V – sotilgan mahsulot hajmi;
S – jami xarajatlar.
N2
Narx
Noelastik talab
N1 0 Talab Т2Т1 а
Narx
N21 Elastik talab
N11
0
Т21Т11 Talab б
33-chizma. Narx qayishqoqligi Foydadan tashqari narx tovarning sotilish hajmiga, moliyaviy ko’rsatkichlariga, bozor ulushiga katta ta'sir ko’rsatadi. Ko’p hollarda, korxona tovarni eng yuqori narxda sotib, darhol foyda olishni ko’zlamasdan, egiluvchan narx siyosatini yuritishi kerak.
Raqobatchilar o’z faoliyatlarida ham narxga katta e'tibor beradilar. Tovar bozorda narx asosida va narxsiz ham raqobat qila olishi mumkin.
Narx raqobati deganda tovarning narxini o’zgartirish yo’li bilan raqobat kurashiga borish tushuniladi. Bunda, ko’pchilik hollarda narxni pasaytirishga harakat qilinadi. Albatta, narxni pasaytirayotgan firma yoki korxona raqobatchiga nisbatan kam xarajatlarga ega bo’lishi kerak. Korxona "narx urushi"ni e'lon qilishdan oldin o’zining va raqobatchining iqtisodiy barqarorligini obdon o’rganishi talab etiladi. Aks holda "narx urushi"ni e'lon qilib, mag’lubiyatga ham uchrash mumkin. Agar, raqobatchilar bir xil sharoitda bo’lsalar, u holda "narx urushi" o’z ahamiyatini yo’qotadi.
Narxsiz raqobatda esa narxning roli kamaytirilmaydi, balki birinchi o’rinda tovarning xususiyati, markasining obro’-e'tiboriga, servis darajasi va tovar bilan bog’liq boshqa omillarga e'tibor qaratiladi.
Narxning katta-kichikligiga ichki va tashqi omillar ta'sir ko’rsatadi.
Ichki omillarga korxonaning maqsadi, marketingi, marketing kompleksining ayrim elementlariga nisbatan qo’llaniladigan strategiya, xarajatlar va boshqalar kiradi.
Korxona asosiy maqsadini o’zining rivojlanishida deb bilsa bir narx, mavjud faoliyatini uzoq muddat saqlab qolishga qaratsa boshqa narx belgilashi mumkin. Masalan, raqobat kuchaysa, iste'molchilarning ehtiyoji o’zgarsa, mamlakatdagi iqtisodiy ahvol yomonlashsa korxona ishlab chiqarish quvvatining ma'lum bir qismidangina foydalanishga harakat qiladi. Korxona o’zining faoliyatining to’xtab qolmasligi, tovarlariga bo’lgan talabni oshirish maqsadida ularni past narxlarda ham sotishga majbur bo’ladi. Aks holda, u o’z tovarlariga yuqori narx belgilaydi.
Marketing faoliyati nuqtai nazaridan narxning shakllanishiga quyidagicha yondashuvlarni ko’rib chiqish mumkin:
- foydani uzoq muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish;
- foydani qisqa muddat davomida maksimal darajaga ko’tarish;
- tarmoqda narx lideri statusini saqlab qolish;
- yangi raqobatchilar paydo bo’lishiga to’sqinlik qilish;
- savdo vositachilari tomonidan befarqlikni saqlab qolish;
- korxonaning obro’sini saqlab qolish;
- "kuchsiz mahsulotlar"ni sotishni yaxshilash;
- "narx urushi"ning oldini olish.
Narx marketing kompleksi elementlaridan biri hisoblanib, uning shakllanishi marketing kompleksining boshqa elementlari bilan chambarchas bog’liqdir. Masalan, narxning sifatga, tovar harakatini tashkil etishga, tovarning hayotiy davriga bog’liqligi shular jumlasidandir.
Narx ishlab chiqarish, tovar harakatini tashkil etish va sotish xarajatlari va boshqa xarajatlarni qoplab, foyda keltirishi kerak. Ma'lumki, umumiy xarajatlarda eng muhim o’rinni ishlab chiqarilayotgan mahsulotning tannarxi egallaydi. Shu sababli, mahsulot tannarxini pasaytirish muhim vazifa hisoblanadi.
Korxonada narxning shakllanish jarayonini tashkil etish narxni belgilovchi shaxslarni va korxona ichidagi bo’linmalarni aniqlashni o’z ichiga oladi. Tabiiyki, har xil shaxslar narxni belgilashga turlicha yondashadilar. Masalan, korxonaning iqtisod xizmati xodimlari yuqori narx belgilashga moyillik bildirsalar, marketing xizmati xodimlari narx belgilashda esa ko’proq bozor konyunkturasiga va iste'molchilarning fikr-mulohazalariga amal qilishni maqsadga muvofiq hisoblaydilar.
Narxga ta'sir ko’rsatuvchi tashqi omillarga esa bozorning turi, tovarning narxi va qiymatining nisbatini iste'molchilar tomonidan baholash, iqtisodiy muhit, davlat boshqaruvi va boshqalar kiradi. Shuni ham qayd etish lozimki, har qanday holatda ham narxning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini xaridor hal qiladi. Narxning talabga bog’liqligi narx qayishqoqligi egri chizig’i bilan tushuntiriladi.
Narx qayishqoqligi ma'lum bir bozorda belgilangan vaqt davomida narxning har xil darajasida qancha mahsulot sotilishini ko’rsatadi. Ko’pchilik hollarda narx ortishi bilan talab pasayadi.
Narx va uning o’zgarishi natijasida vujudga kelgan talab darajasi o’rtasidagi bog’liq talab egri chizig’i bilan tavsiflanadi. quyidagi 33-chizmada ikkita talab egri chiziqlari keltirildi. Bu keltirilgan 33a, 33b chizmalar ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, talab va narx o’rtasida teskari proportsional bog’liqlik mavjud, ya'ni narx qancha yuqori bo’lsa, talab shuncha past bo’ladi va aksincha narx qanchalik past bo’lsa, talab shuncha yuqori bo’ladi.
Keltirilgan 33a-chizmada ko’rsatilganidek, narxni N1 dan N2 ga ko’tarsak, u holda talab T1 dan T2 ga o’zgaradi. Bunda narxning o’zgarishi talabning ko’p darajada pasayishini vujudga keltirmaydi. SHu sababli bunday talabni noelastik talab deb yuritiladi. Aksincha, 6b-chizma ma'lumotlarida ko’rsatilganidek narxning N11 dan N21 ga ko’tarilishi, talabning T11 dan T21 ga pasayishini keltirib chiqaradi.Bunda narxning o’sha darajadagi o’zgarishi talabning keskin pasayishini keltirib chiqarganligi uchun talab elastik hisoblanadi. Shunday qilib, talabning narx elastikligi narx o’zgarishiga xaridorning sezgirligini tovarlar hajmi nuqtai nazaridan aniqlaydi. Talabning narxga bog’liq holdagi elastikligi - bu tovarning narxi bir foiz o’zgarishi natijasida ularning sotish hajmi o’zgarishining foizlarda ifodalanishidir va u quyidagicha aniqlanadi: