16-mavzu: O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi Reja


Donchilik iqtisodiyoti va boshqaruvi



Yüklə 236 Kb.
səhifə8/14
tarix12.05.2023
ölçüsü236 Kb.
#111883
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
16-mavzu O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi R

16.4. Donchilik iqtisodiyoti va boshqaruvi.
G’allachilik o’simlikchilikning yetakchi tarmog’i hisoblanadi va alohida xalq xo’jaligi axamiyatiga ega. O’zbekiston aholisi iste’mol etadigan oziq-ovqatlarning katta kaloriya hamda oqsil hisobida olingan don mahsulotlarining hissasi 50-60 foizni tashkil etadi. Respublikada aholi jon boshiga non, vermishel, makaron, guruch, mosh, no’xat, loviya va boshqa g’alla mahsulotlaridan tibbiy me’yorlarga nisbatan ko’proq iste’mol qilinadi. Ozuqabop donlardan, chorvador olimlar tomonidan aniqlangan me’yorlarda, oziqlantirish zotli chorva mollari potensial mahsuldorligi imkoniyatlaridan to’laroq foydalanishga sharoit yaratadi. Don oziq-ovqat sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi va uning rivojlanish darajasiga bevosita ta’sir ko’rsatadi.
G’allachilikning qo’shimcha mahsulotlari (somon, poxol, poya va x.k.)dan chorva ozuqasi, to’shama organik o’g’it, qog’oz va boshqa sanoat tarmoqlarida xom ashyo sifatida foydalanish ham yuqori iqtisodiy samara beradi. Donchilikning asosiy va qo’shimcha mahsulotlarini ko’paytirish va sotishni tashkil etish mamlakatning sosial-iqtisodiy rivojlanishi hamda aholini arzon oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlash uchun qulay sharoit yaratadi. O’zbekistonda 2002 yilda tashkil topgan chakana baholarda 1 kg yumshoq bug’doydan tayyorlangan1,2 kg I nav non mahsulotini sotishdan 220 so’m pul tushumi olinadi. Bundan tashqari kepak va somon mahsulotlaridan 40-50 so’mga yakin pul olinadi. Demak 1 kg bug’doydan olingan asosiy va qo’shimcha mahsulotlarning qiymati 260-270 so’mga tengdir. O’zbekiston iqlim sharoitida kuzgi g’alla ekilgan maydonlarda ikkinchi ekin (chorva ozuqasi, kartoshka va sabzavot)lardan mahsulotlar olish mumkin.
Demak, g’allachilikni intensiv rivojlantirish yer, suv va boshqa resurslar potensialidan samarali foydalanishga sharoit yaratadi. Ammo, ayrim tarixiy davrlarda O’zbekistonda g’allachilikning rivojlanish darajasi bozor iqtisodiyoti hamda mustaqil rivojlanish talablariga to’laroq javob bermagan.
O’zbekistonda 15-20 turdagi madaniy g’alla ekinlari 2,5-3 ming yillardan buyon ekiladi. Ammo, g’allachilikning samaradorligidan to’laroq foydalanish ayrim tarixiy davrlarda keskin tafovut qiladi. Bunday holatni asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlaridan ham ko’rish mumkin (16.5-jadval)

Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin