1. Yerni ekishga tayyorlash
A) Ochiq yer maydonlarini ekishga tayyorlash
Yerni shudgorlash (35-40 sm)
To‘liq karta hosil qilish
B) G‘o‘za qator orasiga bug‘doy ekish uchun yer tayyorlash
G‘o‘za ekilgan maydon qirg‘oqlarini 10-15 myetr masofada g‘o‘zapoyadan tozalash
Fosforli va kaliyli mineral o‘g‘itlarning yillik me’yorini syepish
Kultivatsiya yordamida g‘o‘za qator oraliqlarini 14-15 sm. chuqurlikda yumshatish
Birinchi kultivatsiyani to‘liq mayda ishchi organlar bilan amalga oshirish
Ikkinchi kultivatsiyani mayda ishchi organlar bilan birgalikda britvalar yordamida amalga oshirish
Qator orasiga ishlov berilganda ishchi organlarni g‘o‘za o‘simligidan 3-4 sm. masofada amalga oshirish
2.Nav tanlash
Boshoqli don ekinlarida yuqori va sifatli don yetishtirishda navning o‘rni katta. Eng yaxshi nav tanlash hisobida hosildorlikni gektaridan 5-10 sentnerga oshirish mumkin.
Ertapishar navlar – Chillaki, Bobur, Mars-1, Andijon-4, Zamin-1, Kuma, Yesaul, Omad, Matonat, Selyanka.
O‘rtapishar navlar – Kroshka, Tanya, Pamyat, Nota, Krasnodarskaya-99, Andijon-2, Moskvich, Kupava, Nikoniya.
Kechpishar navlar – Polovchanka, Andijon-1, Durdona, Vostorg, Fortuna.
4. Ekish me’yorlarini belgilash
Ekish me’yori urug‘ unuvchanligi hamda 1000 dona don vaznini hisobga olgan holda belgilanadi
Erta muddatlarda gektariga 4,0 mln unuvchan urug‘ ya’ni 200 kg. hisobida belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |