Chunki assotsiatsiya va uning kichik turlari (agregatsiya va kompozitsiya)
munosabatlari sinflar obyektlari o‘rtasida xabarlar almashinuvi mavjudligini
bildiradi. Bunda xabarlarni uzatish yo‘nalishini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Navigatsiya
Navigatsiya (assotsiatsiya yo`nalishi) assotsiatsiya chizig`i oxirida strelka
bilan
ko‘rsatiladi. Agar strelka har ikki tomondan ko`rsatilgan bo‘lsa, bu ikki
yo`nalishdagi assotsiatsiyani anglatadi.
Loyihalashtirish bosqichining sinflar diagrammasidagi maxsus belgilardan abstrakt
sinflarni ko‘rsatish uchun foydalaniladi.
Sinflar diagrammasida ularning nomi kursiv bilan ajratiladi yoki sinf
nomi oldidan
≪abstract≫ stereotipi ko`rsatiladi.
UML ham parametrlangan sinflar yoki shablonlarni belgilash uchun maxsus
notatsiyani kiritadi. Shunday usul bilan olingan konkret tipdagi elementlarga ega
sinflar bog‘lovchi deb yuritiladi. Bog‘lovchilarni ikki xil usul bilan belgilash
mumkin.
Ya’ni, parametr turini aniq kocrsatish va aniqlashtirish shartli belgisini qo‘llash
orqali. Sinflar
diagrammasi shuningdek, faqat yuqorida ko‘rib chiqilgan
tushunchalardan (assotsiatsiya, to‘ldirish, atributlar, operatsiyalar)
foydalangan holda ko'rsatib bo‘lmaydigan cheklashlarni aks ettirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: