16-mavzu: O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi Reja



Yüklə 236 Kb.
səhifə9/14
tarix12.05.2023
ölçüsü236 Kb.
#111883
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
16-mavzu O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi R

16.5-jadval
O’zbekistonda g’allachilikning ayrim tarixiy davrlarda asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari

Yillar

Ekin maydoni, ming ga.

Yalpi g’alla hosili, ming tonna

1 gektaridan hosildorlik, s

Aholi jon boshiga, kg

1913
1940
1960
1990
2000
2004

1552,9
1501,7
912,0
1008,1
1611,9
1748,6

1032,2
615,0
720,8
1898,7
3915,7
5800

6,65
4,10
7,90
18,83
24,3
38,0

236
198
84
93
161
200

O’zbekiston chor Rossiyasining mustamlaka mintaqasi hamda g’alla mahsulotlarini oldi-sotdi jarayonlari past rivojlangan 1913 yilda jami qishloq xo’jaligi ekinlarining 70% i g’alla ekinlari bo’lgan. Mamlakat bo’yicha g’alla ekinining 60,6 % i bugdoy, 17,7% i arpa, 10,4% i sholi ekiniga to’g’ri kelgan. G’alla ekinlarining, shu jumladan asosiy ekinlarning o’rtacha hosildorligi past bo’lgan. Masalan, barcha turdagi g’alla ekinlarining o’rtacha hosildorligi 6,65 s, shu jumladan: bug’doy-6, sholi-13, makka-10,2 s bo’lgan xolos.
Hosildorlikka kompleks omillar ta’sir etgan, albatta yerni ekishga tayyorlashda omochdan foydalanilgan, mineral o’g’itlar solinmagan, bug’doy ekinining asosiy qismi kam sug’oriladigan yoki lalmikor maydonlarda yetishtirilgan. Yuqorida ko’rsatilgan davrda g’allachilikda asosan ekstensiv omildan foydalanilgan. 1913 yilda aholi jon boshiga 236 kg g’alla, shu jumladan 118 kg bug’doy, 4,8 kg guruch ishlab chiqarilgan. Binobarin, respublikaning o’z don mahsulotlari hisobiga aholini don mahsulotlariga bo’lgan talabini qondirishi boshqa tarixiy davrlarga nisbatan yuqori darajada bo’lgan.
Sosialistik ishlab chiqarish munosabatlari tashkil topishi va rivojlanishi davrlarida O’zbekistonda g’allachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni iste’mol qilishda barqarorlik tubdan buzilgan. Respublika bo’yicha 1924 yilda 767 ming tonna, 1940 yilda 615 ming tonna, 1945 yilda 543 ming tonna, 1960 yilda 721 ming tonna yalpi don mahsulotlari ishlab chiqarilgan xolos. Uning aholi jon boshiga miqdori 1913 yilga nisbatan 2,5-3 marta kamaygan.
Yuqorida ko’rsatilgan tarixiy davrlarda (1924 yildan tashqari) respublika aholisining va chorvasining don ham omuxta yem mahsulotlariga talabi SSSR umumdavlat fondi xisobiga to’ldirilgan. O’zbekistonda sug’oriladigan yangi yerlarni o’zlashtirish yillarida g’alla ekinlari, ayniqsa, shu yerlarda yuqori hosil beruvchi ekin-sholi maydoni kengaytirildi. Masalan, 1990 yilda 1960 yilga nisbatan respublika bo’yicha g’alla maydoni 96,1 ming gektarga yoki 10,5 % ga shu jumladan sholi 115 ming gektarga yoki 44,6 martaga kengaytirildi. Shu yillarda ularning hosildorligi ham oshdi. Masalan, barcha turdagi g’alla ekinlarining hosildorligi 1960 yildagi 7,8 sentnerdan 1990 yilda 18,8 sentnergacha yoki 2,4 marta oshdi, mos ravishda sholi hosildorligi 18,9 sentnerdan 34,2 sentnergacha yoki 1,8 marta oshdi.
G’allachilikda intensiv va ekstensiv yo’llardan oqilona foydalanish evaziga respublikada 1990 yilda 1960 yilga nisbatan yalpi g’alla hosili 1177,5 ming tonnaga yoki 1,6 marta shu jumladan sholi yalpi hosili 444 ming tonnaga yoki 7,5 marta ko’paydi.
G’alla yalpi mahsulotini ko’paytirish omillaridan oqilona foydalanish natijasida sug’oriladigan yer resurslaridan foydalanish hamda g’alla ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining rentabellik darajasi ko’tarildi. Masalan, 1990 yilda davlat buyurtmasi asosida sotilgan g’allaning rentabelligi davlat va jamoa xo’jaliklarida mos ravishda 48,7 va 55,1 % ni tashkil etadi.
Ammo, respublikada yetishtirilgan g’alla unga bo’lgan minimum talabni ham qondira olmadi. Uning non va omuxta yemga bo’lgan talabining yarmidan ko’prog’i SSSR umumdavlat fondi hisobiga to’ldirilgan edi.
O’zbekistonda mustaqil rivojlanish yillarida g’allachilikni tezroq rivojlantirish kompleks chora-tadbirlari amalga oshirildi. Masalan, 2000 yilda 1990 yilga nisbatan g’alla ekin maydoni 603,8 ming gektarga yoki 60 % ga kengaytirildi, uning hosildorligi mos ravishda 55 sentnerga yoki 29 % ga, yalpi mahsulot miqdori esa 2017 ming tonnaga yoki 2,1 marta ko’paydi. Axoli jon boshiga g’alla ishlab chiqarish 1960 yilda 93 kilogrammdan, 2000 yilda 161 kg yoki 1,7 marta ko’paydi.
2004 yilda respublika bo’yicha 5800 ming tonna yalpi g’alla hosili olindi. Uning ko’payishi gektaridan olinadigan hosildorlikni oshirish hisobiga erishildi. O’rtacha hosildorlik 38 s, 1990 yilga nisbatan 13.7 s.ga yoki 56.4 foizga yuqori. Axoli jon boshiga 220 kg.ga yaqin g’alla ishlab chiqarildi, unga bo’lgan minimum talabning taxminan 50-60 % ga tengdir. Qayd etish zarurki, 2004 yilda jaxon mamlakatlari bo’yicha jon boshiga 400 kg don ishlab chiqarildi. Kanada va AQShda uning hajmi mos ravishda 100 kg dan ortiqroqdir.
Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan g’allaning 80-85% ini bug’doy tashkil qiladi. Axolining mahsulotlarga bo’lgan talabi respublikada ishlab chiqarilgan. Chorva hayvon-larining to’yimli don ozuqalariga bo’lgan talabining 10 % i respublikada ishlab chiqariladi, qolgan qismi esa paxta kunjarasi, sheluxasi va boshqa qo’shimcha hamda qoldiq sanoat mahsulotlari bilan to’ldiriladi.
Respublikada guruchga, sifatli unga, serhosil navlar urug’iga va omuxta yemga bo’lgan talabi qisman jaxon bozorlaridan sotib olinadi. Bunday tajriba normal jarayondir.
Istiqbolda mamlakat aholi jon boshiga o’rtacha 500 kg dan ishlab chiqarish g’allachilik tarmog’ining sosial-iqtisodiy hamda siyosiy samaradorligini oshiradi. Ammo, bu vazifani boshqarish o’ta murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun dunyo bozoridan ayrim don mahsulotlari sotib olish davom etadi.
O’zbekistonda sug’oriladigan g’alla maydonlarini kengaytirish uchun unumdorligi yuqori yer va suv resurslari chegaralangan. Lalmikor yerlarda g’allachilikni rivojlantirish barqaror samara bermaydi, ayniqsa, qurg’oqchilik yillari hosildorlik bozor iqtisodiyoti qonunlari va mexanizmlari talablariga mos kelmaydi.
Respublika sharoitida g’allachilikning barqaror sosial-iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun dastavval barcha turdagi g’alla ekinlari hosildorligini oshirishning real imkoniyatlaridan to’laroq foydalanish zarur. Bu borada ilg’or korxonalarda anchagina yutuqlar qo’lga kiritilgan. 2000-2002 yillarda Andijon viloyati bo’yicha sug’oriladigan maydonlarda o’rtacha hosildorlik 70-75 s.ni tashkil etgan, ilg’or shirkat va fermer xo’jaliklarida gektaridan 90 s. va undan ortiq bug’doy hosili olingan.
Barqaror yuqori hxosil olish kompleks texnologik ishlarni sifatli va qisqa muddatlarda bajarishni talab etadi.
Kuzgi boshoqli g’alla sifatli haydalgan yerlarga optimal muddatlarda ekiladi. Ko’pchilik bug’doy navlarini sentyabrning oxiridan ikkinchi o’n kunligida ekish tavsiya etiladi. Ular ertaroq ekilganda qish tushguncha naychalash fazasiga o’tishi mumkin. Qish mavsumi nisbatan iliq kelgan yillari ular o’sishini davom ettiradi va boshoqlash fazasini tezlashtiradi.
Odatda, respublikaning shimoliy mintaqalarida optimal ekish muddatlari erta, janubiy viloyatlarda kechroq bo’ladi. Bunda har bir viloyat, tuman uchun ayrim navlarning biologik xususiyatlarini hisobga olib optimal ekish muddatlariga aniqlik ham kirgizilishi mumkin. Ko’plab o’tkazilgan tajribalar bir xo’jalikda bir necha serhosil navlarni ekish maqsadga muvofiqligini ko’rsatmoqda. Oldin biologik kuzgi navlar, keyin duvarak, bahorgi navlar ekiladi.Arpa bug’doydan keyin ekiladi, chunki arpa bug’doyga nisbatan tezroq rivojlanadi. Ekish muddati optimal muddatlarda o’tkazilishi mavjud texnika vositalaridan samarali foydalanishga sharoit yaratadi.
Respublikamizda serhosil, kasalliklarga, zararkunandalarga, yotib qolishga, tabiatning boshqa noqulay omillariga chidamli, don sifati yuqori bug’doy va arpaning sug’oriladigan yerlarda ekishga mo’ljallangan intensiv tipdagi navlarini ekish tavsiya etiladi. Bunday navlar davlat reyestridan o’tkazilishidan oldin Davlat nav sinash tajriba stansiyalarida yoki uchastkalarida yagona uslub bo’yicha sinaladi, hamda oldindan ekib kelinayotgan navlardan hosildorlik va boshqa ko’rsatgichlari bo’yicha ustunlik qilsa, nav sinalgan tuproq-iqlim mintaqasida ekish uchun davlat reyestiridan o’tkaziladi. Xo’jaliklarda faqat Davlat reyestiridan o’tgan yoki istiqbolli navlar ekilishi lozim. 2000-2005 yillarda Davlat reyestiridan quyidagi yumshoq bug’doy navlari o’tgan va tumanlashtirilgan. Sangzor, Sherdor, Yonbosh, Marjon, Sangzor-4, Unumli bug’doy, Skifyanka, Yuna, Bezostaya-1, Spartanka, Intensiv, Sete-serros-66, qattiq bug’doy navlaridan- Aleksandrovka, Baxt va boshqalar, shuningdek, arpa navlaridan, Temur, Marokand, Bobur va boshqalar.
Bu navlardan nav sinash uchastkalarida 40-50 sentnerdan 80-90 sentnergacha hosil olingan. Xo’jaliklarda har kanday nav uzoq yillar davomida ekilsa, urug’larning qimmatli xususiyatlari pasayib boradi. Shuning uchun har 3-4 yilda navlarni yangilash zarur.
Rejalashtirilgan hosilga, tuproqning agrokimyoviy ko’rsatgichlariga, o’simlikning nam bilan ta’minlanish darajasiga qarab mineral va organik o’g’itlar miqdori aniqlanadi. O’zbekiston sharoitida sug’oriladigan yerlarda 1 tonna bug’doy va shunga muvofiq somon hosili olish uchun, tumanlashtirilgan navlarga 34-37 kg. azot, 11-12 kg. fosfor, 23-25 kg. kaliy solinadi. Odatda ulardan foydalanish darajasi ob-havo, tuproq sharoiti, navning biologik xususiyati, ekish muddati, tup qalinligi va boshqa omillarga bog’liq holda o’zgarishi mumkin.
Bug’doydan yuqori hosil olishning real imkoniyatlaridan biri almashlab ekishdir. Kuzgi bug’doyni ikki yildan ortiq joylashtirish, dalada begona o’tlarning, kasalliklarning hamda zararkunandalarning ko’payishiga, tuproq unumdorligining, binobarin hosildorlikning pasayishga va don sifatining buzilishiga olib keladi. Ayniqsa kuzgi bug’doy urug’lik uchun ekilganda uni boshoqli don ekinlaridan keyin joylashtirishga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Kuzgi bug’doy uchun beda va boshqa chorva ozuqa ekinlari, kartoshka, sabzavot va dukkakli don ekinlari samarali o’tmishdosh hisoblanadi. Ayni paytda shu ekinlar uchun kuzda ekilgan bug’doy ham o’z navbatida o’tmishdosh ekindir.
Uzoq muddatlarda bug’doy-g’uza almashlab ekishining joriy etilishi tuproq unumdorligini pasayishiga olib keladi, natijada me’yordan ortiqcha mineral o’g’itlardan foydalanishga zaruriyat tug’iladi, yerning ekologik holatlari yomonlashadi va hokazo.
Kuzgi bug’doy hosilini oshirish ilg’or sug’orish rejimidan foydalanishga bevosita bog’lik. Tuproqda nam to’plash maqsadida o’tkaziladigan sug’orishni yerni haydashdan oldin amalga oshirish yuqori samara beradi. Bunday dalalarda ekilgan urug’lar qisqa vaqtda bir tekis unib chiqadi, o’simlikning yer ustki qismi hamda ildiz qismi mustaxkam rivojlanadi va natijada hosildorlikning oshishiga olib keladi.
Amaliyotda tuproqda nam to’plash uchun sug’orishni urug’ ekilgandan keyin o’tkaziladi. Bunday dalalarda, odatda tuproq yoriladi, ildizlar uziladi, o’simlikning rivojlanishi susayadi, natijada hosildorlik pasayadi, o’simlikning suvga bo’lgan talabi, uning hayotining dastlabki kunlaridanoq paydo bo’ladi. Suvga bo’lgan eng ko’p talab naychalash, boshoqlash fazalariga to’g’ri keladi.
O’simlikning suvga talabini barqaror ta’minlash uchun tuproqning namlik sig’imi 70-80 % dan kam bo’lmasligi kerak. Bunig uchun, ya’ni tuproqda nam to’plash uchun sug’orish gektariga 1200 m3, o’sish davrida 700-750 m3 hajmida 3-4 marta sug’orishni o’tkazish tavsiya etiladi. Sut pishishining oxiri, mum pishish oldidan gektariga 250-300 m3 hajmida yugurtirib, yengil sug’orishni o’tkazish hosilni oshirishga qulay sharoit yaratadi.
Ekish oldidan nam to’plash va o’simlikni o’sish davrida sug’orishning jo’yaklar orqali amalga oshirilishi, o’q ariqlar oralig’i 100 m dan oshmaganda, ham yuqori hosil olish imkoniyatini beradi.
Kuzgi bug’doy 1 t. don hosil qilishi uchun o’rtacha 700 –10003 suv sarflaydi. Suv bilan ta’minlanish optimallashib borishi bilan 1t.don hosil bo’lishi uchun sarflangan suv miqdori ham kamayib boradi, natijada sug’oriladigan g’allachilik samaradorligi ko’tariladi.
Yuqori hosil olish omillaridan yana biri uni qisqa muddatlarda yig’ib-terib olishdir.Masalan, kuzgi bug’doy pishib yetilgach 8-12 kunda o’rib-yanchib olinishi zarur. Agar uning muddati kechiktirilsa hosilning bir qismi nobud bo’ladi (dalalarda qolib ketadi) Ayrim xo’jaliklarda nobud bo’lgan hosil sifatli sug’orish va o’g’itlashdan olinadigan qo’shimcha hosildan ham ko’p bo’ladi va tarmoqning samaradorligini keskin pasaytiradi.
Hosilni yig’ishtirishda kombaynlardan guruh usulida foydalanish samarali hisoblanadi. Ang’iz ekinlari tuprog’ini tayyorlash eng qulay muddatlarda o’tkaziladi, ularni ekish muddati qisqaradi va hosildorligi oshadi.
Demak, yuqori hosil yaratish uchun barcha texnologik jarayonlar o’z vaqtida va sifatli o’tkazilishi zarur. Chunki, odatda samaradorlik hosilni yaratish, yig’ib olish bilan bevosita bog’liqdir. Ma’lumki, g’allachilik va uning mahsulotlarining iqtisodiy samaradorligi 1 s. mahsulotining to’liq tannarxi va uni sotish bahosi hamda rentabellik ko’rsatkichlari asosida baholanadi. Oddiy shaklda tahlil shuni ko’rsatadiki barcha turdagi 1 sentner g’allaning tannarxi qishloq xo’jalik korxonlarida, shu jumladan shirkatlarda va fermer xo’jaliklarida oxirgi yillarda oshib bormoqda. Bunday holat g’allachilikda ishlatiladigan asosiy va aylanma vositalarga ko’tara hamda chakana baholarning oshishi, nominal brutto mehnat xaqqi fondi, undan hisoblanadigan ajratmalar, soliqlar va to’lovlar hajmining ko’payishi hisobiga sodir bo’lmoqda.
1 s. g’alla tannarxi so’mning inflyasiya koeffisentining oshishi hamda jahon bozorida bahoning tashkil topish darajasini hisobga olib, barcha turdagi tovar g’alla mahsulotlariga davlat xarid baholari oshirilmoqda.
1 s. g’alla tannarxi va uning sotish bahosining o’sishi o’rtasida mutanosiblikning saqlanmasligi oqibatida tannarxga kiritilgan xarajatlarning rentabelligi ko’pchilik korxonalarda past darajada yoki ular zarar bilan ishlashmoqda.
Korxonalarning moliyaviy ahvolini yaxshilash, shu jumladan ularning aylanma fondlarini tashkil etish maqsadida, fyuchers kontraktasiya shartnomasiga asosan davlat buyurtmasi buyicha sotiladigan mahsulot qiymatining 50 % hajmida avans beriladi.
Ko’pchilik korxonalarda g’allachilikda mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash oila pudrati asosida amalga oshiriladi, moddiy manfaatdorlik va javobgarlik tamoyillaridan foydalanish samaradorligi kuchaytiriladi.
Ammo, g’allachilikda aniqlanadigan ko’pchilik samaradorlik ko’rsatkichlari bozor iqtisodiyoti qonunlari mexanizmlari va kategoriyalaridan oqilona foydalanish talablariga to’laroq javob bermaydi.
Shuning uchun, mavjud real imkoniyatlardan oqilona foydalanishni tezlashtirish maqsadida bozor iqtisodiyoti sharoitidagi islohatlarni yanada chuqurlashtirish dolzarb vazifadir. Dastavval, tovar mahsulotlarining sotish baholarini erkin va shartnoma asosida tashkil topishiga, g’allakorlarni mehnat natijalariga qarab garantiyalangan xaq to’lanishiga erishish zarur. Tarmoqda mehnatga pul va natural shaklida xaq to’lashni joriy etish samarali hisoblanadi.



Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin