13-Mavzu. Ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlashdagi me’yoriy hujjatlar



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/19
tarix22.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#134177
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Data base security - lecture 13

Sinflar munosabatlarini aniqlash
 
Sinflarni loyihalashtirish jarayoni ular o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlashdan 
boshlanadi. Loyihalashtirish bosqichida assotsiatsiya va to‘ldirishdan tashqari 
sinflar o‘rtasidagi munosabatlarning ikki turi farqlanadi. Bular — agregatsiya va 
kompozitsiya. 
Afsuski, hozirgacha obyektga moMjallangan loyihalashtirishning yagona 
mustahkam atamasi mavjud emas. Agar 
≪butunqism≫ munosabati ma’lum bir 
holatda muhim bo'lsa, agregatsiya assotsiatsiya bilan birga ko‘rsatiladi. Masalan, 
g‘ildirak bizni avtomobilning bir qismi sifatidagina qiziqtirsa, u holda tegishli 
sinflar o‘rtasida agregatsiya munosabatini ko‘rsatish maqsadga muvofiq. 
Agar g‘ildirak xuddi avtomobil kabi tovar sifatida qiziqtirsa, ≪butun qism≫ degan 
aloqa muhim emas. 
Kompozitsiya 
Kompozitsiya — agregatsiyaning yanada kuchli xilma-xilligi. U obyekt-qism faqat 
yagona butunga tegishli, borishi mumkin deb hisoblaydi. 
Obyekt-qism bu holda hosil qilinadi va faqat o‘z butuni bilan birgagina yo‘q 
qilinishi mumkin. 
Sinflar o‘rtasidagi aniqlangan munosabatlar sinflar diagrammasida qayd etiladi. 
Buning uchun maxsus shartli belgilar qo‘llaniladi. 


Chunki assotsiatsiya va uning kichik turlari (agregatsiya va kompozitsiya) 
munosabatlari sinflar obyektlari o‘rtasida xabarlar almashinuvi mavjudligini 
bildiradi. Bunda xabarlarni uzatish yo‘nalishini aniqlash maqsadga muvofiqdir. 
Navigatsiya 
Navigatsiya (assotsiatsiya yo`nalishi) assotsiatsiya chizig`i oxirida strelka bilan 
ko‘rsatiladi. Agar strelka har ikki tomondan ko`rsatilgan bo‘lsa, bu ikki 
yo`nalishdagi assotsiatsiyani anglatadi. 
Loyihalashtirish bosqichining sinflar diagrammasidagi maxsus belgilardan abstrakt 
sinflarni ko‘rsatish uchun foydalaniladi. 
Sinflar diagrammasida ularning nomi kursiv bilan ajratiladi yoki sinf nomi oldidan 
≪abstract≫ stereotipi ko`rsatiladi. 
UML ham parametrlangan sinflar yoki shablonlarni belgilash uchun maxsus 
notatsiyani kiritadi. Shunday usul bilan olingan konkret tipdagi elementlarga ega 
sinflar bog‘lovchi deb yuritiladi. Bog‘lovchilarni ikki xil usul bilan belgilash 
mumkin. 
Ya’ni, parametr turini aniq kocrsatish va aniqlashtirish shartli belgisini qo‘llash 
orqali. Sinflar diagrammasi shuningdek, faqat yuqorida ko‘rib chiqilgan 
tushunchalardan (assotsiatsiya, to‘ldirish, atributlar, operatsiyalar) 
foydalangan holda ko'rsatib bo‘lmaydigan cheklashlarni aks ettirishi mumkin. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin