16. Sut emizuvchilarning inson hayotidagi ahamiyati


Sut emizuvchilarning ayiruv va jinsiy tizimining tuzilishi. Sut emizuvchilarning rivojlanishi



Yüklə 22,68 Kb.
səhifə8/12
tarix25.06.2023
ölçüsü22,68 Kb.
#135049
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Teriologiya 16-30

25.Sut emizuvchilarning ayiruv va jinsiy tizimining tuzilishi. Sut emizuvchilarning rivojlanishi
Ayirish sistemasi. Sutemizuvchilarning ayirish organlari qorin bo‘shlig‘ida bel umurtqalarining ikki yonida joylashgan loviya shaklidagi bir juft buyrakdan iborat. Buyraklarda hosil bo‘lgan siydik ikkita siydik yo‘li orqali qovuqqa to‘kiladi. Siydik qovuqdagi chiqarish nayi orqali tashqariga chiqarib yuboriladi
Ko‘payishi. Ko‘pchilik sutemizuvchilarning tuxum hujayralari juda kichik, sariqligi kam bo‘ladi. Tuxum hujayralari tuxumdonda yetiladi; u yerdan tuxum yo‘liga tushib, urug‘lanadi. Odatda sutemizuvchilar embrioni xaltaga o‘xshash maxsus organ – bachadon ichida rivojlanadi. Urug‘langan tuxum hujayra tuxum yo‘lida rivojlana boshlaydi. Embrion bachadonga tushgach, uning devoriga yopishib oladi. Tuban sutemizuvchilarning bachadoni bo‘lmaydi; ularning urug‘langan tuxumi tashqi muhitda rivojlanadi.
Rivojlanishi. Bachadonda rivojlanayotgan embrion homila deyiladi. Homila yo‘ldosh orqali bachadon devori bilan bog‘langan. Bachadon qon tomirlari kindik orqali yo‘ldoshga keladigan qon tomirlariga zich tegib turadi (101-rasm). Oziq moddalar va kislorod yo‘ldosh orqali ona qonidan homila qoniga o‘tadi; moddalar almashinuvining keraksiz mahsulotlari homila qonidan onaqoniga chiqarib yuboriladi.Homilaning ona qornida rivojlanish davri homiladorlik deyiladi. Homiladorlik bir necha haftadan bir yilgacha, ba’zan undan ham ko‘proq davom etadi. Homiladorlik muddati va homila soni hayvonlarning yashash tarziga bog‘liq. Daraxtlar kovagi,in va boshqa pana joylarda bolalaydigan hayvonlarning homiladorlikdavri qisqa bo‘lib, ular o‘ndan ortiq ko‘zi yumuq bola tug‘adi. Ochiq joylarda bolalaydigan, harakatchan hayvonlarda homiladorlik davri uzoq davom etadi; ular yirik, ancha rivojlangan 1–2 ta bola tug‘adi; bolalari bir necha soatdan so‘ng onasi orqasidan ergashadigan bo‘ladi. Sichqonlar yiliga 5–8 marta, shoxli mollar bir marta bolalaydi.
26. Sut emizuvchilar biologiyasi, geografik tarqalishi va axamiyati
Sutemizuvchilarning bir qancha xususiyatlari, xususan, skeleti, muskullari, ovqat hazm qilish, nafas olish, ayirish, qon aylanish sistemasining tuzilishi sudralib yuruvchilarnikiga birmuncha o‘xshash bo‘ladi. Sutemizuvchilar terisida ham sudralib yuruvchilarnikiga o‘xshash tangachalar bo‘ladi. Ularningyungi ham tangachalardan kelib chiqqan. Bundan tashqari, tuban sutemizuvchilarning sudralib yuruvchilarga o‘xshash kloakasi bo‘ladi; ular tirik bola tug‘masdan tuxum qo‘yib ko‘payadi. Bu dalillar sutemizuvchilarning sudralib yuruvchilar bilan qarindoshligini ko‘rsatadi.Sutemizuvchilarning ajdodi bundan 200–300 ming yil ilgari yashagan qadimgi yirtqich tishli kaltakesaklar bo‘lgan (102-rasm). Olimlar skelet qoldiqlarini tekshirib, ularning oyog‘i sudralib yuruvchilarniki singari tanasining ikki yonida emas, balki tanasi ostida joylashganligini, tishlari ham ixtisoslashganligini aniqlashgan. Yirtqichtishli kaltakesaklarning sudralib yuruvchilarga o‘xshashlik belgilari ham bo‘lgan. Ular kalta oyoqlarida yo‘g‘on va uzun dumini sudrab harakatlangan.Iqlimning sovib borishi bilan sovuqqonli yirik sudralib yuruvchilar qirilib ketib, ularning o‘rnini issiqqonli sutemizuvchilar egallagan.
Sut emizuvchilarning keng geografik va biotropik tarqalishi ularning biologik progressini ko’rsatadi. Sut emizuvchilar er yuzida, Antarktika-dan tashqari xamma joyda uchraydi. Bu dasht quruqligining qirroqlarida tyulenlar uchraydi. Erda yashovchi hayvonlarning qator turlari Shimoliy Muz okeani orollarida ham uchraydi. Sut emizuvchilar barcha okeanlarda yashaydi. «Severniy polyus» stantsiyasi va «Georgiy Sedov» muzyorar kemasidan kuzatilishi-cha, sut emizuvchilar shimoliy qutbgacha tarqalgan. Bular kurak-oyoqlilar va kitlardir. Sut emizuvchilar vertikal yo’palishda ham nihoyatda keng tarqalgan. Markaziy Tyanshanda 3—4 m ba-landlikda, ersichqon, sug’ur, yovvoyiechki, qo’y va irbis yashaydi. Himolay togida yovvoyi qo’ylar 6 ming metrgacha, ayrim yakka bo’rilar esa 7150 metrgacha balandlikka ko’tariladi. Umuman olganda sut emizuvchilarning tarkalishi boshqa hay-vonlar singari yashash muhitiga bog’liq. Shu bilan bir qatorda bu bog’lanish tuban hayvonlarga nisbatan, sut emizuvchilarda ancha murakkab ekanligini qayd qilish lozim. Sut emizuvchilar tashqi muhitiing bevosita tasiriga nisbatan kam bog’liq. Ularning moslanishi yuksak darajada rivojlangan oliy nerv faoliyatiga bog’liq. Umurtqalilarning bironta sinfi ham sut emizuvchilar singari turlituman formalar hosil kilmagan. Buning sababi sinfning nihoyatda uzoq triasdan boshlab progressiv rivojla-nishi, turli sharoitga moslashib va keng tarqalishidadnr.Dast-avval sut emizuvchilar erda va daraxtda yashovchi hayvonlar bo’-lib, moslanish evolyutsiyasi jarayonida quyidagi ekologik tip-larni hosil kilgan: 1) erda; 2) er ostida; 3) suvda yashovchi; 4) uchuvchi hayvonlar. Bu guruhlarning har kaysisi yashash mu-hitining xarakteriga qarab yana guruhchalarga bo’linadi
O‘txo‘r sutemizuvchilar o‘simliklar va boshqa hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Ularning tezagi go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar, pashshalar, chuvalchanglar, zamburug‘lar va bakteriyalar uchun oziq bo‘ladi. Go‘ng parchalanganida tuproqo‘simliklar uchun zarur oziq moddalarga boyiydi. Olmaxon, o‘rmon kalamushlari, dala sichqonlari, to‘ng‘izlar va boshqa sutemizuvchilar o‘simliklar urug‘ining tarqalishiga yordam beradi. Tuproqda yashovchi sutemizuvchilar (ko‘rsichqon, yumronqoziq) in qazib, tuproqni yumshatadi. Hasharotxo‘rlar (ko‘rshapalak, tiðratikan) zararkunandava kasallik tarqatuvchi hasharotlarni qiradi. Yirtqichlar kasallangan hayvonlar va ular o‘laksasi bilan oziqlanganidan tabiiy sanitarlar hisoblanadi.Sutemizuvchilar odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Yovvoyi sutemizuvchilar mo‘ynasi (ondatra, tulki) va go‘shti (sayg‘oq) uchun ovlanadi. Sutemizuvchilardan kalamushlar, sichqonlar, yumronqoziqlar oziq-ovqat mahsulotlarini yeydi va kasallik tarqatadi. Yirtqich sutemizuvchilar gijjalarni yuqtiradi.Inson uchun qimmatli bo‘lgan, noyob yoki yo‘qolib borayotgan sutemizuvchilarni saqlab qolish maqsadida maxsus qo‘riqxonalar tashkil etiladi; ularning ro‘yxati «Qizil kitob»ga kiritiladi. “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga sutemizuvchilarning 24 turi kiritilgan.

Yüklə 22,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin