16-mavzu: O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi Reja



Yüklə 236 Kb.
səhifə3/14
tarix12.05.2023
ölçüsü236 Kb.
#111883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
16-mavzu O’simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti va boshqaruvi R

16.2 – jadval
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining o‘rtacha hosildorligi (s/ga)

Mahsulot turi

2000 y

2005 y

2006 y

2007y

2008 y

2009 y

Paxta xom-ashyosi

21,8

25,3

25,0

26,0

23,9

25,3

Bug‘doy

27,6

41,5

42,7

44,1

45,2

48,9

Kartoshka

129,3

170,3

175,2

184,5

195,3

197,9

Sabzavot

183,8

215,8

223,0

228,4

252,6

254,3

Meva va rezavor ekinlari

56,9

62,3

73,8

76,4

82,6

87,4

Uzum

55,2

64,7

79,4

85,1

77,4

85,2

Bunday natijalarga navlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir mintaqaning tabiy-iqlim sharoitiga mos navlarni to‘g‘ri tanlash va joylashtirish gektaridan 60-70 sentnerdan hosil yetishtirish bo‘yicha aniq agrotexnik tavsiyalar va ilmiy asoslangan intensiv texnologiyalarning ishlab chiqilganligi va keng joriy etilayotganligi hisobiga erishilmoqda.


Seleksiya va urug‘chilik ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijiy ilmiy muassasalardan 100 dan ortiq yangi bug‘doy navlari keltirilib, ular mahalliy sharoitimizda har tamonlama sinovdan o‘tkazilib, serhosil, yuqori sifatli, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‘lgan 23 ta yangi navlari ishlab chiqarishga joriy etildi.
Bu navlar ichida Kroshka, Polovchanka, Krasnodarskaya-99, Kuma, Moskvich, Tanya, Yesaul, Fortuna, Vostorg, Pamyat, Selyanka kabi intensiv navlar ishlab chiqarish sharoitida har gektaridan 60-70 sentnerdan oshirib hosil bermoqda.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamli hosildorligi yuqori Chillaki, Bobur, Andijon-1, Andijon-2, Andijon-4 O‘zbekiston-1, Hosildor, Zamin-1, Do‘stlik, Omad, Makonat, Asr kabi mahalliy bug‘doy navlari yaratilib Davlati nav sinoviga berildi. Kelgusida har bir mintaqa sharoiti uchun mos yangi navlar yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar jadal olib borilmoqda. Buning uchun Rossiyaning Saratov Yugo-Vostoka, Serbiyaning Noviy sad ilmiy tadqiqot institutlari, IKARDA, SIMMIT Xalqaro ilmiy markazlar bilan hamkorlikda shu mintaqaga xos bo‘lgan yangi navlar yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Biroq ayrim viloyat, tuman hamda fermer xo‘jaliklarida boshoqli don ekinlarini o‘stirishda agrotexnik tadbirlarini bajarishning texnologik talablariga rioya qilinmaganligi natijasida dondan yuqori va sifatli hosil olinmayapdi.
Buning asosiy sababi boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazmasligidir.
Ayniqsa tuproq unumdorligiga ahamiyat bermaslik, yerni ekishga sifatli tayyorlanmasligi, organik va ma’dan o‘g‘itlar yetarli miqdorda va to‘g‘ri nisbatlarda qo‘llanilmasligi, g‘allani sug‘orishni o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazmaslik, kasallik va zararkunandalarga hamda byegona o‘tlarga qarshi o‘z vaqtida choralar ko‘rmaslik, g‘alla navlarining hosildorlik imkoniyatidan to‘la foydalana olmaslik don sifatining pasayishiga olib kelmoqda.
Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qo‘llaniladigan agrotexnik tadbirlarning bajarilishining texnologik talablariga to‘la rioya qilingandagina yanada yuqori va sifatli don hosili olishga erishiladi.
Umuman olganda g‘alla hosildorligi tuproq-iqlim sharoiti, ekilayotgan nav xususiyati, qo‘llanilayotgan agrotexnik tadbirlarga bog‘liq. Boshoqli don o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta’sir etuvchi agrotexnik tadbirlardan har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitiga mos nav tanlash, yerni ekishga sifatli tayyorlash, navdor va ekish sifati yuqori urug‘lik bilan mintaqa uchun maqbul muddat va me’yorda ekish, ekilgan urug‘likni bir tyekisda undirib olish, bug‘doy maysalari to‘la to‘plangan holda tinim davriga kirishi uchun barcha agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish, sug‘orish, ma’dan va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, o‘suv davrida ildizdan tashqari azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish suspenziya sepish, begona o‘tlar kasallik va zararkunandalarga qarshi kurash, yetishtirilgan hosilni nobutgarchiliksiz yig‘ib olishga bog‘liq.
Yuqorida keltirilgan boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi agrotexnik tadbirlarni maqbullashtirilgan holda o‘z vaqtida sifatli qilib o‘tkazilishi hosildorlik va don sifatini oshiradi. Bularni bajarilishidagi texnologik talablar:

Yüklə 236 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin