16-mavzu: O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi Reja



Yüklə 236 Kb.
səhifə5/14
tarix12.05.2023
ölçüsü236 Kb.
#111883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
16-mavzu O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi R

O‘rta muddatlarda gektariga 4,5 mln unuvchan urug‘ ya’ni 220 kg. hisobida belgilanadi.
Kechki muddatlarda gektariga 5,0 mln unuvchan urug‘ ya’ni 240 kg. hisobida belgilanadi.

  • G‘o‘za qator orasiga ekishda urug‘ sarfi 10-15 foizga oshiriladi.

16.3-jadval
Ekish me’yorini aniqlashda quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin, gektariga kg. hisobida

1000 dona donning vazni, gr.

Gektariga 3 mln, yoki 1 kv.m.da 300 dona urug‘

Gektariga 4 mln, yoki 1 kv.m.da 400 dona urug‘

Gektariga 5 mln, yoki 1 kv.m.da 500 dona urug‘

Gektariga 6 mln, yoki 1 kv.m.da 600 dona urug‘

38

114

152

190

228

39

117

156

195

234

40

120

160

200

240

41

123

164

205

246

42

126

168

210

252

43

129

172

215

258

44

132

176

220

264

45

135

180

225

270

46

138

184

230

276

47

141

188

235

282

48

144

192

240

288

49

147

196

245

294

50

150

200

250

300

G‘allachilikda ham o‘tgan yillarda bir qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, yalpi hosil 2004 yilda 4 mln 985 ming tonnani tashkil qilgan bo‘lsa, 2009 yilda bu ko‘rsatkich 1 mln 221 ming tonnaga oshib, 6 mln. 171 ming tonnani tashkil etdi yoki shu yillar davomida 21,7 foizga ortdi. 2004-2009 yillar davomida g‘alla hosildorligi 9 sentnerga ortib, 51,2 sentnerni tashkil qildi.


Dunyoda paxtachilik bilan shug‘ullanuvchi mamlakatlar anchagina. O‘zbekiston esa ularning orasida eng shimoliy mintaqada joylashgan. Shunday bo‘lsa-da, mamlakatimiz «oq oltin» yetishtirish bo‘yicha jahonda oltinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinda turadi.
Ochig‘i, bu maqomga erishish va uni barqaror saqlab turish bugungi raqobat tobora keskinlashib borayotgan sharoitda oson emas. Mazkur jarayonda, tabiiyki, respublikamizda paxtachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish maqsadida tizimli islohotlar izchil amalga oshirilayotgani, xususan, dehqon va fermerlar mehnati munosib qadrlanayotgani muvaffaqiyatlar omili bo‘layotir. Shu bilan birga, yurtimizda paxtachilik bo‘yicha boy tajriba to‘plangani, fermerlar hukumatimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgani, ularning samarali mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani tufayli, tabiat injiqliklariga qaramay, har yili mo‘l va sifatli hosil olishga erishilayotganini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqlim va tuproq sharoitiga mos tezpishar hamda serhosil, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari va kasalliklarga chidamli o‘nlab yangi g‘o‘za navlari yaratildi. Xususan, bugungi kunda asosiy maydonlarda S-6524, «Buxoro—6», «Buxoro—102», «Namangan—77», «An-Boyovut—2» singari shunday xususiyatlarga ega paxta yetishtirilmoqda. Ularning tolasi sanoatbopligi esa o‘zbek paxtasining mavqei yanada yuksalishini ta’minlamoqda. Gap shundaki, tolamizning oppoq rangi, pishiqligi, mikroneyr ko‘rsatkichlari ustunligiga xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baho berilgan. Jahon to‘qimachilarining O‘zbekistonga intilishi, tolamizni sotib olishga katta umid bog‘lashining sababi shunda. Qolaversa, an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan Xalqaro O‘zbekiston paxta yarmarkasi ana shu masalalarning ro‘yobga chiqishi yo‘lida jahon paxta bozorining muhim voqeasiga aylanib borayotir. Buni yarmarkaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Paxta bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining ijrochi diryektori T.Taunsend, «Sotton Outlook» xalqaro agyentligi bosh muharriri R.Batler, Xitoy paxta uyushmasining vitsye-Prezidenti SH.Jianvey, «Cotton Bangladesh» xalqaro agyentligining bosh muharriri K.Axsan, «Dubai Multi Commodites Center» ijrochi diryektori D.Rutlyej va boshqalar alohida e’tirof etishdi. Quvonarlisi, ular tomonidan mamlakatimiz nafaqat sifatli paxta yetishtiruvchi, balki xom-ashyoni kafolatli ravishda yetkazib beruvchi ishonchli hamkor sifatida tan olindi.
Paxtachilik sohasidagi agrotexnik tadbirlarni (bu tadbirlar asosan ishlab chiqarish va bozor infratizilma sub’yektlari tomonidan amalga oshiriladi) o‘z muddatida bajarilmasligi yoki ayrim resurslarni belgilangan me’yorlarda berilmasligi natijasida mumkin bo‘ladigan nobudgarchiliklar miqdori hisob kitoblarini keltirish mumkin, ya’ni:

  • chigit ekishni o‘z muddatida o‘tkazilmasligi, g‘o‘zaning kech unib chiqishi hosildorlikni o‘rtacha 3,4 s/gacha;

  • sho‘rlangan maydonlarning sho‘rini yuvmaslik yoki sifatsiz sho‘r yuvish 9,0 s/gacha;

  • nam saqlash uchun boronalashni o‘tkazilmasligi o‘rtacha 3,4 s/gacha;

  • chigit ekishdan oldin tuproqning yumshatilmasligi o‘rtacha 2,8 ts/gacha;

  • chigit ekishdan oldin mola bilan tyekislamaslik esa 1,6 s/gacha;

  • umumiy chigit ekishdan oldin maydondagi kyesaklarni maydalab tuproqni ekishga tayyorlamaslik o‘rtacha 8,8 s/gacha;

  • chigit ekishdan oldin mineral o‘g‘itlarni bermaslik 2,5 s/gacha;

  • chigitni agrotexnik talablar asosida sifatli tayyorlamaslik 1,3 s/gacha;

  • barcha turdagi mineral o‘g‘itlar berishni 1 iyulgacha tugatmaslik 10,3 s/gacha;

  • yagonani kyechikib o‘tkazish yoki chigitni qayta ekish hosildorlikni 2,2 s/gacha kamayishiga sabab bo‘ladi;

  • begona o‘tlar to‘liq tozalansa, hosildorlik 3,6 s/gacha;

  • paxta maydonlarini har 3 yilda joriy tyekislash o‘rtacha 6,6 s/gacha;

  • har gektar maydonga 12 tonna organik o‘g‘itlarni berish hosildorlikni o‘rtacha 2,1 s/gacha oshiradi.

Hisob kitoblardan ko‘rinib turibdiki, paxtachilik umuman qishloq xo‘jalik mahsulotlari hosildorligini oshirish, eng avvalo, fermer xo‘jaliklariga infratuzilma sub’yektlarining samarali xizmat ko‘rsatishi va ta’minot korxona tomonidan moddiy resurslarni o‘z vaqtida yetkazib berilishiga bog‘liq.



Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin