16-mavzu: O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi Reja


O’simlikchilikning asosiy tarmoqlari va ularning xususiyatlari



Yüklə 236 Kb.
səhifə2/14
tarix12.05.2023
ölçüsü236 Kb.
#111883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
16-mavzu O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi R

16.2. O’simlikchilikning asosiy tarmoqlari va ularning xususiyatlari.

Mamlakatni oziq-ovqat bilan ta’minlashning muhim rezervi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xom-ashyo va oziq-ovqatning mintaqaviy fondlarini yaratishdir. O‘simlikchilik mahsulotlarini xarid va yetkazib berish hajmi va ro‘yxati hukumat tomonidan, mintaqaviy fondlar – O‘zbekiston Respublikasi sub’yektlari ijroiya hokimiyati sub’yektlari tomonidan belgilanadi. Xarid va yetkazib berish hajmi yillik aniqlashtirish bilan byesh yilga belgilanadi va davlat tomonidan kafolatlanadi.


Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida o‘tkazilayotgan tub iqtisodiy islohotlar g‘alladan yuqori va sifatli hosil olishning asosiy omili bo‘lmoqda.
Respublikamizning murakkab ob-havo sharoitida ham hosildorlik har yilgidan yuqori bo‘lganligi dehqonlarimizning samarali mahnatlari natijasi hisoblanadi. Respublikamizda o‘tgan yilda g‘alla hosildorligi gektaridan o‘rtacha 45,4 sentnerni, suvli yerlarda esa 51,2 sentnerni tashkil etdi. Yalpi yetishtirilgan don hosili 6 mln 650 ming tonnani tashkil etdi. Bu muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimovning mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridayoq, aholimizni don va don mahsulotlari bilan ta’minlash, o‘z donimiz va o‘z nonimizga ega bo‘lishimiz, buning uchun g‘alla mustaqilligiga erishishimiz kerakligi to‘g‘risida oqilona yo‘l o‘riqlari, ko‘rsatmalarini naqadar to‘g‘ri ekanligini isbotidir.
Bugungi kunda Respublikamiz g‘alla yetishtirish va hosildorligi bo‘yicha rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oldi.
G‘alla dunyodagi barcha insonlarning asosiy oziq-ovqati hisoblanishini hammamiz yaxshi bilamiz. Dunyoda 220 mln. gektardan ortiqroq maydonda g‘alla ekiladi. Yalpi don hosili esa 650 mln. tonnani tashkil etadi (16.1-jadval)
16.1-jadval
Dunyoning ayrim mamlakatlarida g‘alla yetishtirish

T.r.

Mamlakatlar

Ekin maydoni, ming ga

Hosildorligi, s/ga

Yalpi hosil, mln. tonna

1

Belgiya

213

78,0

1,660

2

Fransiya

5206

73,0

38,139

3

Germaniya

2794

73,0

20,479

4

Niderlandiya

127

81,0

1,025

5

Angliya

1993

79,0

15,68

6

AQSH

23400

29,0

67,860

7

Xitoy

28426

38,0

107,659

8

Hindiston

26945

26,0

72,458

9

Meksika

719

45,0

3,202

10

Kanada

1060

24,0

25,929

11

Rossiya

21300

30,0

65,100

12

Ukraina

5575

23

15,900

13

Qozog‘iston

9304

0,9

11,500

14

Turkmaniston

508

29,0

1,484

15

Qirg‘iziston

463

24,0

1,117

16

Tojikiston

330

11,0

365




Dunyo bo‘yicha

220258

30,2

650,727

Sug‘oriladigan yerlarda o‘rtacha hosildorlik Andijon viloyatida 62,1 s., Qashqadaryo 57,9 ts., Surxondaryo 56,3 ts., Buxoro viloyatida 56,1 ts., Samarqand viloyatida 54,0 ts., Toshkent viloyatida 53,0 ts., Farg‘ona viloyatida 50,6 sentnerni tashkil etdi. Shuni aytish joizki, ayrim ilg‘or fermer xo‘jaliklarida hosildorlik gektaridan 60-70 sentnerni, hattoki, undan ortiqni tashkil etdi.
Keyingi yillarda jami ekin maydonlar miqdori qisqardi (2000 yilda 3778,3 ming ga 2009 yilda 3608,5 ming ga cha), shu jumladan paxta ekin maydoni (1444,5 ming gektardan 1347,1 ming gektargacha) va donli ekinlar (1614,0 ming gektardan 1610,6 ming gektargacha) ham. Paxta va g‘alla ekin maydonlari qisqarishi hisobiga kartoshka, sabzavot va poliz ekin maydonlari miqdori 2000 yilda 5,9% dan 2009 yilda 5,8% gacha kengaygan.i
Ushbu yillar davomida paxta xom-ashyosi ishlab chiqarish hajmi 3002,4 ming tonnadan 3401,9 ming tonnagacha va donli ekinlar 3929,4 ming tonnadan 7391,6 ming tonnagacha oshdi. Bu ekin turlari bo‘yicha ishlab chiqarish hajmining oshishi nafaqat respublika ehtiyojini qondirishni, balki eksport salohiyatini oshirish imkonini berdi. Meva-sabzavot ekinlar ishlab chiqarish hajmi ham oshdi: kartoshka 2,1 martaga, poliz – 2,4 martaga, meva va ryezavorlar – 1,9 martaga va uzum mahsulotlari – 1,4 martaga. Agrar sohada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishining o‘sishi nafaqat ekin maydonlarining ko‘payishiga, balki ularning o‘rtacha hosildorlik darajasining oshishiga ham bog‘liqdir (16.2 - jadval)

Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin