5.ISHNI BAJARISHGA DOIR KO‘RSATMALAR 1. Bir fazali va ikki fazali xotira registrlar ishlash tamoyillarini o‘rganib chiqing.
2. Ketma-ket surilish registrlar ishlash prinsiplarini o‘rganib chiqing.
3. Parallel-ketma-ket surilish registrlar ishlash tamoyillarini o‘rganib chiqing.
4. Doiraviy parallel surilish registrlar ishlash tamoyillarini o‘rganib chiqing.
5. Taktli generator “CLOCK” qo‘llanishida, uni chastotasini 0,5 Gs atrofida o‘rnatish tavsiya etiladi.
6. Vaqt diagrammalarini tuzish uchun ko‘p kanalli ossillografdan foydalanish lozim.
7. Aylana registrlarni (doiraviy) tadqiq etganda, chiqish signallarni kuzatish uchun mantiqiy indikatorlardan yoki LOGIC ANALIYSER mantiqiy analizatoridan foydalanish mumkin. Bundan tashqari sxemani komponentlar kutubxonasidan LED BARGRAF-RED turdagi indikatorlar bilan to‘ldirish mumkin (Optoelectronics kategoriyasi).
8. TTL-74 seriyali IMS registrlarini tadqiq etishda, shuni e’tiborga olish kerakki, ularda LOAD va SHIFT alohida kirishlari bilan bir qatorda, umumiy SH/LD kirishi ham mavjud. Bunda SH=1-surilish va LD=0-yuklash (kiritish) vazifasini bajaradi. Bundan tashqari IMSdagi belgilanishdagi SI kirishi ketma-ket ma’lumotni kiritish uchun va MR kirishi registrni tozalash uchun qo‘llaniladi.
6. HISOBOT MAZMUNI Hisobotda quyidagilar bo‘lishi shart: 1). Ishning maqsadi va registrlar xaqida qisqacha umumiy ma’lumotlar; 2) D, RS va JK-triggerlarda bir va parafazali xotira registrlarning sxemalarini; 3). D- triggerlarda n - razryadli ketma-ket registr sxemasini; 4). Sinxron RS -triggerlarda n - razryadli ketma-ket registr sxemasini; 5). Parallel doiraviy registr sxemasini; 6). 4-rasmda keltirilgan to‘rt razryadli surilish registr sxemasini ; 7). Laboratoriya ishining 7 va 8 chi punktlariga asosan IMS hisoblagichlarning shartli belgilari; 8). Laboratoriya ishining 1÷8 punktlariga asosan tadqiq etilayotgan barcha registrlar ishidan olingan xaqiqiylik jadval va vaqt diagrammalarini.