V. Zidlanuvchi a’zolarning ma’no farqlash kuchiga ko’ra zidlanish turlari 1§. Zidlanuvchi a’zolarning ma’no farqlash kuchiga ko’ra zidlanishlar doimiy va mo’tadillashgan turlarga ajratiladi. Zidlanishlarning bunday tasnifi til sistemasining konkret sharoitda yuzaga chiqishiga funksiyalashuviga asoslanadi. Sistema funksiya tamoyiliga amal qiladi.
2§. Til sistemasidagi zidlanuvchi a’zolar nutq jarayonida muayyan sintagmatik munosabatga kirishganda ham zidlanishga asos bo’lgan belgini saqlab qolsa, doimiy zidlanish, aksincha, saqlab qolmasa, mo’tadillashgan zidlanish sanaladi. Masalan, o’zbek tilida so’z oxiri jarangli va jarangsiz undoshlar zidlanishi uchun kuchsiz vaziyat sanaladi. Ana shu vaziyatda zidlanuvchi a’zolar zidlanish belgisini yo’qotadi, mo’tadillashadi: Masalan, bob-bop. Tog’-toq. Mo’tadillashgan ziddiyat ham barcha ziddiyatlar kabi faqat fonologik sath uchungina xos emas. Ularning barchasi tilning hamma sathlarida uchraydi. Jumladan, birlik va ko’plik morfemalari o’rtasidagi zidlanish hurmat ma’nosini ifodalaganda mo’tadillashadi.
Nazorat uchun savollar: 1. Sath deganda nimani tushunasiz?
2. Tilning qanday sathlari mavjud?
3. Fonetik sathning maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Mavzuga oid adabiyotlar Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. - T., 2009.
Yo‘ldoshev I., Muhamedova S., Sharipova O‘., Madjidova R. Tilshunoslik asoslari. - T., 2013.
Nurmonov A., Iskandarova SH. Umumiy tilshunoslik. - T., 2007.
Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. - T., 2010.
Шарафутдинова Н.С. Теория и история лингвистической науки. - M., 2007
11Лексик сатҳ бирлиги саналувчи туб лексемалар лексик морфема сифатида қаралади. Туб лексемалар «морфемалардан ташкил топади», «Морфемаларга бўлинади» қабилида қаралмайди. Ясалмалар эса худди шу тамойилга амал қилади.
Айрим муаллифлар синтагматик муносабатни қўшничилик муносабати деб берганлар. Бу атама юқоридаги муносабат табиатига мос келмайди. Чунки қўшничилик горизантал йўналишда ҳам, вертикал йуналишда ҳам бўлиши мумкин. Синтагматик муносабат эса фақат горизантал йуналишда, кетма-кет келадиган бирликлар муносабатидир.
11Трубецкой КС. Основы фонологии. М., I960, с.82.
11Трубецкой Н. С. Основы фонологии. М., 1960, с.82; НурмоноваД.А. Узбек тилида пафдигма аъзолари ^зтасидаги зидланишларнинг муъта-Диллашуви (фонологик сат^). Номз. дисс. Тошкент, 1998, 8-бет.