12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xarita



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə42/65
tarix22.06.2022
ölçüsü0,55 Mb.
#62071
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
12 – dars. Dastur va dasturlash tillari Darsning texnologik xari

SJ, K Avvalgi mavzulardagi materiallar asosida.
MY Darslikning avvalgi mavzusidagi yoki qo’shimcha misol va mashqlar.
BST BST-59 dan BST-75 gacha.
Mavzuni yoritish:
AH Savol-javob yo‘li bilan tarmoqlanuvchi algoritmlar va ularning xossalari esga olinadi. Tarmoqlanuvchi algoritmlarni o’rganilgan operatorlarga asoslanib dastur ko’rinishida yozish tavsiya etiladi. O’quvchilar shart tekshirish va o’tish kabi muammolarga duch kelishadi. Shundan keyin ma’ruza boshlanadi.
M O’tish operatori haqida so’z yuritilib, uning blok sxemadagi ifodasi mos qo’yiladi.
Quyidagi ikki son yig’indisini hisoblash dasturini misol sifatida qarash ham foydali:
Label 1;
Var a,b,c : Integer;
Begin
ClrScr; {Ekran tozalandi} 1: {N1 - nishon}
Write(‘Birinchi qo`shiluvchini kiriting : ’); ReadLn(a);
Write(‘Ikkinchi qo`shiluvchini kiriting : ’); ReadLn(b);
c:=a+b; WriteLn(a, ‘+’ , b, ‘=’, c); GoTo 1; {Boshqarish 1 raqamli nishonga uzatildi}
End.
Bu dasturni ishga tushirib, istalgancha sonlar juftliklarining yig’indilarini hisoblash mumkin.
O’quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
Dasturda qanday kamchilik bor? (dastur to’xtamaydi).
Nima uchun dastur “to’xtamaydi”? (boshqarish doimo 1 raqamli nishonga o’tkazilaveradi).
Buning sababi nimada? (barcha yig’indilar hisoblab bo’lingani tekshirilmagan).
Muammoni qanday hal etish mumkin? (har bir yig’indi hisoblangach, u oxirgisi yoki yo’qligini tekshirish kerak. Ya’ni, dasturda shart tekshirish imkoni bo’lishi kerak va shart bajarilishiga qarab dastur ishini yakunlashi yoki boshidan boshlashi lozim). Paskalda bunday imkoniyatni tarmoqlanish operatori beradi.
Tarmoqlanuvchi algoritmlarning dastur shaklida yozilishi tarmoqlanuvchi dastur deb atalishi aytiladi. So’ngra tarmoqlanish operatorining 2 xil ko’rinishi (to’liq va qisqa) izohlanadi.
AH Darslikda keltirilgan misollarni o‘quvchilar bilan birga tahlil qilish yahshi samara beradi. 5-misol yordamida tarmoqlanish operatori tarkibida yana tarmoq­lanish operatorini ishlatish tushuntiriladi.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin