12-маvzu: raqobatning turli sharoitlarida ish haqqining shakillanishi reja


Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli



Yüklə 312,25 Kb.
səhifə15/19
tarix18.12.2022
ölçüsü312,25 Kb.
#75995
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
12-МАVZU RAQOBATNING TURLI SHAROITLARIDA ISH HAQQINING SHAKILLANISHI

Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli
Mehnat munosabatlari - ish beruvchilar va yollanma ishchilar o’rtasidagi mehnat sharoitlari va mehnatga haq to’lash bo’yicha munosabatlardir. Ishga yollash bo’yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi munosabat mehnat shartnomalari yordamida shakllanadi.
Mehnat shartnomalari - korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi ishga yollash bo’yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy hujjjat. Melmat shartnomalari awalo ish haqi stavkasi, me’yordan ortiqcha bajarilgan ish lar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pensiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o’zgarishini hisobga olib iste’mol savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlami o’z ichiga oladi. Keyin mehnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi.Odatda kelishuv bir necha yilga (asosan uch yilga) tuziladi. Ayrim hollarda davlat ham korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga, masalan, ish tashlash masalalariga tegishli munosabatlarga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Ammo ish tashlash huquqi «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar haqidagi xalqaro pakt»da mustahkamlangan asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiradi. Ko’pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining rivojlanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolatlashga, ishlovchilarning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog’liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo’ladi. Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar o’zlarining ishchi kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo’lib «so’ladilar». Kasaba uyushmalari nisbatan ko’p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo’ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo’llar bilan erishishi mumkin.
1. Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirish. Kasaba uyushmalar nuqtai nazaridan ish haqini oshirishning eng qulay usiili ishchi kuchiga bo’lgan talabni kengaytirish hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo’lgan talabning ortishi natijasida ish haqi stavkasi ham, ishchi o’rinlari soni ham ortadi. Kasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omili ami o’zgartirish yo’li bilan ishchi kuchiga bo’lgan talabni ko’paytirishlari mumkin. Xususan, ular quyidagilarga erishishga harakat qiladilar: 1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko’rsatiladigan xizmat ga talabni oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish; 3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o’zgartirish.

Yüklə 312,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin