Qayta tashkil etish Qayta tashkil etishda o‘zgarishlar odatda unchalik kata bo‘lmasada, dasturchilar
buni yoqtirishmaydi. Shu sabab ko‘pincha
≪ishlayaptimi — tegma≫ qoidasiga
amal qilishadi. Bundan tashqari muddatlar odatda cheklangan bo‘ladi va qayta
tuzatishga vaqt sarflash maqsadga muvofiq emas. Amaliyot shuni
ko‘rsatadiki, tuzatishlar to‘planib qolganda qayta tuzishdan voz kechish dasturning
murakkablashuviga, uning texnologiyasi pasayishiga olib keladi.
Agar dastur funksiyasini kengaytirishda asosiy konsepsiya buzilsa, yoki kod
tushunish uchun qiyin bo‘lib qolsa qayta tuzishni amalga oshirishi lozim. Bunday
holatda loyihalashtirishni to‘xtatish va kerakli darajada qayta tuzish lozim.
Qayta loyihalashtirishni uning funksiyalarini kengaytirish bilan birga qo'shib
yubormaslik kerak. Dastur qayta tuzilgandan so‘ng, biror tartib buzilmaganligiga
ishonch hosil qilish uchun testdan o‘tkazish va so‘ngra uning imkonyatlarini
kengaytirish kerak.
Foydalanuvchi interfeysini ishlab chiqish Hisoblash texnikasi taraqqiyotining ilk bosqichlarida foydalanuvchi interfeysiga
insonning operatsion tizimi bilan muloqot vositasi sifatida qaragan. U asosan,
vazipredmeti bajarishga tushirish, u bilan ma’lum ma’lumotlarini bog‘lash va
hisoblash qurilmasiga xizmat ko'rsatishning ayrim turlarini bajarishga imkon
bergan.
Vaqt o‘tib, apparat vositalari takomillashib borgach, maxsus foydalanuvchi
interfeysidan foydalanuvchi interaktiv dasturiy ta’minotni yaratish imkoniyati
paydo bo‘ladi. Hozirda asosiy muammo professional bo‘lmagan foydalanuvchi
foydalanishiga mo`ljallangan murakkab dasturiy mahsulotga ega interaktiv
interfeyslarni ishlab chiqish feysini tuzishning asosiy konsepsiyasi ta’riflangan va
ularni yaratishning bir necha metodikasi taklif qilingan.