Hind tarixchisi L. P. Sharma “Boburiylarning Hindistonga kirib kelishi bilan ularga qadar yo’qolib borayotgan tasviriy san’at qayta tiklandi.”. Javoharlal Neru Bobur dilbar shaxs o’yg’onish davrining buyuk namoyandasi. I. Karimov “Boburning adabiy merosi beqiyosdir u hind tarixida yangi bir davlat qurishi hind ma’naviyatining rivojiga hissa qo’shishga sabab bo’ldi”
XV asrdan boshlab G‘arbiy yevropalik olimlar va siyosiy-diniy arboblarning Sharqqa bag‘ishlangan kitoblaridaAmir Temur tarixi oldingi o‘ringa chiqadi. Masalan, Italiyada katta tarixiy va she’riy asarni meros qilib qoldirgan papa Piy I (papalik yillari 1458-1464) Amir Temurga butun bir bobni bag‘ishlagan, bir necha sahifada Skifiya, So’g‘diyona va Baqtriyani tavsiflagan. Paolo Djiovio (1483-1552), Petro Perondinoning (vafoti 1553) asarlarida ham Amir Temur bosh qahramon sifatida namoyon bo‘ladi.
Lekin Amir Temur haqidagi eng dastlabki tadqiqot Florensiya kansleri va tarixshunosi Pogjio Brachchiga (1380—1459) taalluqli bo‘lib, so‘ng Prato, Piy II (1405 -1464), Kambini, Batista Fregazo (1454-1504) asarlarida davom ettirilgandi. Fransuz tilida Amir Temur haqida ma’lumotlar Teodoro Spandujinonning “Buyuk turk shajarasi” asarida yuzaga keladi. Bu asar 1519 yilda Parijda chop etilgan. Shveysariyalik islohotchi Pero Vire Amir Temur obrazini 1561 yilda nashr qilingan asarlaridan birida kiritgan.
Biz bugun yashatayotgan Mustaqil O‘zbekiston davlatidagi tarixiy shaharlar, go‘zal makonlarning ko‘pchiligi Amir Temur va temuriylar davrida vujudga keldi. Temuriylar davri har sohada chinakam uyg‘onish davri bo‘ldi. 150 yillik mustamlakachilik 70 yillik qaramlik va tobelik yillarida shunday buyuk zot, dunyoga mashhur davlat arbobi, ulur bunyodkor Amir Temur shaxsiyatining asl mohiyatiga xolis va haqqoniy baho berish imkonidan mahrum bo‘lib yashadik. Sho‘ro tuzumi sohibqiron haqidagi Haqiqatni xalqdan yashirib keldi. Bobokalonimiz to‘g‘risida ikki og‘iz iliq so‘z aytilgan barcha manbalar ko‘zdan yashirildi, ta’qiqlandi yoki soxtalashtirildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov aytganidek:«Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan uchirildi, unitishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g‘yryr tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobe’likka ko‘ndirish edi». Yoki yana quyidagi so‘zlarini eslaylik: «Sho‘ro davrida bizga Amir Temurni bosqinchi, zolim, qonxo‘r jallod, borib turgan johil, deb uqtirib kelishdi Amir Temur haqidagi bu uydirma - sof siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan tuhmatdan iborat. Bilasizmi, bu ishlarning tagidagi maqsad bitta bo‘lgan: ya’ni, bizning o‘zligimizni, tariximizni unuttirish, bizni manqurtga aylantirish. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga qo‘yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo‘ygan bo‘lamiz. Buni hech qachon unutmaslik zarur. O‘zligimizni anglashimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz».
O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov boy ma’naviy merosimiz, dinu-iymonimiz, qadriyatlarimiz, shu jumladan ulug‘ bobomiz soxibqiron Amir Temur nomini, u xaqdagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. O‘zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni ham qaytarib bergani bilan alohida qadrlidir. Xorijda siymosi yillar davomida teatr sahnalaridan tushmay kelgan, Yevropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq tillarida esa 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko‘pdan-ko‘p suvratlari ishlangan, qisqasi, dunyoga mashhur bo‘lgan ulug‘ zot Amir Temur yana xalqimiz qalbidan munosib o‘rin oldi. 1987 yil Parijda “Temuriylar davri tarixi va san’atini o’rganish, fransuz- o’zbek madaniy hamkorligi”uyushmasi tuzildi. Lyuseran Keren 1961 yil O’zbekistonga safari va 1978 yil “Temur yoxud sohibqiron saltanati” nomli asarin e’lon qilgan. Mustaqillikka erishganimizdan so’ng esa Amir Temur nomi yana bir bor qaytadan xolisiylik nuqtayi nazaridan o’rganila boshlandi.
Istiqlolimiz endi kurtak otayotgan davrda Toshkentning qoq markazidagi xiyobonda sohibqironga muhtasham haykal o‘rnatildi. Oradan sal o‘tib, 1994 yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996 yilda esa sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo miqyosida ulkan tadbirlar o‘tkazildi. Parijdagi YUNESKO qarorgohida o‘tkazilgan yubiley tantanalari jahon miqyosida, ayniqsa muhim ahamiyat kasb etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarorga ko‘ra «Amir Temur» xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Dunyoning taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Birinchi president I.A.Karimov farmoni bilan yuksak mukofot - «Amir Temur» ordeni ta’sis etildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyinig barpo etilishiRespublikamiz, xalqimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. Yubiley munosabati bilan ko‘plab tarixiy-ilmiy asarlar, risolalar, albomlar va boshqalar nashr etildi. Shu o‘rinda Amir Temurning o‘zi yaratgan «Temur tuzuklari» risolasini, akademik Bo‘riboy Ahmedovning «Amir Temur» tarixiy romanini, Erkin Azimovning «Amir Temur saltanati» risolasini, Abdulla Oripovning «Sohibqiron» she’riy dramasini Sharafiddin Ali Yazdiy va Nizomiddin Shomiylarning «Zafarnoma» asarlarini, F. Ashrafiyning «Temuriylar davri miniatyurasi» kabi nashrlarni alohida qayd etish mumkin. Bularning hammasiga mustaqillik tufayli erishdik. Yuqorida aytganimizdek uzoq yillar davomida mustamlaka va qaramlik iskanjasi ostida kun kechirgan xalqmiz Amir Temur kabi o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o‘ringa qo‘yish imkonidan mahrum edi. Bunga intilgan va bu yo‘lda tirnoq qonatgan olim, faylasuf, tadqiqotchiga millatchi, o‘tmishni ideallashtiruvchi degan tamg‘a bosilar edi. Mustaqillik tufayli bularning hammasiga barham berildi.