12-Ma’ruza. Til sathlari va uning birliklari (2 soat) Reja
Ketma-ketlik munosabati 1-§. Bir sathga mansub bulgan birliklar nutq jarayonida o’zaro ketma-ket bog’lanib ma’lum axborot tashish uchun xizmat qiladi. Har bir lisoniy birlikning vazifasi ketma-ketlik (sintagmatik) munosabatga kirishganda namoyon bo’ladi. Nutq jarayonida ikkita birlikni hyech qachon bir vaqtda talaffuz qila olmaymiz. Oldin bittasini, so’ng ikkinchisini, uchinchisini va h.k talaffuz qilamiz. Lisoniy birliklarning ma’lum chiziqda ketma-ket bog’lanishi ikki elementni hyech qachon bir vaqtda talaffuz qilishga imkon bermaydi. Muayyan cho’ziqlikka ega bo’lgan ikki va undan ortiq elementlarning ketma-ket munosabati ketma-ketlik (sintagmatik) munosabat sanaladi. Masalan, ishchilarga so’z shakli tarkibidagi ish-chi-lar-ga morfemalari bir qatorda ketma-ket joylashadi.
2-§. Bundan ketma-ketlik munosabati faqat nutqqa xos degan xulosaga kelmaslik kerak. Ketma-ketlik munosabati imkoniyat va voqyelik dialektikasini o’zida mujassam qilgan holda tilga ham, nuqqa ham xosdir. Harqanday ketma-ketlik munosabati ma’lum tilda amal qiluvchi muayyan qoidalar, andozalar asosida maydonga keladi. Bunday qoida, andozalar ijtimoiy mohiyatga ega bo’lib, u yoki bu tilning har bir vakili ongida tayyor holda mavjud buladi. Nutq jarayonidagi real birikma esa ana shu qoida va andozalar asosida yuzaga chiqadi. Har bir lisoniy birlikning boshqa lisoniy birlikka bog’lanish imkoniyati mavjud bo’ladi. Grammatik jihatdan bog’lanish mumkin bo’lgan birliklar ham agar mazmuniy moslik bo’lmasa, bog’lana olmaydi.
Masalan, yig’lamoq, kulmoq, mushtlashmoq singari leksemalarning mazmuniy mundarijasida odam leksemasi bilan bog’lanish imkoniyati mavjud. O’z navbatida odam leksemasining mazmuniy mundarijasida yig’lamoq, kulmoq, mushtlashmoq leksemalari bilan mazmuniy moc keladigan (shu harakatlarni yuzaga chiqara olish) sema mavjud. Har ikki insoniy birlikda mavjud bo’lgan o’sha bir-biriga moc sema ularni o’zaro mazmuniy va grammatik munosabatga kirishuviga yo’l ochadi. Aksincha, tosh leksemasi bilan yemoq, leksemasi o’rtasida yuqoridagi kabi mazmuniy uyg’unlik yo’q. Shuning uchun ham ular o’zaro mazmuniy bog’lanish imkoniyatiga ega emas.
Ko’rinadiki, til egalari ongida tayyor holda mavjud bo’lgan lisoniy birliklarning o’zaro qo’shilish qoidalari, andozalari til sathiga ana shu qoida va andozalar asosida bevosita kuzatishda namoyon bo’lgan cheksiz hosilalar, konkret birikmalar nutq sathiga mansubdir.
Sintagmatik munosabat yordamida tilning bosh vazifasi kommunikativ vazifasi amalga oshadi.