Narxning o’zgarish foizi Agar bozor bir xil ehtiyojlarni qondirish qobiliyatiga ega bo’lgan ko’p sonli tovar va xizmatlar bilan to’yingan bo’lsa, talabning narx elastikligi birdan katta bo’ladi. Talab elastikligini aniqlash asosida sotish hajmini oshirish uchun narxlarga qanday yo’nalishda ta'sir etishni, raqobatchi sotayotgan tovar markalaridan qaysi biri ko’proq bozor kuchiga ega ekanligini bilib olish mumkin bo’ladi.
17.2. Narx shakllanishi uslublarini tanlash Korxona tovarga bo’lgan talabni, tovar ishlab chiqarish uchun sarf bo’lgan yalpi xarajatlarni hisoblab chiqib va raqobatchilar narxini o’rganib, o’zining tovariga narx shakllanish uslublarini belgilaydi. Odatda, tovarning narxi juda past va juda yuqori ham bo’lmasdan, balki shu ikki ko’rsatkich oralig’ida bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shundaki, past narx foydani taьminlamaydi, yuqori narx esa talabni shakllantirmaydi.
Quyidagi 34-chizmada korxona rahbarining uch mulohaza asosida o’z tovariga narx belgilashi keltirilgan.
Juda past narx
Mumkin bo’lgan narx
Juda yuqori narx
Bu narxda foyda olish mumkin emas
Mahsulot Raqobatchi
tannarxi lar narxi
Tovarning tengi yo’q xususiyatlari
Bu narxda talab shakllanmaydi
34-chizma. Narx belgilashdagi asosiy mulohazalar Keltirilgan 35-chizma ma'lumotlarida ko’rsatilganidek, tovarning mumkin bo’lgan minimal narxi mahsulot tannarxi asosida aniqlansa, mumkin bo’lgan maksimal narxi esa tovarning boshqa tovarlardan farq qiluvchi qandaydir tengi yo’q xususiyatlari asosida aniqlanadi.