarix03.06.2023
ölçüsü62,15 Kb.
#124599
1   2   3   4   5   6   7   8
12,13-laboratoriya ishi

1-rasm. Xotira registri
Ushbu registrda C (CLK) – sinxronlash kirishga mantiqiy 1 berilganida (yuqori kuchlanishli signal), barcha triggerlar holati ularning Di ma’lumot kirishlariga ta’sir etuvchi ikkilik sonni razryadlar qiymatlari bilan aniqlanadi va shu holda , S-kirishdagi mantiqiy 0 (past kuchlanishli signal) yozilgan ma’lumotlarni “qulflab” qo‘yadi va bundan so‘ng registrda yozilgan ma’lumot istalgan vaqt ichida saqlanadi.
Ayrim hollarda registrlar ularni chiqishlarini “0” holatga keltiruvchi qo‘shimcha asinxron R (CLR) ega bo‘ladilar. Bu R kirishi registr triggerlarini “tozalash” (“0” holatga keltirish) deb aytiladi. Ko‘rib chiqilgan parallel registrlarda triggerlar holati va shu bilan bir qatorda chiqish ma’lumoti informatsion kirishlarida yangi ikkilik sonli kod so‘zi mavjud bo‘lganida hamda taktli impuls S berilgandan so‘ng o‘zgaradi.


Surilish registrlar
Ketma-ket surilish registrlar
Ikkilik ma’lumotni ketma-ket qabul qiluvchi va chiqaruvchi registrlar surilish registrlar deb ataladi (siljish registrlar). Surilish regsitrlar ikkilik ma’lumot ustidan turli operatsiyalar bajarish uchun mo‘ljallangan: ketma-ket uzatilayotgan ikkilik ma’lumotni jamlash va so‘ngra uni baravar parallel shaklida chiqarish (ya’ni ketma-ket kodni parallel kodga o‘zgartirish), ma’lumotni parallel kodda (baravar) qabul qilib uni ketma-ket chiqarish (ya’ni parallel kodni ketma-ket kodga o‘zgartirish) va hokazo. Bundan tashqari surilish registrlar raqamli shakldagi signalni ushlab turish elementlari sifatida ham qo‘llaniladi. Surilish registrlar odatda ikki pog‘onali yoki taktli impulslarning fronti (oldi tomoni) bilan sinxronlaydigan triggerlar (dinamik boshqaruvli triggerlar) asosida quriladilar. Bunday registr triggerlariga ma’lumot juda qisqa vaqt mobaynida yoziladi va sinxroimpulsning fronti davomiyligi bilan o‘lchanadi. Front davomiyligining vaqti triggerning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish vaqtidan (o‘tkinchi jarayonlari) ancha kam bo‘lib, nolga yaqin. Agar registrda statik boshqaruvli triggerlar qo‘llanilsa, unda S=1 bo‘lishida registrdagi triggerlar “zanjiri” kirishdan (birinchi triggerdan) chiqishgacha (oxirgi trigger) ochiq bo‘lib qoladi va shunda kirishdagi birinchi razryad (bit) qiymati barcha triggerlarga yozilib qoladi. SHuni ta’kidlash kerakki, surilish registrning razryadligi uni “zanjirini” tashkil qiluvchi triggerlar soni bilan aniqlanadi.
2-rasmda D-triggerlarda amalga oshirilgan surilish registrining sxemasi keltirilgan. Bunday registr 4-razryadli surilish registri bo‘lib, 4 ikkilik razryadli Q1, Q2, Q3, Q4 ma’lumotni saqlash imkoniga ega. Endi 2-rasm va 1-jadvaldan foydalanib registr ishini ko‘rib chiqamiz. Avvalo registrni “tozalab” chiqamiz, ya’ni Q1, Q2, Q3, Q4 chiqishlarida “0” mantiqiy signallarni o‘rnatib chiqamiz. Buning uchun, SET kirishlar “0” signalligida, triggerlarning tushirish krishlari RESETga mantiqiy “1” berilishi kifoya. SHunda surilish registrining hosil bo‘lgan xolatiga jadvaldagi 1 satri to‘g‘ri keladi. Taktli impuls kelishiga qadar registr chiqishlarida 0000 holat kuzatiladi.
Ma’lumotni yozish va surish rejimida o‘rnatuvchi SET va RESET triggerlar kirishlariga mantiqiy “1” berilib turiladi. Sinxronizatsiya kirishi CLKga birinchi impuls berib ko‘ramiz. Unda indikatorlar yordamida registr chiqishlarida 1000 xolatni kuzatamiz (jadvaldagi 3-satr), chunki taktli sinxroimpuls kelishida trigger U1 informatsion kirishdagi mantiqiy “1”ni chiqishi Q1ga ko‘chiriladi. Endi, registrning informatsion kirishida mantiqiy “1” mavjudligida, bu “1” signali har bir sinxroimpuls uzatilishida Q1razryadga kiritiladi. Ilgariroq kiritilgan mantiqiy “1”lar esa, o‘ng tomon bitta pog‘onaga suriladilar (jadvaldagi 2 va 3 taktli impulslar). Xuddi shu singari, agar informatsion kirishga mantiqiy “0” berilsa, bu “0” har bir taktli impulsda Q1 razryadga kiritiladi va ilgariroq kiritilgan “1” va “0”lar o‘ng tomonga siljishadi (1-jadvaldagi 4 8 taktli impulslar).


Yüklə 62,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin