16. Sut emizuvchilarning inson hayotidagi ahamiyati


Yoldoshli sut emizuvchilar sistematikasi va ularning turkumlariga tarif



Yüklə 22,68 Kb.
səhifə6/12
tarix25.06.2023
ölçüsü22,68 Kb.
#135049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Teriologiya 16-30

22. Yoldoshli sut emizuvchilar sistematikasi va ularning turkumlariga tarif.
Yo'ldoshlilar (Placentalia) yoki yuksak darrandalar (Eutheria) infrasinfi . Bu infrasinf vakillari bare ha qit'alarda va turli-tuman muhitlarda yashaydi. Sutemizuvchilar sinfining aksariyat turlari shu infrasinfga kiradi. Yo'ldoshlilar infrasinfining asosiy xarakterli xususiyati, ulaming Haltalari va qopchiq suyaklari bo’lmasligi. embroni bachadonda rivojlariishi hisoblanadi.
Hozirda mavjud bo'lgan yo’ldoshlilar infrasinfining 17-18 ta turkum> va 4500 ga yaqin turi bor (14 ta turkum vakillari qirilib ketgan).
Notoliq tishlilar (Edentata) turkunii. NotoMiq tishlilar turIcumining turlari kam, ular Janubiy Amerikada tarqalgan. Notoliq tishlilaming tishlari umuman bo'lmasligi va sodda tuzilganligi bilan xarakterlanadi.
Yalqovlar (Bradypodidae) oilasi vakillari daraxt bargi va mevalar bilan oziqlanadi va butun hayotini daraxtda orqasini pastga qilib osilgan holda o'tkazadigan tungi hayvon hisoblanadi.
Chumolixo‘rlar (Myrm esophagidae) oilasi vakillarining uzunligi 15 sm dan 120 sm gacha boradi. Tipik vakillariga yerda hayot kech¡radigan katta chumolixo’r (Myrmecophaga tridactyla) va changal dumI¡ kichik chumolixo'r kiradi.
Hasharotxo‘rlar (Insectívora) turkumiga kiruvchi sutemi/uvchilar eng qadimgi va tuban tuzilgan yo'ldoshlilar hisoblanadi. Tanasining uzunligi 3,5 sm dan 44 sm gacha boradi.
Yerqazarlar (Soricidue) oilasiga 270 ta tur kiradi. Yer yuzida keng tarqalgan.
Krotlar (Talpidae) oilasiga 20 ga yaqin tur kiradi. Krotlar o'rmon va dashtli mintaqalarda keng tarqalgan, yemi kavlab yer ostida hayot kechiradi
. Tipratikanlar (Erinaceidae) oilasiga 15 ta tur kiradi. MDHda 7 la turi, shu jumladan O'zbekistonda 2 ta turi uchraydi. Tana uzunligi 10-45 sm bo'ladi. Shakli tikanli sharga o'xshash. xavf tug'ilganda o'ralib olib. o'zini himoya qiladi.
23. Sut emizuvchilarning ovqat xazm qilish va nafas olish tizimi
Hazm qilish sistemasi. Hazm qilish organlari og‘iz bo‘shlig‘i, halqum, qizilo‘ngach, oshqozon hamda ingichka, yo‘g‘on va to‘g‘ri ichakdan iborat. Itning og‘iz bo‘shlig‘ida tishlari va tili joylashgan. Tili yordamida ular oziqning ta’mini aniqlaydi. Og‘iz bo‘shlig‘ida so‘lak bezlaridan ajralib chiqadigan so‘lak oziqni ho‘llaydi. It tili yordamida oziqni so‘lak bilan aralashtiradi. Og‘izda maydalangan oziq oshqozon shirasi bilan aralashib, qisman hazm bo‘ladi va ichakka o‘tadi. Ichakda oziq ichak va oshqozonosti bezlaridan ajralib chiqadigan hazm shirasi hamda jigardan ajraladigan o‘t suyuqligi ta’sirida hazm bo‘ladi. Oziqning hazm bo‘lmagan qismi yo‘g‘on ichakka tushadi; u yerdan to‘g‘ri ichak va anal teshigi orqali tashqariga chiqib ketadi.
Hazm qilish organlari juda murakkabligi bilan xarakterlanadi. Bu murakkablik hazm qilish yo’lining boshqa hay-vonlarnikiga nisbatan uzunligi, uning differentsiyalashgani va hazm qilish bezlarining rivojlanishida ifodalanadi.
Nafas olish sistemasi. Havo burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak va bronxlar orqali ko‘krak qafasida joylashgan o‘pkaga kiradi. Ko‘krak qafasi diafragma parda orqali qorin bo‘shlig‘idan ajralgan. Nafas olganda qovurg‘alar ko‘tarilib, diafragma qorin bo‘shlig‘iga suriladi. Buning natijasida ko‘krak qafasining hajmi oshadi, atmosfera bosimi ta’sirida havo o‘pkaga otilib kiradi. Nafas chiqarishda qovurg‘alar pasayib, diafragma gumbaz shaklida ko‘krak bo‘shlig‘igako‘tarilishi tufayli ko‘krak qafasi torayadi va havo o‘pkadan chiqib ketadi.
Nafas olish harakatining soni hayvonning kattaligiga va moddalar almashinuvi intensivligiga bogliq. Masalan, otda 1 minutda 8—16, kalamushda—100—150, sichqonda 200 martaga teng.Upka ventilyatsiyasi faqat gazlar almashinuvinigina emas, balki issiqlik almashinuvini ham belgilaydi. Bu holat \ay-niqsa ter bezlari bo’lmagan hayvonlar uchun juda katta aha-miyatga ega. Ularda tanani sovutish buglangan suvni o’pkadan chiqariladigan havo bilan birga chiqarish yo’li bilan bo’ladi. Bu usul polip usuli deb ataladi. Masalan, it tinch holatda bir minutda 2 l havo chiqaradi. Havo temperaturasi keskin ko’tarilganda esa chiqariladigan havo miqdori bir minutda 50— 75 l ga, bug’lanadigan suv miqdori soatiga 200 smaga etadi.

Yüklə 22,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin