16-mavzu: O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi Reja


Paxtachilik iqtisodiyoti va boshqaruvi



Yüklə 236 Kb.
səhifə10/14
tarix12.05.2023
ölçüsü236 Kb.
#111883
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
16-mavzu O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi R

16.5. Paxtachilik iqtisodiyoti va boshqaruvi.
G’o’za texnik ekinlar guruhiga kiradi. Ular o’z navbatida yig’iruv va oziq-ovqat mahsulotlari beruvchi va boshqa guruhlarga bo’linadi. Yigiruv mahsulotlari beruvchi ekinlarga g’o’za, zig’ir, kenaf, jut va boshqalar kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlari beruvchi ekinlar guruhiga esa qand lavlagi, yog’ beruvchi, dorivorlar, chekish uchun tamaki va maxorka, kauchuk beruvchi va boshqalar kiradi.
Yer yuzida 80 ga yaqin, O’zbekistonda esa –40 ga yaqin texnik ekinlar ekiladi. Ularning ichida g’o’za asosiy ekin hisoblanadi. G’o’za yetishtirishdan paxta xom-ash’yosi va g’o’zapoya olinadi. Paxta xom-ash’yosini birlamchi qayta ishlash jarayonida paxta tolasi va chigit olinadi. Odatda, paxta tolasi chiqishi 30-35, urug’i esa – 60-65 foizni tashkil etadi. Bir tonna paxta xom-ash’yosini qayta ishlashda 3000 m.kub.ga yaqin gazlama, 100-110 kg yog’, 200-250 kg kunjara, 50-60 kg. sheluxa, 10 kg. xo’jalik sovuni va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Paxtachilik universal tarmoqqa aylanib bormoqda. Uning asosiy mahsulotlari paxta xom-ash’yosi va poyasini qayta ishlash jarayonida 1200 dan ortiq sanoat mahsulotlari olinadi. O’zbekiston to’qimachilik sanoati xom-ash’yosi balansida paxta tolasi 70 foizni, o’simlik yog’-moy sanoatida – chigit 90 foizni tashkil etadi.
Paxta xom-ash’yosidan gazlama, ip, momiq, sun’iy ipak, to’qimachilik va boshqa ko’pgina buyumlar ishlab chiqariladi. Chigitdan eng arzon yog’, margarin, sovun, gliserin va boshqa mahsulotlar, chigit qoldig’idan esa kunjara, sheluxa olinadi. Paxta tozalash va yog’ zavodlari chiqindilaridan izolyasiya materiallari, sellyuloza, spirt, linoleum, lok, har xil buyoqlar, kino plyonkasi va boshqa ko’pgina tovarlar tayyorlanadi.
G’o’za bargidan organik kislotalar, jumladan, sirka, limon, olma kislotasi olinadi. G’o’zapoyadan dag’al qog’oz, karton, faner, oshlash va boshqa materiallar ishlab chiqariladi. Chigitdan olinadigan sheluxa chorva mollari uchun to’yimli ozuqa hisoblanadi, undan gidroliz sanoatida xom – ash’yo sifatida foydalaniladi, furfulon va texnik spirt olinadi. Furfulondan smola, plastmassa, kapron, sintetik tola, alif, har xil dorivorlar va boshqa mahsulotlar olinadi. Har bir gektar g’o’za gullaridan mavsumda 60-70 kg asal mahsuloti olish mumkin. Asalarichilikni tashkil etish hisobiga g’o’zaning changlanish sifati tubdan yaxshilanadi va uning hosildorligi 2-3 sentnerga oshadi.
Bir tonna paxta xom – ash’yosini qayta ishlashdan olingan asosiy tovar mahsulotlar(gazlama, yog’, kunjara, sheluxa, momiq)ni sotishdan 2004 yil o’rta baholarida hisoblaganda 2000 ming so’mlik pul tushumi tushadi. Agar gazlamadan tayyor kiyimlar tayyorlanib sotilsa pul tushumi 4-5 marta ko’payadi.
Paxta tolasini jahon bozorida sotish jarayonida O’zbekistonning xalqaro valyuta fondi ko’payadi, natijada uning yangi texnologiya va texnikani sotib olish imkoniyati mustahkamlanadi, hamda iqtisodiy taraqqiyoti tezlashadi va h.k.
O’zbekistonda paxtachilik ikki yarim ming yildan buyon rivojlanadi. Ammo, uning yuqori samaradorligidan foydalanish ayrim tarixiy davr-larda keskin tafovut qiladi. Buni asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlaridan ham ko’rish mumkin (16.6-jadval)

Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin