20. Umurtqalilar kenja tipi. Tuzilishining asosiy belgilari Umurtqalilar xordalilarning yuqori kenja tipidir. Bosh suyaksizlar va qobiqlilarga nisbatan ular rivojlanishning yuqori boskichida turadi. Bu ularning tuzilishida ham, fizio-logik yo’nalishida ham yaqqol ko’rinadi. Tuban xordalilar o’troq (yopishib) yoki kam harakat (passiv) hayot kechirsada, umurt-qalilar hayoti ancha murakkabdir. Umurtqalilar orasida o’troq_ yashovchi hayvonlar yo’q. Ular oziq qidirib va tutib, dushmandan qochib, urchish davrida boshqa jins individni axtarib aktiv harakat qiladi.
Umurtqalilarda juda ham nozik va muhim organ bo’lgan bosh miya va sezgi organlarining hosil bo’lishi bilan uni himoya qiluvchi bosh suyagi paydo bo’ladi. Aksariyat umurtqa-lilarda o’q skelet sifatida xorda o’rniga murakkab va mustah-kam umurtqa pogonasi hosil bo’ladi. U faqat tana tayanchigina emas, balki orqa miyani o’rab turuvchi qobiq vazifasini ham o’taydi.Umurtqalilarda juda ham nozik va muhim organ bo’lgan bosh miya va sezgi organlarining hosil bo’lishi bilan uni himoya qiluvchi bosh suyagi paydo bo’ladi. Aksariyat umurtqa-lilarda o’q skelet sifatida xorda o’rniga murakkab va mustah-kam umurtqa pogonasi hosil bo’ladi. U faqat tana tayanchigina emas, balki orqa miyani o’rab turuvchi qobiq vazifasini ham o’taydi. Umurtqalilar silur davrida paydo bo’lib, yurada hozirgisinflarga mansub bo’lgan barcha vakillari mavjud bo’lgan. Ho-zirgi turlarining umumiy soni 40 mingga yaqin.
Teri qoplami funktsional jihatdan juda muhim organlar sistemasidir. Teri tashqi muhit bilan bevosita bog’liq bo’l-ganligi tufayli uning tasiriga bevosita duch kelinadi (shu-ning uchun xam embrioyaal rivojlanish davrida ko’pchilik sezgi organlari murtakning tashqi qoplag’ichidan hosil bo’ladi). Teri qoplami tanani mexanik, kimyoviy va temperatura tasiridan, unga mikroblar kirishidan himoya -qiladi. Umurtqalilar terisi ikki qavatli. Tashqi qavati —epid e r m i s ektodermadan kelib chiqqan. U har doim ko’p qavatli bo’ladi. Ostki qavati bir umr hayotchan bo’lib, yangi-yangi hujay-ralar ajratib turadi. Epidermisning ustki qavati past (yassi) hujayralardan iborat bo’lib, quruqda yashovchi umurtqalilarda u shox qavatga aylanib, doimo qipiqlanib to’kilib turadi. Epidermis shox, tangacha, par, tirnoq, to’yoq, ichi kovak shox hosil qilib turadi. Unda har xil teri bezlari ham hosil bo’ladi. Terining ichki tolali qavati — k o r i u m, yani kutis yoki haqiqiy teri somitning teri bargchasidan mezoderma qismi-dan hosil bo’ladi. Terining asosiy qismini tashkil qiluvchi korium qatlami qalin, ancha pishiq bo’ladi. Terining bu qismi-dagi baliq taagachalari (o’q skeletidan farq qiluvchi), qopla-g’ich suyaklar shaklidagi har xil suyak elementlari teri skeletini hosil qiladi. Bug’ularning suyak shoxi ham xuddi shunday haqiqiy teridan hosil bo’ladi.