16. Sut emizuvchilarning inson hayotidagi ahamiyati


Orta Osiyo sutemizuvchilarining turli-tumanligi



Yüklə 22,68 Kb.
səhifə9/12
tarix25.06.2023
ölçüsü22,68 Kb.
#135049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Teriologiya 16-30

27. Orta Osiyo sutemizuvchilarining turli-tumanligi.
Yo‘ldoshlilar tuxum qo‘yuvchilar va xaltalilarga nisbatan ancha yuqori tuzilgan. Ularning homilasi urg‘ochisi bachadonida rivojlanadi. Yo‘ldoshlilar mayda sichqonlardan tortib, juda yirik fillargacha bo‘lgan xilma-xil sutemizuvchilar, shu jumladan, deyarli barcha xonaki hayvonlarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘lqanotlilar – uchishga moslashgan sutemizuvchilar. Ularning oldingi oyoqlari o‘zgarib, qanotga aylangan (105-rasm). Oldingi oyoqlari suyaklari oralig‘iga hamda orqa oyoqlari bilan tanasining ikki yoni o‘rtasiga yupqa teri parda tortilgan. Bu parda hayvon uchganida ko‘tarish yuzasini hosil qiladi. Lekin oldingi oyoqlarining birinchi barmog‘i hamda keyingi oyoqlarining panjasi erkin bo‘ladi. Ular qo‘nganida bu panjalari bilan g‘orlarning devoriga, daraxtlar tanasiga yopishib oladi yoki ularga asta-sekin chirmashib chiqadi
.Kemiruvchilarning yirtqich (qoziq) tishlari bo‘lmaydi. Kurak tishlari esa yirik va o‘tkir bo‘ladi. Qattiq oziqni o‘tkir kurak tishlari bilan uzib olib, oziq tishlari yordamida ezib maydalaydi. Ularning kurak tishlari doimo yedirilib turadi, lekin o‘tmaslashmaydi. Chunki kurak tishlarining orqa tomonida emali bo‘lmaydi. Yuqori va pastki kurak tishlar bir-biriga ishqalanishi tufayli charxlanib o‘tkirlashadi. Kurak tishlar hayvonning hayoti davomida o‘sib turadi.
Bo‘risimonlar oilasi. Bu oilaga bo‘ri, chiyabo‘ri, tulki, korsak va yenotsimon it kiradi (107-rasm). Ular hidni juda yaxshi sezadi; o‘ljasini ta’qib qilib tutib oladi.
Mushuksimonlar oilasi (108-rasm). Mushuksimonlarning ilmoqqa o‘xshab egilgan va o‘tkir tirnoqlari maxsus xaltachaga kirib turadi. O‘ljasini tirnoqlari yordamida tutib, tishlari bilan ushlab turadi. Ko‘pchilik mushuksimonlar hidni yaxshi sezmaydi, lekin juda yaxshi eshitadi. Ular o‘ljasini pana joyda poylab tutib oladi. Mushuksimonlar oilasiga yo‘lbars, gepard, qoplon, silovsin, ilvirs, mushuklar kiradi.
Ayiqsimonlar oilasi. Ayiqlar – baquvvat va yirik hayvonlar (109-rasm). O‘zbekiston tog‘larida qo‘ng‘ir ayiq uchraydi.
Juft tuyoqlilarning barmoqlari bir yoki ikki juft bo‘lib, tuyoqlar bilan qoplangan. Juft tuyoqlilar kavsh qaytaruvchi va kavsh qaytarmaydigan guruhlarga bo‘linadi.
Kavsh qaytaruvchilarga sigir, qo‘y, echki, zubr, sayg‘oq, jayron, bug‘u va boshqa ko‘pchilik juft tuyoqlilar kiradi.
Kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilarning qoziq tishlari kuchli rivojlangan, oshqozoni bo‘lmalarga bo‘linmagan; bo‘yin, oyoqlari va dumi kalta. Ularga to‘ng‘iz (yovvoyi cho‘chqa) va suv ayg‘iri (begemot) kiradi.
Toq tuyoqlilar turkumi. Bu hayvonlarning oyog‘ida bitta yoki uchta barmog‘i bo‘ladi, biroq faqat uchinchi barmog‘i kuchli rivojlangan. Hayvon tanasining og‘irligi, asosan, shu barmoqqa tushadi. Oshqozoni sodda tuzilgan, ammo ko‘richak o‘simtasi juda uzun bo‘ladi.Toq tuyoqlilar yalanglikda yashaydigan hayvonlar bo‘lib, ularga ot, eshak, karkidon, tapir, zebra va qulon kiradi.

Yüklə 22,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin