16-mavzu: O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi Reja



Yüklə 236 Kb.
səhifə14/14
tarix12.05.2023
ölçüsü236 Kb.
#111883
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
16-mavzu O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi R

16.8-jadval
O’zbekistonda bog’dorchilikning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari

Yillar

Hosilga kirgan boglar maydoni,
ming ga.

Meva va rezavorlar yalpi hosili,ming tonna

1 gektaridan hosildorlik, s/ga

Aholi jon boshiga, kg

1940 yil
1960 yil
1990 yil
2000 yil
2004 yil

19,6
41,8
140,1
139,0
147

137,7
101,2
660,4
790,9
1024,9

70,3
24,2
47,0
56,9
68,7

20,6
16,4
30,5
32,9

Yalpi meva rezavor meva hosili 1960 yilda 1940 yilga nisbatan 26,5 % ga kamaygan, 1990 yilda 1960 yilga nisbatan esa 6,5 marta ko’paygan. Uning ko’payishiga yoki kamayishiga bog’lar maydoni va gektaridan olingan hosil xar xil darajada tasir etgan. Jadvalda keltirilgan malumotlarning tahlili ko’rsatadiki, 1990 yilda 1960 yilga nisbatan yalpi hosil o’sishining 40 % ekin maydonining kengayishi, 60% esa gektaridan hosildorlikni oshishi hisobiga erishilgan. 2000 yilda 1990 yilga nisbatan yalpi mahsulot qariyb 20 % ga ko’paygan; o’sish mutloq gektaridan hosildorlikni oshishi hisobiga erishilgan.
Qayd etish lozimki, bog’zorlar hosildorligiga ko’pincha ob-havo tasir etadi. 2000 yil ob-havo tarmoq uchun boshqa yillarga nisbatan qulay keldi. Natijada 1999 yilga nisbatan gektaridan hosildorlik 20,4 sentnerga yoki qariyb 56 % ga oshdi. 2000 yilda aholi jon boshiga qariyb 33 kg meva-rezavor mevalar ishlab chiqilgan. Bu 1960 yilga nisbatan 2 marta ko’pdir. 2000 yilda 8,4 % mahsulot umumittifok fondiga sotilgan. Aholi jon boshiga 23 kg meva-rezavor meva istemol etilgan xolos.
Istiqbolda bog’dorchilik mahsulotlarini ko’payishi gektaridan hosildorlikni 2-3 marta oshirish hamda o’rik, nok, gilos, anjir, anor, xurmo, shotut va boshqa Respublika sharoatida serdaromad maydonlarni kengaytirish maqsadga muvofikdir.
Bog’dorchilik tovar mahsulotlarining rentabelligi keyingi yillarda bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari darajasida tashkil topadi. Bu ko’rsatkich asosan sotish baholarining nisbatan oshishi hisobiga erishilgan. Ko’pchilik xo’jaliklarda yildan-yilga 1 s mevaning tannarxining ko’tarilishi kuzatilmoqda. Bu holat asosan hosildorlik va mehnat unumdorligi darajasining pastligi hamda zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurash xarajatlarining ko’payishi bilan bog’liq.
Sifatliroq va serdaromad mahsulotlarni ko’proq ishlab chiqarish maqsadida quyidagi real imkoniyatlardan to’laroq foydalanish zarur:
-hosildorligi hamda tovarlik xususiyatlari yuqori mevalar maydonini kengaytirish, yetarli miqdorda ko’chatlar tayyorlash, ularni asosan kuz oylarida ekish;
-hosildorlikni oshirish uchun agrotexnologik jarayonlarni o’z vaqtida sifatli qilib bajarish;
-xar ikki – uch yilda gektariga 20-40 chirigan go’ng, har yili 120-180 kg azot, 60-90 kg fosfor, 30-45 kg kaliy mineral o’g’itlarini solish;
-hosilga kirgan bog’larni o’rtacha 4-5 marta 600-700 m3 hisobida sug’orish; yer osti suvi 1,5-2,0 m chuqur joylashgan joylarda yanvar oyida 2 marta yaxob suvini berish qulayrog’i tomchilab sug’orishni joriy etish;
-kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashni qisqa muddatlarda o’tkazish;
-tovar mahsulotlarni bozor iqtisodiyoti qonunlari talablari asosida tashkil topgan mavsumiy baholarda sotish, ularning nobud bo’lishni keskin kamaytirish va h.k.


Nazorat uchun savollar:
1. O’simlikchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati qanday?
2. O’simlikchilikning asosiy tarmoqlari deganda nimani tushunasiz?
3. O’simlikchilikning qanday asosiy tarmoqlari va ularning xususiyatlarini bilasiz?
4. Donchilik iqtisodiyoti va boshqaruvi haqida nimalar bilasiz?
5. Paxtachilik iqtisodiyoti va boshqaruvi haqida nimalar bilasiz?
6. Sabzavotchilik, bog’dorchilik iqtisodiyoti va boshqaruvi haida nimalar bilasiz?


Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin