16-mavzu: O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi Reja


O’simlikchilik tarmoqlari ishlab chiqarishi va agrotexnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi



Yüklə 236 Kb.
səhifə6/14
tarix12.05.2023
ölçüsü236 Kb.
#111883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
16-mavzu O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi R

16.3. O’simlikchilik tarmoqlari ishlab chiqarishi va agrotexnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi.
O’simlikchilik tarmoqlarining respublika hamda qishloq xo’jalik korxonalari iqtisodiyotidagi o’rnini, ahamiyatini e’tiborga olgan holda kelajakda ularni rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish yeng asosiy vazifalardan biridir. Bu muammoni ijobiy hal etish uchun, avvalo, erkin bozor talablarini e’tiborga olgan holda qanday turdagi dehqonchilik mahsulotlarini va qancha miqdorda etishtirish zarurligini aniqlab olish lozim. Bunda davlatning qanday mahsulotlarga va qancha miqdorda ehtiyojmand ekanligini aniqlashga alohida e’tibor berish lozim. Chunki davlat o’z ehtiyojini qondiradigan tovar ishlab chiqaruvchilar uchun imtiyozlar yaratmoqda.
Xo’jaliklar boshqa iste’molchilarning qisqa va uzoq muddatli talablarini ham chuqur o’rganishlari, o’z ichki ishlab chiqarish ehtiyojlari hamda boshqa talablarini aniqlab olishlari lozim. Qaysi mahsulotni va qancha miqdorda etishtirish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashda ularning samaradorligini, albatta, e’tiborga olish zarur. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo’jalik o’z talabini qondiradigan miqdorda foyda keltiradigan mahsulotlarni etishtirish bilan shug’ullanishi lozim. Yuqorida ta’kidlangan masalalarni hal etishda ekinlarni almashlab yekishning nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan tizimi joriy etilishiga ham alohida e’tibor berish kerak. Chunki bu tuproqning unumdorligi oshishini ta’minlaydi.
O’simlikchilik mahsulotlarini belgilangan miqdorda etishtirish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalarini: ularning turlarini, miqdorini hamda holatini aniqlab olish alohida ahamiyatga egaligini unutmaslik zarur. Chunki shular yordamida mahsulot etishtirish jarayonlari belgilangan muddatlarda, sifatli bajarilishi ta’minlanadi. Natijada ishlab chiqarish va boshqarish xarajatlari ma’lum miqdorda tejalishi mumkin.
Barcha vositalardan yil davomida to’g’ri, to’liq hamda samarali foydalanish orqali talabni qondiradigan miqdorda sifatli o’simlikchilik mahsulotlari etishtirish, ularning samaradorligini yuksaltirish uchun muayyan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir (16.4-jadval)
16.4-jadval
O’simlikchilik mahsulotlari etishtirishni rivojlantirish va ularning samaradorligini yuksaltirish yo’llari


Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin