12-маvzu: raqobatning turli sharoitlarida ish haqqining shakillanishi reja


Bo’sh ish o’rinlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yetarli bo’lmasligi



Yüklə 312,25 Kb.
səhifə18/19
tarix18.12.2022
ölçüsü312,25 Kb.
#75995
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
12-МАVZU RAQOBATNING TURLI SHAROITLARIDA ISH HAQQINING SHAKILLANISHI

Bo’sh ish o’rinlari to’g’risidagi ma’lumotlarni yetarli bo’lmasligi Ishchilar ba’zan bo’sh ish o’rinlari, boshqa hududlardagi muayyan ish o’rinlari uchun tayinlangan tarif stavkalari hamda o’z mutaxassisliklari bo’yicha mavjud ish o’rinlari haqida habardosh bo’lmasliklari mumkin. Oqibatda, ishchi kuchiga bo’lgan taklifni tenglashtirish uchun kam ish haqi to’lanadigan kasblardagi malakali ishchilarning yuqori maosh to’lanadigan ish o’rinlariga o’ta boshlashi turli kasblar ichidagi ish haqlarini baravarlashtirish uchun yetarli bo’lmaydi.
Yashash hududlarining geografik turg’unligi. Ishchilar odatda ma’lum bir hududlarda chuqur o’rnashgan holda istiqomat qiladilar. Ko’pchilik odamlar o’z yaqinlari, do’st-birodarlari, qarindosh-urug’laridan uzoqlashib, farzandlarini o’quv maskanlarini o’zgartirishga, o’z uy-joylarini sotishlariga, yangi ish o’rni va yangi jamiyatdagi ehtimoliy noqulayliklarga moslashish va boshqa kutilmagan ortiqcha harajatlar qilsh evaziga yangi hududlarga kо’chib o’tishni unchalik xohlashmaydi. Bundan qatiyb ikki asr burun Adam Smit shunday degan edi. "Inson ham go’yoki ko’tarib keltirilishi qiyin bo’lgan yukka o’xshaydi”. Ishchilami bir hududdan boshqasiga ko’chib o’tishga yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi.
Kasaba uyushmalari va hukumat Cheklovlari hukumat va kasaba uyushmalari tomonidab ishchilarni bir xududdan boshqasiga ко'chib yurishlarinin oldini oluvchi sun’iy cheklovlar qo’yish bilan ish haqlaridagi tafawutlarlar saqlab qolinadi. Bunda tor mutaxassislikka ega bo’lgan ishchilardan iborat kasaba uyushmalari uyushmaga a’zolikni cheklashdan foyda topishini aytib o’tgan edik. Xulosa, agar duradgorlar va g’isht teruvchi ustalar soni ko’payib ketsa, ulargbelgilangan yoki ular talab etadigan ish haqi miqdori kamayadi. Shunday qilib, Kolorado shtatidagi Brush deb nomlangan korxonadagi uyushmaga a’zo bo’lmagan kaish haqi oladigan duradgor usta Chikago shtatiga ko’proq ish haqi to’laydigan korxona ish o’rniga joylashishni xohlashi mumkin. Lekin, uni kutgan rejasiga erishishiga bo’lgan ehtimollik juda kam. Huddi shu tarzda, ma’lum hududda ish faoliyatini olib borish uchun ixtisoslashgan ko’z shifokori yoki huquqshunos boshqa shtat yoki hududning litsenziyalash talablariga javob bera olmasligi mumkin, shuning uchun uning boshqa hududga ish qidirib borish imkoniyati cheklangan. Boshqa nazarda tutilmagan to’siq yoki muammolarga bir hududdan boshqasi ко’chib o’tish bilan qo’ldan boy berilishi mumkin bo’lgan nafaqa olish tartiblari, tibbiy sug’urta imtiyozlari hamda xizmatda yuqori mansabga ko’tarilish imkoniyatlari kiradi.
Turli Darajadagi kamsitish qabul qilingan qonun va qarorlarga qarshi o’laroq, ayni bir hil ish ko’lamim bajarayotgan oq tanli furoqolarga ayollar va kam sonli ishchilarga qaraganda ko’proq ish haqi belgilanish oqibatida ba’zan kamsitish holatlari yuzaga keladi. Shuning uchun, boshqa ish o’rinlarida kam sonli va ayol ishchilarga ko’p haq to’lanayotgan bir paytda, ular o’zlariga past miqdorda ish haqi to’laydigan ish o’rinlarida to’planib qoladilar. Aga bu kabi ishchi kuchi bozoridagi kamsitish ayolalrva kam sonli ishchilarni ko’p haq to’laydigan ish o’rinlaridan mosuvo qilsalar, unda ish haqidagi belgilanishidagi tengsizliklar saqlanib qolaveradi. Barcha to’rtta yuqoida muhokama qilingan masalalar ya’ni marjinal foyda samaradorligi, raqobatdosh bo’lmagan ishchilar guruhi, pul ko’rinishida bo’lmagan tafawutlar, bozor chalkashliklari haqiqiy ish haqi miqdoridagi tengsizliklarni tushuntirib berishda katta ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, shifokor va quruvchi ish haqidagi farqlar marginal foyda samaradorligi va raqobatdosh bo’lmagan guruhlar asosida tushuntirilishi mumkin. Shifokorlar iste’molchilaming o’z sog’liqlari uchun har qancha pul to’lashga (tibbiy sug’urtalar orqali ) tayyorligi va shifokorlarning yuqori kasbiy malakalari bois ancha ko’p miqdordagi foydaga erishadilar. Shifokorlarga qo’yiladigan juda qat’iy kasbiy malaka talablari bois, ular faqatginanisbatan kam sonli kadrlargina olinadigan bir- birlariga raqobatdosh bo’lmagan guruhlarga bo’linadilar. Shuning uchun, ishchi kuchiga bo’lgan taklif talabga nisbatan kamroqdir.
Kasbiy malakaga bo’lgan talablar unchalik ahamiyatli bo’lmagani bois, qurilish sohasida ishchi kuchiga bo’lgan taklif talabga nisbatan ko’proqdir. Shuning uchun, shikorlarning maoshlari qurilish sohasida faoliyat ko’rsatadigan ishchilarnikidan anchayuqori hisoblanadi. Shunga qaramay, quruvchilik sohasidagi ishchilarni kasblarini unchalik yuqori talabda bo’lmasligi va ularning maxsus kasaba uyushmasi uyushmaga a’zolik siyosatidagi cheklovlami qiyinlashtirib qo’ymasa, ikki kasb egalari ish haqlari orasidagi tengsizlik yanada kattaro bo’lgan bo’lardi.



Yüklə 312,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin