4-rasm. Parallel – ketma-ket yuklanishli surilish registri
3.ISH JOYINING TA’RIFI Laboratoriya ishi kompyuterda, Proteus7,0 yoki EWB (Electronic Work bench 5.0) dasturida bajariladi. Registrdagi turli kirishlariga beriladigan “0”va “1” mantiqiy signallar qo‘lda kiritiladi. Buning uchun LOGICSTATE mantiqiy imitatorlardan foydalaniladi. Takt impulslari imitatorla yordamida qo‘lda yoki impulslar generatori CLOCK yordamida avtomatik tarzda kiritiladi.
Vaqt diagrammalarni kuzatish, signallar qiymatini va triggerlar holatini aniqlash uchun LOGICPROBE mantiqiy indikator, LOGIC ANALIYSER singari ko‘pkanalli mantiqiy tahlil qurilmasi yoki ossillograf qo‘llaniladi.
4. LABORATORIYA ISHIGA TOPSHIRIQ 1. 1-rasmda keltirilgan taktli impuls bilan sinxronlaydigan birfazali 4-razryadli parallel xotira registr sxemasini D-triggerlarda yig‘ib oling. Registrning ishini tahlil etib, haqiqiylik jadvalini tuzib bering.
2. RS va JK-triggerlar asosida parafazali 4-razryadli parallel xotira registrlari sxemalarini yig‘ib olib, ular ishini tahlil eting va haqiqiylik jadvalini tuzib bering.
3. O‘qituvchi bergan vazifasiga ko‘ra, berilgan variantga muvofiq, n=3 uchun, 2-rasmda keltirilgan D-triggerlar asosida qurilgan n-razryadli ketma-ket registr sxemasini yig‘ib olib, uni ishini tahlil qiling va vaqt diagrammasini tuzib bering.
4. O‘qituvchi bergan vazifasiga ko‘ra, berilgan variantga muvofiq, n=3 uchun, 2-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha, sinxroimpulsli fronti bilan sinxronlaydigan RS-triggerlar asosida qurilgan n-razryadli ketma-ket registr sxemasini yig‘ib olib,
5. O‘qituvchi bergan vazifasiga ko‘ra, berilgan variantga muvofiq, n=3 uchun, 3-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha parallel doiraviy surilish registr sxemasini yig‘ib olib, uni ishini tahlil qiling va vaqt diagrammasini tuzib bering.
6. 4-rasmda keltirilgan sxema bo‘yicha parallel-ketma-ket yuklanishli 4-razryadli surilish registr sxemasini yig‘ib olib, uni ishini tahlil qiling va vaqt diagrammasini tuzib bering.
7. TTL-74 seriyadagi IMS komponentlar kutubxonasidan (Registers nimkategoriyasi) 74179 4-razryadli registrni tanlab olib va uni ishini tadqiqot etib, haqiqiylik jadvalini tuzib bering.
8. O‘qituvchi bergan vazifasiga ko‘ra, berilgan variantga muvofiq, IMS komponentlar kutubxonasidan (Registers nimkategoriyasi,TT2-74 seriyasi 74 NS,74LS,74 S IMS) 4-razryadli 74194 universal registorni tanlab olib, uni ishini tad’kikot eting va xakikiylik jadvalini tuzib bering.